P
OLIARILATLARNING XOSSALARI VA ISHLATILISHI
Aromatik dikarbon kislotalari asosida olingan poliarilatlar Yuqori issiqbardoshlik va
haroratbardoshlikka, keng harorat chegarasida yaxshi dielektriklik ko„rsatkichlariga ega bo„lib
ko„pgina kimyoviy moddalar ta‟siriga, ultrabinafsha va ionli nurlanish ta‟siriga chidamli.
Poliarilatlarga hos bo„lgan
Yuqori issiqbardoshlik, ularni konstruksion material sifatida
keng qo„llash imkonini beradi. Ularni Yuqori sifatli dielektrikligi esa
radio- va elektrotexnikada
ko„plab ishlatilishiga olib keladi.
Poliarilatlardan, Yuqori haroratda (250
o
C), vakuumda va ishqalanish Yuzalaridagi tezlikni
katta farqida (sirpanish va tebranish podshipniklari), uzoq vaqt moy surtilmasdan ishlashi mumkin
bo„lgan, to„ldirgichlar bilan to„ldirilgan antifriksion materiallar olinadi.
Ikki atomli fenollar (masalan, fenolftalein) asosidagi eruvchi poliarilatlardan,
gazlarni va
suYuqliklarni tozalashda, aerozollarni ushlab qoluvchi tolasimon filtrlovchi materiallar olinadi.
Ishlatilish sharoitlariga qarab filtrlovchi materiallar 300
o
C haroratda ham ishlatilishi mumkin.
Ekstruziya
yoki eritmadan quyish usulida, elektroizolyasiya materiallari sifatida
ishlatiluvchi issiqbardosh poliarilat pardalari olinadi.
YAxshi eruvchanligi va boshqa polimerlar bilan
oson aralashma hosil qilishi, kord
poliarilatlari asosida turli xil kompozitsiya materiallari olish imkonini beradi.
Polikondensatlanish reaksiyalari asosida olingan poliarilat blok-sopolimerlarini elektr
izolyasiya hamda gazlarni ajratish xususiyati, ularni meditsinada (qonni membranali oksigenatorlari
sifatida) va elektrotexnikada ishlatilishiga olib keldi.
QAYTARISH UCHUN SAVOLLAR
1.
Termoplastik murakkab poliefirlarga qanday polimerlar kiradi?
2.
Polietilentereftalat qanday usullarda va texnologik jarayonlar yordamida ishlab
chiqariladi?
3.
Lavsan nima va u qanday polimerldardan olinadi?
4.
Salqin ichimliklar va boshqa suYuq maxsulotlarni
qadoqlash idishlari qanday
polimerlardan olinadi?
5.
Polietilentereftalat chiqindilari va ulardan olingan maxsulotlar ishlatib bo„linganidan
so„ng qanday qilib qayta ishlatilishi mumkin?
6.
Polikarbonatlar qanday polimerlar va ular qanday monomerlar asosida ishlab
chiqariladi?
7.
Polikarbonatlar qanday texnologik usullar yordamida ishlab chiqarilishi mumkin?
8.
Polikarbonatlarning ishlab chiqarish jarayoni.
9.
Polikarbonatlar nima sabadan Yuqori xaroratga bardosh bo„ladilar?
10.
Porliareatlar qanday monomerlardan va qanday usullar yordamida olinadi?
11.
Porliarelatlarning ishlab chiqarish texnologik jarayoni.
12.
Poliarelatlarni tarkibida aromatik xalqalarning ko„p bo„lishi
ularga qanday xususiyat
beradi?