Musiqa tarixi fanidan



Yüklə 68,61 Kb.
səhifə11/12
tarix20.11.2023
ölçüsü68,61 Kb.
#163587
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1.3 MUSIQALI TEATR
O‘zbekistonning madaniy hayotida XX asrda bunyodga kelgan Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta opera va balet teatri, Muqimiy nomidagi Respublika davlat musiqali drama va komediya teatri, Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston avtonom respublikasi davlat musiqali teatri va Respublikamizning barcha viloyatlaridagi hamda Qo'qon va Bekobod shaharlaridagi musiqali drama va komediya teatrlari xalqimizning ma’naviy hayotida alohida ahamiyat kasb etib kelgan. O`zbek teatrining yillar davomida bosib o‘tgan tarixiy va ijodi yo‘li hamda faoliyati keng qamrovli, samarali ekanligini e’tirof etish lozimdir.
Tarixdan ma’lumki, o‘zbek va O`rta Osiyo xalqlarining madaniy hayotlarida XX asrga qadar qadimiy Yunon va Yevropa davlatlarida shakllangan “musiqali drama”, “musiqali komediya”, “operetta”, “vodivil”, “opera”, “balet” kabi janr hamda teatr san’ati turlari bo'lmagan. Mahalliy xalqlarning yuqoridagi mavzularda tilga olingan teatr elementlari, xalq tomoshalari, “mim” (taqlid), “masxaraboz”, “askiya”, “qo‘g‘irchoq”, teatming ko‘plab turlari qadim-qadim zamonlardan rivojlanib kelgan. Ularni umumlashtirib “xalq teatri” atamasi qo‘llanmoqda. “Xalq teatri” san’ati uzoq asrlar davomida past-baland, mashaqqatli yo‘llarni bosib o‘tdi. Markaziy Osiyoda turli davrlarda bunyodga kelgan davlatlaminig siyosiy va diniy mafkurasida “xalq teatri”ga munosabat turlicha bo‘Igan edi. Masalan, O`rta Osiyo xalqlari Islom dinini qabul qilganidan buyon, ya’ni eramizning VII asridan boshlab “xalq teatri”ga din arboblari tomonidan munosabat keskin ravishda o‘zgardi. Turli bahonalar bilan tahqiq qilishlariga qaramasdan “xalq teatri” aktyorlari o‘z kasbiy mahoratlarini avlodlardan-avlodlarga yetkazib, yetarli ijod qilib, ulkan ma’naviy me’ros qoldirdilar. Ular bizning XXI asrga qadar yetib keldi. “Xalq teatri”ning muhim ahamiyatga ega bo'lgan tarkibiy tarmog‘i bu - musiqadir. Masxaraboz, qiziqchi, ayniqsa qo‘g‘irchoq tomoshalarida ishtirok etuvchi aktyorlar o‘zbek xalq terma, aytishuv, lapar, yalla, qo‘shiq va turli cholg‘u kuylardan keng foydalangan holda ijro etganlar. Xalqqa ko‘rsatilayotgan tomosha voqealariga musiqa bevosita aloqador bo‘Imasa-da, obrazga kirishda va zavq ta’sirini kuchaytirishda albatta musiqa ishlatilgan. Tomosha boshlanishidan avval tomoshabinlami to‘plashda karnay, surnay, nog‘ora, doira kabi cholg‘u - sozlardan tashkil topgan ansambl ham doimiy ravishda ishtirok etgan. “Xalq teatri”ning aktyorlari o‘z kasbining ustasi boiishlari bilan birga, ular badiiy so‘z, askiya, musiqa va raqs san’atlarini ham yaxshi bilganlar. Shuninig uchun sinkritik aktyorlar asar lavhalaridagi yoki farsdagi ijobiy yoki salbiy timsolni (obrazni) ichki va tashqi qiyofasini ochib berishda, xarakterini yaratishda yoki talqin qilishda o‘zlarining aql-idroklari bilan ko'rsatilayotgan tomoshani zavq baxsh etuvchi ta’sir kuchini uyg‘unlashtirishga harakat qilar edilar.
“Xalq teatri” tomosha ko‘rsatish davrida aktyorlar “tanqid” va “taqlid” (“muqallid”) qiluvchi ikki guruhga bo‘linib, savol va javob orqali qisqa-qisqa dialog-muzokaraga muhim ahamiyat berar edilar. Bunday masxaraboz-qiziqchi aktyorlaming hunar vazifasi (qamrovi) juda keng edi. Ular mohirona dialog, monolog, qo‘shiq aytish, raqsga tushish, turli jismoniy harakat, “akrobat”, ya’ni muallaqchilik san’atlaridan keng ravishda foydalanganlar. Aktyorlar asardagi shaxs (obraz) qiyofasiga kirish, ulami kiyim nusxalariga o‘xshatish, grim, turli maskalardan ham keng foydalanganlar.
O‘zbek “xalq teatri”da dramaturg - yozuvchi tomonidan yozilgan pyesa repertuarida bo'lmasa ham, lekin ijroda aktyorlar o‘tmish tarixni, o‘z davridagi xalq hayotini, jamiyatdagi ayrim tabaqa-jamoalarda ro‘y bergan muammo va ikir-chikiriami yaxshi o‘rganib, hayotda uchrab turadigan shaxslarni, zargariami, mullavachchalami, savdogarlami, dallollami va boshqa kasb egalarining ayrim shaxsiy nuqsonlarini, yomon xatti-harakatlarini, nayrangbozlik hamda tovlamachiliklarini tanqid nishoniga olib, fosh etishga harakat qilib, jamiyatni sog‘lomlashtirishga o‘z hissalarini qo‘shar edilar.
Bunday “xalq teatri”ning repertuari to‘g‘risida teatrshunos A.L.Troitskaya 1936 - yili Farg‘ona vodiysiga ekspeditsiya tashkil qilib “xalq teatri”ning tarixini va ish faoliyatini o‘rganib, “Из истории народного театра и цирка в Узбекистане” maqolasida shunday yozadi: “G‘afurjon Toshmatov, Ismat qori, Ibrohim Teshaboyev, Aka Buxor, ayniqsa Yusuijon qiziqchi Shakarjonovlar bilan tanishib hamda aixivlarni o‘rganib “xalq teatri” to‘g‘risida, uning tarixi, repertuari, boshqarish va moliyaviy faoliyatlarini o‘rganishga harakat qildim. Repertuardagi “Mudarris”, “Zarkokil”, “Tabibchilik” “Attorlik”, “Murab”, “Hammom”, “O`lik sotdi”, “To£g‘on”, “Tol sotti”, “Xum o‘g‘risi”, “Er bo‘lish” va boshqalami mazmunlari bilan keltirmoqdaman”. Sunday “xalq teatri” qadim zamoniardan to XX asming 17- yiliga qadar o‘zbek xotin - qizlar davralarida ham mavjud bo‘lgan. Xotin - qizlar “xalq teatri”ni, tarixiy yo‘nalishini mashhur ijrochilari va repertuari to‘g‘risida teatrshunos-olim M.Qodirov “Женский народный театр Узбекистана” nomli maqolasida mukammal yoritgan. Teatr repertuarida ijtimoiy-iqtisodiy va oilaviy mavzular o‘z aksini topgan. Muallif “Ari”, “Loy sovun”, “Podachi”, “Gung” (“Soqov”), “Kundoshlik”, “Qaynona va kelin janjali”, “Charx”, “Kelin salom” kabi asarlami mazmunmi keltiradi. Umuman “xalq teatri” o'zbek xalqining ma’naviy hayotida ulkan rol o'ynaydi va kelgusida Yunon va Yevropa uslubidagi drama va musiqali drama teatrining O`zbekistonda bunyodga kelishiga zamin yaratdi.
Shuni aytish joizki, talabalar hamda tomoshabinlar orasida “Nima uchun dunyo xalqlarinng tilida “teatr”, “drama”, “komediya”, “operetta”, “opera”, “balet” atamalari bir xil nom bilan ataladi” degan tabiiy savol tug‘iladi. Bunga javob topish uchun bir zum fikrimiz bilan olam charxpalagini orqaga aylantiramiz. Teatrni paydo bo‘lish tarixiga murojaat qilsak, shunday javob topamiz. Miloddan avvalgi davrlarda qadimgi Yunon davlatida sahnada tomosha ko'rsatishni “teatr” (ko‘ryapman), sahna asari nomini “drama” - harakat, fikr, g‘oya to‘qnashuvi, dialog va monolog badiiy so‘z orqali ifodalanadi, ya’ni jamiyatning nuqsonlarini, insonlaming orasida tug‘ilgan qarama - qarshiliklar, ziddiyatlar, g‘oyaviy to'qnashuvlar va ulaming yechimi yaxshilik bilan yoki fojiali tugaydi.
Tragediya (fojia) teatri - jamiyat tuzumidagi nuqsonlar, insonlaming orasidagi munosabatda jiddiy muammolar, ziddiyatlar, qarama-qarshi fikr, g‘oya, turli yomon xislatlar, xatti-harakatlar kabi masalalar to‘qnashuvi va ulaming yechimi fojia bilan tugallanadi.
Komediya (hajviya) teatri - jamiyat tuzumidagi va insonlami xulq-atvorlarida, yurish-turishlarida, bir-birlari bilan munosabatlarda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar, ziddiyatlar to‘qnashuvi va ulaming yechimi kulgi-hajviya orqali amalga oshiriladi.
Tarixiy manbalarda zikr etilishicha, antik dunyoda, xalq marosimlarida she’r, musiqa, raqslami bir-birlariga qo‘shib ijro qilish an’anaga aylangan edi. Lekin drama, tragediya va komediyalarga ovozli va cholg‘u musiqalami, raqs turlarini qo‘shib sahna asarini ta’sir kuchini boyitish eng avval Yunon (Ellada) davlatida miloddan avvalgi V-VI asrlarda keng qo‘llangan va rivojlangan edi. Ya’ni yozuvchi - dramaturg “Drama”, “Tragediya” janrlarining asoschilari Esxil, Sofokl va Evripidlaming “Dionis”, “Orfey”, “Evridika” kabi sahna asarlari hamda Aristofen, Filemon va Menandlaming komediyalarida ovozli va chog‘u musiqalar keng qo'llangan. Bu haqda professor Gruber shunday yozadi: “Qadimgi Yunon “Drama”, “Tragediya”larida turli san’atlami SINTEZ (qo'shish) qilish yuksak darajaga ko'tarilganligini biz hech qachon unutmasligimiz kerak. Bu esa monumental va ommaviy sahna asarlari yafatishda olamshumul ahamiyatga ega bo‘lishi bilan birga insoniyatning eng ulkan yutuqlaridan biridir. Shuni aytish joizki, antik dunyoda Qadimgi Yunon davlatida turli sohali ilm - fan falsafa, estetika, etika, logika, badiiy adabiyot, musiqa, raqs va boshqa san’at turlari mukammal ravishda taraqqiy etib, kelgusida jahon madaniyatiga, adabiyot va san’atiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu o‘rinda o'zbek va O`rta Osiyo xalqlari ham chetda qolmay manfaatdor bo‘ldilar. Yunon teatr san’atining an’analari esa Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Zulqamayn) lashkarlari O`rta Osiyoni bosib olgandan keyingi davrda tashkil topgan GrekBaqtriya yunon teatri faoliyat ko‘rsatgani to‘g‘risida M.Rahmonov “O`zbek teatr tarixi” hamda “Hamza va o‘zbek teatri” kitoblarida ayrim ma’lumotlar berilgan.
Yevropada eramizning XVI asrida yunon teatrining an’analariga qiziqish boshlandi. Italiyada shu asming oxirlarida Florensiya shahrida istiqomat qilgan graf Jovanni Bardi di Vemioni o‘z saroyida shoirlar, xonanda va sozandalar, aktyorlarlar, rassomlar doimiy ravishda yig‘ilib, she’riy-musiqiy kechalarda o‘z san’atlari bilan o‘rtoqlashar edilar. Shu yig'inlarda Qadimgi Yunon teatrini qaytadan tiklash fikrini ma’qulladilar hamda Esxil, Sofokl va Evripidlaminig drama va tragediyalariga murojaat qildilar. Qizig‘i shundaki, bu to‘da a’zolari uy teatrida o‘tkazgan ijodiy tajribalari, birinchilardan bo‘lib, kelgusida Italiya va boshqa Yevropa davlatlarida yangi uslubiy musiqali teatr va drama, musiqali komediya, opera va balet kabi janrlami bunyodga kelishiga sabab bo‘ladi deb, hech birlarini xayoliga kelmagan ekan. Tajriba jarayonida ba’zi bir kompozitorlar musiqali drama yaratdilar, lekin ulaming asarlarida ishtirok etuvchi qahramonlami musiqiy obraziga jiddiy ahamiyat bermaganliklari hamda ulaming ruhiy histuyg‘ulariga aloqador boimagan juda ko‘p intermediya musiqalami kiritganliklari sababli ular tarixda iz qoldirmadi.
Musiqali drama janrining shakllanishiga kompozitor, xonanda, skripkachi - sozanda Klaudio Monteverdi “Orfey” nomli musiqali dramasida ilk bor asos qo‘ydi. Uning ijodida musiqali drama (opera) janri mukammal ravishda shakilandi. Ya’ni janrni hosil qiluvchi asosiy komponentlar: adabiy mazmun (libretto), musiqani barcha turlari va janrlari, raqs san’atining barcha turlari, tasviriy san’at, sahna bezaklari, ishtirok etuvchi qahramoniaming kiyim-kechaklari, (liboslari) va asarni sahna harakatlari bilan uzviy bogianishi orqali mukammal ravishda janr shakllandi. Bu to‘g‘risida kompozitor K.Monteverdi shunday degan edi: “Musiqali spektaklda tomoshabinning vaqtini chog‘ qilaman deb, ermak uchun sayr - tomosha bo‘lib qolmasligi kerak. Sahna asarda musiqaning asosiy vazifasi, uni boy va mo‘jizali tili, tebranish harakatlari va turli vositalari bilan boyitish lozim. Men shu talabga o‘z ijodimda amal qildim”19. Shunday qilib, Italiyada XVI asrlarda yangi uslubiy “musiqali teatr” va “musiqali drama”, “musiqali komediya” janrlari bunyodga keldi. Kelgusi asrdan boshlab “OPERA” (Italyancha “opera” so‘zi harakat, ijod ma’nosini bildiradi) atama bilan aytish odatlandi. Opera janr sifatida rivojlanish jarayonida “musiqali drama”ga nisbatan bir oz o'zgarishlar ham bunyodga keldi. Ya’ni “musiqali drama”da ishtirok etuvchi personajlami dialoglari oddiy so‘z bilan aytiisa, “operada” dialoglar musiqa sadosi bilan birga RECHITATIV (ital. ifodali o‘qish ma’nosini bildiradi) orqali ijro qilinadi. Operada ikki xil rechitativ qoMIanadi: 1. Rechitativ musiqa jo ‘rligida tez harakatda, quruq cho‘zmasdan so‘zlami burro - burro qilib ijro qilinadi. 2. Rechitativ ohangli, ya’ni musiqa jo'rligida so‘zlami ohang (cho‘zib) ijro qilinadi. Yana bir farqi: “musiqali drama”da ishtirok etuvchi personajlar o‘z tabiiy ovozlari bilan ijro qilishsa, “opera”da ishtirok etuvchi xotin - qizlar ovozi: koloratura - soprano, soprano, metso - soprano, alt; erkaklamiki: tenor, bariton, bas va bas profundo kabi ovozga bo'lingan holda operaning partiturasiga yoziladi. Ushbu ko'rsatma orqali opera ijro qiluvchilaming ovozlarini tanlab, rol o‘ynashga kiritiladi. Shu bilan birga operani har parda ko'rinishlarida barcha musiqalar: ariya, ariozo, xor, balet nomerlar va rechitativlar bir - biriga uzviy bogManishlari bilan simfonik orkestming ishtirokida jaranglaydi. Shulami birlashtiradigan musiqali dramaturgiya baquvvat va ta’sirchan bo‘lsa, opera asari sahnada uzoq umr ko‘radi. Musiqali drama va komediya janrlari ham ichki tuzilishlarida bir oz farq qilsa-da, lekin musiqali dramaturgiyasi baquwat bo‘lishi lozim.
O‘zbek musiqasi tarixida musiqali dramalar aynan XX asrning boshlarida yaratila boshlanadi. Bu jarayon H.H.Niyoziy, AAvloniy, A.Fitrat kabi ma’rifatparvar shoir, dramaturglar ijodida shakllanadi. XX asrning 20-30-yillaridan boshlab kompozitorlaming o‘zbek bastakorlari bilan hamkorligi natijasida o‘zbek musiqali dramalari yaratila boshlanadi. Xususan, 1927-yilda “O‘zbek davlat etnografik” ansambli jamoasi konsert chiqishlar bilan birga musiqali spektakllar qo‘yishga qo‘l uradi. Ansambl jamoasi avval G‘.Zafariyning “Erk bolalari”, “Binafsha”, “Tuyg‘unoy”, “Bahor” kabi bir pardali musiqali spektakllarini tomoshabinlarga havola qildi. Zamon teatr ijrosi uchun moslashgan “Halima” nomli musiqali dramasi premyerasi 1929 - yil 10- avgustda bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng “O‘zbekiton davlat musiqali teatri” nomi bilan yuritila boshlanadi.
MUSIQALI DRAMA2
O`zbekiston kompozitorlarining musiqali dram a va opera kabi murakkab musiqaviy sahna janrlarini o‘zlashtirish borasida olib borgan faoliyatlari bir necha bosqichda amalga oshdi. Bu jarayonning dastlabki (1930-1940-y.) davrlarida kompozitorlaming ijodiy hamkorligi taqozo etilgan (masalan, “Po‘rtana” musiqali dramasi kompozitorlar T.Sodiqov va N.Mironov, shuningdek, “Gulsara” - T.Sodiqov va R.M.Glier, “Bo‘ron” operasi - M.Ashrafiy - S.Vasilenko, “Layli va Majnun” - R.Glier - T.Sodiqov hamkorligida ijod etilgan) edi. Keyingi yillar (1950-1980) mobaynida o‘zbek kompozitorlari ushbu janrlarda mustaqil ijod qilish muammosini uzil-kesil hal qildilar. Bunga, jumladan, I.Akbarovning “Momo yer”, S.Boboyevning “Vatan ishqi”, M.Mahmudovning “Aka-uka sovchilar” va yana boshqa ijodkorlaming ko‘plab musiqali dramalarini, hamda opera janrida M.Ashrafiyning “Dilorom”, S.Yudakovning “Maysaraning ishi”, S.Boboyevning “Hamza”, I.Akbarovning “So‘g‘d elining qoploni”, R.Hamroyevning “Zulmatdan ziyo”, S.Jalilning “Zebuniso” kabi sahnaviy asarlarini misol keltirish mumkin.
O`zbekistonning mustaqillikka erishuvi sharofati ila musiqiy teatr san’ati taraqqiyotida yangi davr boshlandi. Musiqali drama va opera janrlarida eng avvalo, tarixiy shaxslar siymosini haqqoniy gavdalantirish bilan bir qatorda maishiy syujetlarga asoslangan mavzular ustuvor ahamiyat kasb eta boshlaganligini qayd etish kerak. M.Mahmudovning “To‘ylar muborak”, F.Alimovning “Nodirabegim”, “Superqaynona”, “O`lding, aziz bo‘lding”, “Yusuf va Zulayho”, B.Lutfullayevning “Taqdir”, “Alpomishning qaytishi”, “Bobur sog‘inchi” musiqali dramalari, M.Bafoyevning “Ahmad al-Farg‘oniy”, A.Ikromovning “Amir Temur” operalari shular jumlasidandir. 3
Kompozitor Farhod Alimovning dramaturg Xoliq Xursandov pyesasi asosidagi “O‘lding, aziz bo‘lding” musiqali dramasida ajdodlarimizdan ma’naviy meros kelayotgan azaliy milliy qadriyatlar taqdiri, turli avlodlar o‘rtasidagi mehr-oqibat masalasi fojeali komediya tarzida badiiy ifodalanadi.
Oddiygina qishloq hovlisi. Hovliga Mavlon ota kirib keladi. U ustozi va ham yaqin do‘stini so‘nggi yo‘lga kuzatish marosimida bo‘lib, uning marakasiga yakkayu yagona o‘g‘lining kelmaganidan iztirob chekadi. Ko‘nglini allanechuk xavotir chulg‘agan ota o‘z farzandlarining ham mehr-oqibatsizligidan eziladi. Uy ichkarisidan ayoli Oydona chiqib keladi va Mavlon otaga dalda berib, farzandlari ulami tashlab qo‘ymasligini aytadi. Shu payt hovliga Mavlon otaning do‘sti Avaz ota kirib keladi va ular suhbatidan voqif bo‘ladi. Do‘sti Avaz har qancha yupatmasin, Mavlon otaning baribir ko‘ngli to‘lmaydi va farzandlarini sinash maqsadida qaltis bo‘Isa ham o‘zini “o‘ldi”ga chiqaradi. Do‘sti va ayolini ham bu ishda unga yordam berishga ko‘ndiradi va o‘zi chetdan turib kuzatishga ahd qiladi.
Otasining vafoti to‘g‘risidagi xabarni eshitgach, bolalari birin-ketin yetib kelishadi. Mavlon otaning katta o‘g‘li Sultonning tumandan tayinlangan vakili rais bilan kirib keladi va o‘zini tanishtiradi. O`z ona tilini yaxshi bilmaydigan, milliy marosimlami tushunmaydigan vakil ushbu “tadbir”ni o‘tkazish “mas’uliyati” uning zimmasida ekanligini aytib, “kattalar” kelguncha hozirlik ko‘rish kerakligi haqida ko‘rsatmalar bera boshlaydi.
Shu payt o‘rtancha o‘g‘li, xasis tadbirkor - Doston kirib keladi va aka-ukalari hali yetib kelmaganini bilgach, mehribon o‘g‘il sifatida maqtanib qo‘yadi. Doston otasining ta’ziyasida yig‘lab berish uchun marsiyachi ayol yollaydi. Marsiyachi ayol xizmat haqi uchun to‘lanadigan pul miqdorining ozligidan qaytib ketmoqchi boiadi. Doston talashib-tortishib ayyorlik bilan uni ko‘ndiradi va chiqib ketadi. Marsiyachi ayol ichkari tomon kirib, bor ovozi bilan aytib-aytib yig‘laydi. Vakil esa bu tadbirda yig‘lash mumkin emasligi, Sulton Mavlonovichning mansabiga putur yetishini aytib, uni to‘xtatishga harakat qiladi. U bu tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish uchun orkestr chaqirtirganini aytadi va rais bilan birga eshik oldida to‘plangan odamlami tarqatib yuborish uchun chiqib ketadi.
Bu voqealami ichkari xonadan kuzatib toqatsizlangan Mavlon ota tashqariga chiqadi. Shu payt vakil kirib keladi va Mavlon otani ko‘radi.
Avaz ota “marhumni” tanishtirganda, vakil “hozir hazilning mavridimas” deb, bepisandlik bilan jerkib beradi va yana chiqib ketadi. Hovliga Doston kirib keladi. Uning orqasidan Sulton Mavlonovich kelgani xabari bilan rais va vakil shoshib kirishadi. Sulton xuddi majlisga tashrif buyurgandek g‘o‘ddayib kirib keladi. Vakil hatto orkestrda kuy ijro ettiradi. Supaga o‘tirib olgan Sultonga rais ikki buqilib choy uzatadi, vakil “kattalar” nomidan Sultonga yozilgan hamdardlik ta’ziyanomasini tantanavor o‘qib eshttiradi. Sulton hatto yig‘lashni ham bilmaydi. Shunda ukasi Doston unga yig‘lashni o‘rgatadi. U yig‘lashga harakat qiladi. Shunda uning yig‘isi qo‘shiqqa o‘xshab qoladi.
Shu orada ulaming kenjasi Bo‘ston kirib keladi. U talaba bo‘lib shaharga ketganidan beri uyga qaytib kelmagan. Uylanmagan, hech qayerda ishlamaydi, faqirlikda kun kechiruvchi shoir.
Hammadan keyin qizi Guliston kirib keladi. U hamma bilan birmabir yig‘lab ko‘rishib, turmush tashvishlari bilan bo‘lib, otasi holidan xabar ololmagan, qadriga yetmagan, tirikligida e ’zozlamagan, loaqal, akalari va ukasining otasi holidan xabar olmaganidan eziladi. Singlisini so‘zlarini eshitgan aka-ukalaming ko‘ngillari biroz yumshaydi. Otasining bevaqt vafotida bir-birlarini ayblashib, ko‘rsatgan bir ozgina yordamlarini ta’na qila boshlashadi, natijada farzandlar orasida janjal chiqadi. Ular tezda yana “o‘z dunyolariga” qaytishadi va otalarining o‘zini aybdor deb bilishadi.
Farzandlari o ‘rtasida paydo bo‘lgan janjalni ko‘rib, Mavlon ota qilgan ishidan qattiq pushaymon bo‘ladi. Yurak-bag‘ri ezilgan ota bor haqiqatni aytish uchun barcha oldiga chiqadi. Otalarini tirik ko‘rgan farzandlar, avvaliga hayratdan qotib qolishdi, so‘ng bu qilmishi uchun qattiq qoralashdi. Otasining biror og‘iz so‘zini tinglamay, turli ishlami bahona qilib birin-ketin chiqib ketishdi.
Hovlida Mavlon otaning bir o‘zi qoladi. Tepadan beshik tushiriladi. Ota farzandlarini chaqira-chaqira, beshikka suyanganicha jon beradi.
Ushbu musiqaviy sahna asarida o‘zaro farqli ikki ohanglar tizimining qiyosi muhim o ‘rin tutadi. Bunda asosiy ijobiy qahramonlar - Mavlon ota, uning ayoli Oydona va qizi Gulistonlarning partiyalarida milliy negizga ega cho‘zimli ohanglar ustuvorligi kuzatiladi. Buni ashula xususiyatlari bilan yo‘g ‘rilgan “Mavlon ota qo‘shig‘i”da ko‘rish mumkin:
Oydona va Gulistonlaming musiqiy partiyalarida o‘zbek ayollari ijodiga xos so‘lim tabiatli ohang lug‘atidan unumli foydalanilgan. Xalqimiz milliy badiiy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan bu musiqiy yo‘nalishning aksini Mavlon otaning o‘g‘illari - Sulton, Doston va Bo‘stonlaming musiqiy tavsiflarida ko‘ramiz. Zero, bu personajlaming musiqiy “chiqishlari” milliy ildizdan uzilgan tumtaroq va “ajnabiy” ohanglarga qurilgan. Bu hoi ulaming ko‘p asrlik mahalliy an’analardan begonalashib ketganliklarini ko‘rsatishga xizmat qiladi. Binobarin, spektaklning musiqiy dramaturgiyasi aynan milliy va “begona” ohanglar tafovuti asosiga qurilgan.

XULOSA
Musiqa ta`limi va tarbiyasi yo`lga qo`yilgan ta`lim muassasalaridagi o`quv-tarbiya jarayonlarini kuzatish va tadqiqot muammosi yuzasidan olib brogan izlanishlarimizda shu narsa ayon bo`ldiki, musiqa ta`limi va tarbiyasida, o`quvchi-yoshlarni musiqiy madaniyatini qay darajada shakllanganligini belgilashda ularni musiqani idrok etish malakalari asosiy omil bo`lib hisoblanadi. Chunki, musiqiy qobiliyatlar, kerakli darajadagi bilim, ko`nikma va malakalar musiqani qanday, qanaqa, qay tarzda idrok etilishi orqali namayon bo`ladi, ya`ni biz o`quvchining musiqiy bilim, ko`nikma va malakalarini qay darajada rivojlanganligini o`quvchining musiqa mazmuni, mohiyatini, xarakteri, kayfiyatini, musiqiy obrazni, voqeylikni, muallif g`oyasini, kechinmalarini his etishi, saviyasi past va yuksak ijod namunasi bo`lgan asarlarni farqlashi, baho berishi, munosabat bildira olishi, asarlarni tinglab tahlil qila olish, kabi ko`plab fazilatlarni amalda namayon qilishlariga qarab bilishimiz mumkin. Bu fazilatlar esa umumiy tarzda o`quvchining musiqiy idrokini muayyan darajasini belgilovchi sifatlarini tashkil etadi.
Musiqa darslarida o`quvchilarni qo`shiq kuylashga o`rgatish, turli janr, xarakter, mavzulardagi zamonaviy, xalq qo`shiqlari, kompozitorlik ijodi namunalari, qardosh va chet el musiqalari bilan tanishtirib borish asosan musiqiy asarni tinglash orqali amalga oshiriladi. Bu jarayonda o`quvchi musiqa savodi, yoki, qo`shiq kuylash, bolalar cholg`ularida ijro etish, musiqaga mos ritmik va raqs harakatlarni bajarish bo`lmasin avvalo, musiqa tinglaydi va so`ngra amaliy faoliyatga kirishadi, nazariy, amaliy bilim ko`nikma, malakalari va eng muhimi musiqani idrok etishi ya`ni, musiqiy idroki rivojlanib boradi.


Yüklə 68,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin