Mavzuni o`rganilganlik darajasi. Mustaqillik yillarida O`zbekistonda ta`lim tizimini rivojlanib, takomillashib borishiga doir bir qator adabiyotlar, ilmiy risolalar, tadqiqotlar yaratildi.
Xususan, 2000 yilda nashr etilgan “Mustaqil O`zbekiston tarixi” kitobida 1992 yil 2 iyulida O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qa`bul qilgan “Ta`lim to`g`risida” Qonunga to`xtalgan. Bu muhim davlat hujjatining qabul qilinishi ta`lim soxasida amalga oshiriladigan barcha islohotlarning muqaddimasi hamda huquqiy kafolati bo`ldi.
Xalq ziyolilar gazetasi bo`lgan “Ma`rifat”da “ta`lim tarbiya-istiqlol ko`zgusida” rukni ostida O`zbekistondagi barcha viloyatlarda umumiy o`rta ta`lim, o`rta maxsus, kasb-hunar kolleji, oliy ta`lim, bolalar sporti sohasidagi erishilgan natijalar 2010 yil davomida nashr etildi.
Gazetaning 2010 yil 30 sentyabr sonida Respublikamiz bo`yicha ta`lim sohasidagi ko`rsatkichlar o`rin olgan. Shuningdek, Sh.Jovlonov-ning “Kasb-hunar inson ziynati”, Z.Karimov va B.Rajabovlarning “Salohiyatli kadrlar kelajagimiz”1 nomidagi maqolalari chop etildi.
2012 yilda Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash va ilm-fanning dolzarb muammolariga bag`ishlanib “Ta`lim va tahlil” to`plami nashr etildi.
“Bu muqaddas Vatanda azizdir inson”2 deb nomlangan mazkur risolada mamlakatimiz Prezidenti I.Karimovning 2010 yil 30 iyundagi “O`zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining o`n to`qqiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish to`g`risida”gi PQ-1358-sonli qarorida bayon etilgan fikr va g`oyalar, “Barkamol avlod yili” Davlat dasturining maqsadi va vazifalari, taraqqiyot asosi hisoblangan ma`naviy kamolot alohida o`rin olgan.
Risolada ta`kidlanganidek mamalakatimizda mustaqillik yillarida yoshlarga doir yuzga yaqin huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Ularning barchasi
ta`lim-tarbiya samaradorligini oshirishga, ijti-moiy muhofazaga, sog`lom avlodni tarbiyalashga va har tomonlama qo`llab-quvvatlashga yo`naltirilgan.3
A. Erkaevning 2011 yil “Ma`naviyat” nashriyotida chop etilgan “O`zbekiston yo`li” risolasida qayd etilishicha, birgina ta`lim sohasiga mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining 12 foizi yo`naltirildi. Nafaqat O`zbekiston tarixida, jahon tarixida ham biror mamlakat o`z yalpi ichki mahsulotining 12 foizini faqat ta`limga yo`naltirmagan.1
Yangi davlat standartlari asosida o`quv dasturlari va darsliklari yaratilishi tufayli o`zbek xalqi tarixida ilk bor milliy maktab paydo bo`ldi.
2011 yil “O`qituvchi” nashriyotida chop etilgan “Buyuk va muqadassan, mustaqil Vatan” nomli ilmiy-ommabop risolaning beshinchi bobi “Barkamol avlord-kelajagimizning muhim tayanchi va biz boshlagan buyuk ishlarning munosib davomchisi: ta`lim sohasida erishilgan muhim natijalar” deb nomlanadi.
Ushbu risolada ta`kidlanganidek: O`zbekistonda ta`lim sektorini moliyalashtirishda byudjet va xususiy manbalar bilan bir qatorda moliya institutlari, xorijiy, xalqaro donorlar tomonidan ko`rsatilayotgan tashqi yordam ham ahamiyatlidir. 2000 yildan 2007 yilgacha ushbu yordam doirasida umumiy ulushning hajmi 1 milliard AQSh dollaridan ortiq 122 ta loyiha tatbiq etildi”2.
Xullas, mustaqillik yillarida O`zbekistonning ta`lim tizimining rivojlanishiga doir bir qator ilmiy ishlar yaratildi.
Dostları ilə paylaş: |