1874 yilda Vant-Goff va Debel bir-biridan bexabar holda deyarli bir vaqtda tarkibida kamida bitta to’rtta har xil funksional guruh bilan bog’langan uglerod atomi bo’lgan organik birikmalar yorug’likning qutblanish tekisligini o’ngga yoki chapga burish hodisasini kashf etdilar. To’rtta har xil funksional guruh bilan bog’langan uglerod atomini asimmetrik uglerod atomi deyiladi va S bilan belgilanadi. Yorug’likning qutblanishi tekisligini soat strelkasi bo’yicha byuradigan izomerni d – yoki (+) ishorasi bilan chapga buradigan izomerini esa l – yoki (-) ishorasi bilan belgilanadi. Asimmetrik uglerod atomi (n) bilan optik izomerlar soni (N) o’rtasida quyidagi matematik bog’liqlik mavjud.N=2n
Optik izomeriya ga misolqilib sut kislotani keltirish mumkin.Formuladan ko’rinib turibdiki sutkislotada bitta asimmetrik uglerod atomi bor.Yuqoridagi tenglamaga muvofiq uning 2 ta optik izomeri mavjud.
Sut kislotasi misolida optik izomerlarning ifodalanishini ko’rib chiqamiz.
Sut kislotasi misolida optik izomerlarning ifodalanishini ko’rib chiqamiz.
O’ngga buruvchi sut kislota chapga buruvchi sut kislotaning ko’zgudagi tasvirini aks ettiradi.O’ngga va chapga buruvchi izomerlar antipodlar deyiladi.
Ko’zgu izomerlarni tetraedrik modellarda yaqqolroq tasvirlash mumkin.
1891 yilda Z.Fishsher, 1916 yilda Rozanov nisbiy standart sifatida o’ngga buruvchi glitserin aldegididan foydalanishni taklif qilgan edilar va uni D harfi bilan belgilagan edilar.
1891 yilda Z.Fishsher, 1916 yilda Rozanov nisbiy standart sifatida o’ngga buruvchi glitserin aldegididan foydalanishni taklif qilgan edilar va uni D harfi bilan belgilagan edilar.
Chapga buruvchi glitserin aldegidi esa L harfi bilan ixtiyoriy ifodalangan edi.
1951 yilda rentgenografik tadqiqotlar asosida nisbiy standart sifatida glitserin aldegidi to’g’ri tanlanganligi isbotlandi.
Optik aktiv moddalar konfiguratsiyasini D va L harflari bilan o’ngga yoki chapga burishni esa d va l harflari yoki (+) va (-) ishoralari bilan ifodalash qabul qilingan.