uchlamchi aminlar ishtirokida, 0-50
o
C da organik erituvchilar muhitida akseptorli-katalitik
mexanizmda polikondensatsiyalab:
Poliarilatlar sanoatda birinchi va ikkinchi usullarda ishlab chiqariladi. Sintez uchun dikarbon
kislotalarining o„ta faol xlorangidridlarini ishlatish, Yuqori suyuqlanish haroratiga ega
poliarilatlarni parchalanmasdan turli erituvchilarda olish imkonini beradi.
P
OLIARILATLARNI ISHLAB CHIQARISH
Poliarilatlarni Yuqori haroratda polikondensatlanish reaksiyasi bo„yicha ishlab chiqarishda,
aralashtirgich
bilan jihozlangan, isitiluvchi, ichki Yuzasi emallangan reaktorga Yuqori haroratda
qaynovchi erituvchi, ikki atomli fenol va dikarbon kislotasining xlorangidridi solinadi.
Katta
molekula massasiga ega poliarilatlar faqat monomerlarni ekvimol nisbatlarida olinadi. Reaksiya
muhiti sifatida dinil yoki ditolilmEtan ishlatilganda monomerlarni eritmadagi konsentratsiyasi 0,6-1
mol/l ni tashkil etadi. Fenolftalein va izoftal kislotasining xlorangidridi (poliarilat F-1) yoki tereftal
kislotasining xlorangidridi (poliarilat F-2) asosida olinadigan poliarilatlarni, muhit sifatida Yuqori
haroratda qaynovchi sovol yoki xlornaftalin ishlatib, monomerlarni
Yuqori konsentratsiyali
eritmalarida (2-5 mol/l) olib borish maqsadga muvofiq. Monomerlarni Yuqori konsentratsiyalarida
poliarilat olish, faqatgina kam erituvchi ishlatishga olib kelmasdan, bu holatda fibrillali strukturaga
ega bo„lgan (ditolilmetanda globulali strukturaga ega poliarilatlar hosil bo„ladi) poliarilatlar hosil
bo„ladi. Buning natijasida Yuqori mexanik ko„rsatkichlarga ega polimerlar hosil bo„ladi.
Polikondensatlanish inert gaz muhitida, haroratni sekin asta 100 dan 200-220
o
C gacha
oshirib, ushbu haroratda 5-6 soat davomida o„tkaziladi. Ajralib chiqayotgan vodorod xloridi qabul
qiluvchi idishlardagi ishqorlar yordamida Yutiladi. Reaksiya tugagach reaksiya aralashmasi
valslarga
tushirilib, u erdan polimer massasini yig„uvchi idishga, tozalashga va quritishga
Yuboriladi. Hosil bo„lgan poliarilatlarni molekula massasi 30000-100000 bo„lib, polimerni chiqishi
90% ni tashkil etadi.
Difenilolpropan bilan tere- va izoftalatlarning xlorangidridlari aralashmasidan poliarilat
olishning texnologik jarayoni rasm 18 da keltirilgan.
Reaktor (1) ga difenilolpropan, ishqor va emulgatorni suvdagi eritmalari solinadi. Hosil
bo„lgan difenolyat, aralashtirgich va sovitish qobig„i bilan jihozlangan, 5chi-idishdan tere- va
izoftal kislotalarining xlorangidridlarini n–ksiloldagi eritmasi solingan, 4chi-reaktorga tushadi.
Polikondensatlanish 20-25
o
C da, atmosfera bosimida, 20-40 minut davomida amalga oshiriladi.
Reaksiya tugaganidan so„ng polimer suspenziyasi 8chi-yig„uvchiga va undan siqish va suv bilan
Yuvish uchun 9chi- sentrifugaga uzatiladi. Bunker (10) orqali polimer quritgich (11)
va u erdan
qadoqlashga uzatiladi.
Fazalar orasida polikondensatlab, molekula massasi 150000 gacha bo„lgan poliarilatlar olish
mumkin.
1.22-rasm. Difenilolpropan bilan tere va izoftal kislotalaridan aralash poliarilatlar ishlab chiqarish sxemasi;
1-natriy fenolyat eritmasini tayorlash reaktori; 2,6-filtlar; 3,7-rotometrlar; 4-polikondensatlanish reaktori; 5-
xlorangidridlarni eritmalarini tayyorlash apparati; 8-suspenziyani yig„ish idishi; 9-sentrifuga; 10-bunker; 11-qaynash
qatlamli quritgich; 12-granullovchi; 13-siklon.
Dostları ilə paylaş: