Musiqa tarixi fanidan


II.2 OZBEK BALETI TO`GRISIDA



Yüklə 68,61 Kb.
səhifə10/12
tarix20.11.2023
ölçüsü68,61 Kb.
#163587
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
II.2 OZBEK BALETI TO`GRISIDA
O‘zbekiston kompozitorlarining balet janriga qiziqishi aynan urushdan keyingi yillarda ancha jonlandi. Agar 50-yiUarda zamonaviy yoki ertak mavzusida yozilgan baletlaming musiqali sahna rivojida epik qissalar xarakteri ustun turgan bo‘lsa, 60 - 70- yillar baletlarida, shubhasiz, 50-yillar oxirida boshlangan xoreografik san’atning umumiy yuksalishi bilan bog‘liq bo'lgan yirik, dramatik to‘liq spektakllar yaratishga, keskin, ko‘pincha fojiali syujetlar ifodalashga intilish seziladi. Xilma-xil mavzu va syujetlarda balet uchun an’anaviy mavzu bo‘lgan muhabbat mavzusiga oid (M.Leviyevning “Suhayl va Mehri”, L.Akbarovning “Layli va Majnun”, M.Ashrafiyning “Sevgi tumori”, G.Mushelning “Bibixonim” baletlari), qahramonlik va vatanparvarlik (M.Ashrafiyning “Sevgi va qilich” baleti), ommabop mavzuda (A.Kozlovskiyning “Tanovar” baleti) asarlari yaratildi. Urushdan keyingi davr balet san’atida G.Mushelning “Raqqosa” baleti katta ahamiyatga molikdir.
Balet O`zbekistonning san’atkor yoshlariga bag‘ishlangan. Yoshlaming “katta” san’atga chiqishi, sahnaga intilishiga katta yoshli avlod, ko‘pincha e’tiroz bilan qarar edi. Balet ssenariysining asosiga ana shunday hayotiy munozara olingan. Asar markazida dastlab qishloq havaskorlik to'garagining eng yaxshi raqqosasi, so‘ng xoreografiya bilim yurtining talabasi Gulnora obrazi turadi. “Raqqosa”ning musiqiy-xoreografik kompozitsiyasi o‘zining umumiy xususiyatlarida klassik balet spektakli tuzilishiga tayanadi. Buni kam voqelilik, raqs va pantomima epizodlarining almashishi, yaxlit kompozitsiyaning asosi sifatida klassik syuita va xalq raqs syuitalari mavjudligida ko'rish mumkin.
Balet musiqasi yorug‘ lirik ohanglarda ifodalanadi va asosan, dramatik epizodlardan xolidir. Balet partiturasida yetakchi musiqali obraz boiib, o‘zbek xalq lirik qo‘shiqlari “Qal’a bandi” va “Bo‘lmasa” vositasida ifodalangan Gulnora obrazi turadi. “Raqqosa” zamonaviy mazmunda yozilgan eng yuksak baletlardan bin hisoblanadi.
Balet spektaklining o‘zgacha janrini LAkbarovling “Layli va Majnun” baleti tashkil etadi. Balet xususiyati, awalambor, kompozitor Navoiyning mashhur dostonini o‘qishi va undagi obrazlarni ijodiy talqin etishiga bog‘liqdir. Bir aktli balet doirasida musiqa mazkur poemaning aniq syujetini emas, balki uning hissiyotli mohiyatini: ikki dil sevgisi, bu sevgi sevinchi va baxti, hijron fojiasi va o‘ limni ifodalaydi. Dunyo adabiyoti ushbu mazmundagi afsonalarning juda ko'piga ega. Akbarov aynan shu nuqtayi nazardan bu abadiy syujetga yondashadi: “Layli va Majnun” baleti o‘zbek ijodkori musiqasida aks ettirilgan umuminsoniy afsona sifatida qabul qilinadi.
“Katta” syujetli balet janriga 60-yillar oxirida M.Ashrafiy murojaat qildi. Uning “Sevgi tumori”31 baleti hind dramaturgi B.Gargining “Soxanni va Maxival” poemasi asosida yozilgan. Bu romantik rivoyat buxorolik yigit Mirzoning Hindistonga qilgan safari va uning hind qizi Soxanniga bo‘Igan sevgisi, sevishganlar yo‘Iidagi to'siqlar va ularning fojiali halokati haqida hikoya qiladi. Melodramatik mazmun, bosh qahramonlarning hayajonga soluvchi taqdiri, dramaga fon bo‘lib xizmat qiluvchi maishiy sahnalar mavjudligi mazkur baletni lirik-maishiy drama deb hisoblash imkoniyatini beradi.
“Sevgi tumori” uch parda, muqaddima va xotimasi bilan olti ko‘rinish, ko‘p personaj va almashib turadigan epizodlardan tashkil topgan.
Baletning musiqali-xoreografik dramaturgiyasi tugallangan nomerlar tamoyiliga tayanadi, u uchun qarama-qarshi kuchlaming birbiriga munosabati emas, balki ulami taqqoslash xarakterlidir. Baletning musiqiy tili o'zbek, hind, afg‘on musiqalariga xos turlicha kuy va ritmik xususiyatlar bilan sug'orilgan. Spektakl yorqin va tomoshabinbopligi, hodisalar chizmasi qiziqarliligi va unda raqs ruhiyatinmg hukmronligi baletni keng tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.
1970-yilda Samarqandning 2500 yillik to‘yiga G.Mushel uch pardali “Bibixonim” baletini yozdi. Ssenariyga Temuming to‘ng‘ich xotini Bibixonimning usta Bahromga boigan sevgisi va bu sevgi fojiali tugallanishi haqidagi rivoyat asos qilib olingan. Doimo lirik obrazlami talqin qiluvchi va rivojlantiruvchi Mushelning baletlari qatorida “Bibixonim” baleti ham musiqali ifoda hamda spektakl rivoji uyg'unligi nuqtayi nazaridan eng yetuk asardir.
A.Kozlovskiyning uch pardali “Tanovar” baleti romantik janr an’analarida yozilgan33. Baletning nomi, asosan, ayollar ijro etadigan qadimiy o‘zbek qo‘shig‘i nomi dan olingan. Balet yosh Nurxonning raqqosa bo‘lish orzusida ota uyini tashlab chiqib ketishini hikoya qiladi. O`zbek qizining yangi hayotga yondashishi, uning san’atga kirib kelish mavzusi hayotdan olingan. Ko'pchilik o‘zbek aktrisalarining taqdiri ana shunday bo'lgan.
M. Ashrafiyning “Sevgi va qilich nomli yangi “katta” uch pardali baletining yuzaga kelishiga kompozitor tomonidan avval yozilgan va boiajak balet mavzuiyligini shakllantirgan “Temur Malik” simfonik poemasi asos bo‘ldi. Ikkala asar ham o‘z xalqining Chingizxon O`rdasiga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan Xo‘jand hokimi - mardonavor lashkarboshiga. bag‘ishlanadi. Birinchi bor o‘zbek balet sahnasida real tarixiy shaxslar paydo bo‘ldi, qahramonlik mavzusini aks ettirishda ilk tajriba qilindi. Balet san’ati xususiyatiga javoban asarda Temur Malik obraziga shoirona tus berilgan: bosh syujet yo‘naiishi (ikki qarama-qarshi kuchlarning kurashi)dan tashqari sevishganlar Temur Malik va Zarina obrazi orqali lirik sevgi mavzusi ham kiritilgan.
U.Musayevning “Afsonalar vodiysi” va “To‘maris” 1982-yilda Frunze teatrida; 1984-yildan Toshkentda), I.Akbarovning “Navro‘z” (G.Izmaylova va R.Farhodiy librettosi, 1983) kabi baletlari o‘zbek balet san’ati rivojiga o‘zining beqiyos hissasini qo‘shdi deyish mumkin.
1980 - yillardan boshlab, balet janri shaklan o‘zgartirishga o‘rta va to‘ng‘ich avlod vakillarining hissalari yuqori bo‘ldi: S.Yudakovning “G‘alaba” (T.Toia librettosi, 1982), M.Ashrafiyning “Rustam haqida doston” (Muqaddima Ashrafiy librettosi, 1984) va Rustam Abdullayevning “Quyoshga ta’zim” (A.Rahimov librettosi, 1985) balet - oratoriyalari, Nurilla Zokirovning “Xotira doirasi” (O.Melnik librettosi, 1985, Chingiz Aytmatov asari asosida), baletlari bunga misoldir.


Yüklə 68,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin