Мустақил Ўзбекистонда таълим тизимининг такомиллашувининг йўналишлари ва натижалари


I.2 O`zbekistonda ta`lim tizimi samaradorligining oshirilishi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə7/13
tarix16.05.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#58188
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
O`zbekistonda ta

I.2 O`zbekistonda ta`lim tizimi samaradorligining oshirilishi.

Mamlakatimizda yurt taraqqiyoti, xalq farovonligi, jahon hamjamiyatidan munosib o`rin egallashimizning muhim omillaridan biri sifatida ta`lim tizimini tubdan isloh etishga, yosh avlodni har jihatdan barkamol etib tarbiyalashga alohida e`tibor qaratilmoqda. O`zbekiston Respub­likasi Konstitusiyasi, «Ta`­lim to`g`risida»gi Qonunga binoan ta`lim olishda barcha teng xuquqlidir.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi va hayotga keng tatbiq etilishi samarasi o`laroq, yurtimizda uzluksiz ta`lim tizimi yaratildi. Ushbu dastur jahon andozalari talablariga javob beradigan, raqobatbardosh, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning zamonaviy ti­zimini shakllantirish va rivojlantirish, har tomonlama kamol topgan shaxsni voyaga etkazish uchun ijtimoiy-iqtisodiy, xuquqiy, psixologik-pedagogik sharoitlarni yaratishga xizmat qilmoqda.1

Ushbu dastur doirasida ta`limning mutlaqo yangi boskichi o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limiga asos solindi. Ta`limning ushbu turi mexnat bozoridagi talab va ehtiyojni inobatga olgan holda real iqtisodiyotning barcha bo`g`inlari uchun malakali kichik mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda yurtimizda jahon andozalari darajasida barpo etilgan o`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim maskanlari uquvchilarga chuqur, ixtisoslashtirilgan, kasb-hunarga yo`naltirilgan bilim berish, o`smir-yoshlarning kasb-hunarga qiziqishi, bilim va ko`nikmalarini yanada rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo`yicha bir yoki bir necha ixtisoslikni egallashga qo`maklashmoqda. O`tgan vaqt mobaynida ming-minglab yoshlarimiz ana shunday kollej va litseylarni tamomlab, ishlab chiqarish, qishloq, xo`jaligi, boshkaruv va ijtimoiy sohalar, barcha jabhalarda mehnat qilmoqda. Ayni paytda ular bilim olishning keyingi bosqichi -oliy o`quv yurtlarida o`qishni davom ettirish imkoniga ega. 2010-yilda umumta`lim maktablari 9-sinf bitiruvchilarining 585 ming nafardan ziyodi yurtimizdagi 142 akade­mik litsey va 1394 kasb-hunar kollejiga qamrab olindi.

Ta`lim soxasida olib borilayotgan islohotlar jarayonida bolalar sportini ri­vojlantirish, ularni sog`lomlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Bolalar sportini rivojlan­tirish jamg`armasi tomonidan o`tgan vaqt mobaynida 1123 bolalar sporti inshooti ko`rib foydalanishga topshirildi. Ularning 922 tasi qishloq joylarda ekani chekka hududlardagi bolalarni jismoniy tarbiya va sportga japb etishda katta imkoniyatlar yaratmoqda. Ayni paytda maktablar qoshida 674 sport zali qurildi. Bolalar sporti inshootlari sport anjomlari va jihozlari, zarur inventarlar bilan ta`minlangani samarasi o`laroq bugungi kunda o`quvchi-yoshlar sportning 23 turi bilan muntazam shug`ullanmoqda.

Ta`lim sohasida olib borilayotgan islohotlarda yoshlarning iste`dodini har tomonlama kamol toptirish, madaniy saviyasini yuksaltirish, o`g`il-kizlarning jahon va milliy musiqaning eng noyob namunalaridan bahramand bo`lishi uchun keng imko­niyatlar yaratish ustuvor o`rin tutadi. Davlatimiz rahbarining 2008 yil 8 iyulda qabul qilingan «Bolalar musiqa va san`at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo`yicha 2009—2014 yillarga mo`ljallangan Davlat dasturi to`g`risida»gi qarori bu yo`nalishdagi ishlarni yangi pog`onaga ko`tarishga xizmat qilmoqda.

Ushbu xujjatga muvofiq boshlang`ich musiqiy ta`lim tizimini tubdan takomillashtirishga, bolalar musiqa va san`at maktablari faoliyatini yangicha talablar asosida tashkil etish, zamonaviy moddiy-texnik bazasini shakllantirish, ularni musikiy madaniyat va san`at sohasidagi yuqori malakali pedagog kadrlar bilan ta`minlash borasi-da katta hajmdagi ishlar amal­ga oshirilmoqda.

O`tgan yillar mobaynida ta`lim tizimini tubdan yangilash va isloh etish bo`yicha miqyosi va ko`lamiga ko`ra ulkan ishlar amalga oshirildi. Qariyib 9,5 ming yoki mamlakatimizda faoliyat ko`rsatayotgan maktablarning deyarli barchasi yangitdan qurildi, kapital rekonstruksiya qilindi va zamonaviy o`quv-laboratoriyaya asbob-uskunalari bilan ta`minlandi. O`quv jarayonini sifat va metodik jihatdan butunlay yangilash bo`yicha ulkan chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Maktab ta`limi 7 ta tilda: o`zbek, qaroqalpoq, rus, qozoq, qirg`iz, turkman, tojik tillarida olib borilmoqda.

Mamlakatimizda 1500 dan ortiq yangi kasb-hunar kolleji va akademik lisey barpo etildi.

Hozirgi kunda yurtimizdagi barcha ta`lim, fan, madaniyat va ma`rifat muassasalari Ta`lim portali va internetga ulangan. Bu esa ta`lim jarayoniga masofadan turib o`qitish usullarini, o`quvchi yoshlar uchun axborot-kommunikasiya xizmatlarining keng majmuini joriy etish imkonini bermoqda.

Ta`lim jarayonini isloh etish va mehnat bozorida talab qilinadigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashda oliy o`quv yurtlari muhim o`rin egallamokda. O`tgan davr mobaynida ularning soni ikki barobar ortdi va bugungi kunda mamlakatimizdagi 59 ta universitet va oliy o`quv yurtida 230 mingdan ziyod talaba ta`lim olmoqda.

O`zbekistonda Vestminster universiteti, Singapur menej-mentni rivojlantirish instituti, Turin politexnika univer­siteti, Rossiya neft va gaz universiteti, Moskva davlat universiteti, Rossiya iqtisodiyot universiteti kabi yuksak xalqaro obru-e`tibor va chuqur tarixiy ildizlarga ega bo`lgan YEvropa va Osiyoning etakchi oliy o`quv yurtlarining filiallari tashkil etildi va muvaffaqiyatli fao­liyat ko`rsatmokda. Ushbu oliy o`quv yurtlarida mashinasozlik, neft-gaz ishi, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot va biznes boshqaruvi, moliyaviy menejment, tijorat xuquqi kabi mehnat bozorida talab yuqori bo`lgan mutaxassisliklar buyicha baka­lavr va magistrlar tayyorlanmok,da va ularning bitiruvchilari butun dunyoda tan olindigan diplomlarga ega bulmoqda

O`zbekiston Milliy universiteti va Fanlar akademiyasi tomonidan Buyuk Britaniyaning etakchi oliy o`quv yurti — Kembrij universiteti bilan hamkorlikda 2012 yilda Yuksak texnologiyalar o`quv-tajriba markazi tashkil etilmokda. Markazning asosiy vazifasi — iqtidorli talabalar, aspirant va yosh olimlarni kimyo, fizika, biologiya, biokimyo, biofizika, geologiya va geodeziya soxalarida amaliy innovasion ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda il­miy ishlanmalarni amalga oshirishning zamonaviy metodlariga o`rgatishdan iborat.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yosh avlodning pux­ta ta`lim olishi borasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar berayotgan bunday samaralar yurtimizda yosh avlod­ning buyuk ajdodparga munosib voris, barkamol inson bo`lib etishishi yo`lida ko`rsa­tilayotgan doimiy g`amxo`rlikning amaldagi ifodasidir.

Ta`lim sohasi ijtimoiy xayotning ajralmas tarkibiy qismi, siyosiy-ijtimoiy iqtisodiy-ma`naviy taraqqiyotning istiqbolini belgi­lovchi omillardan biri xisoblanadi. Shu bois O`zbekistonimizda bugungi yoshlar va kelajak avlod manfaatlarini muxofaza qilish davlat siyosatining ustuvor yo`nalishi etib belgilangan hamda 1997 yil avgustidan bugungacha “Ta`lim to`g`risida”, “O`zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to`g`risida”gi qonunlar, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Jamiyatda xuquqiy madaniyatni yuksaltirish mil­liy dasturi”, Maktab ta`limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi, bolalar va xotin-qizlar sporti, bola­lar musiqasi va san`atini rivojlantirishga doir va ta`lim­ning xuquqiy-me`yoriy hujjatlarini belgilovchi boshqa xujjatlar qabul qilindi.1

Har yili amaliyotga izchillik bilan tatbiq etilayotgan davlat dasturlari va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy ri­vojlantirish yo`nalishlarida belgilanayotgan vazifalarni amalga oshirish uchun byudjet mablag`larining asosiy qismi yo`naltirilayotgani xalqimizning kelajakka bo`lgan ishonchini yanada orttirmoqda.

1997- 2004 yillarda O`zbekiston ta`­lim tizimida mutlaqo yangi bo`lgan o`rta maxsus, kasb-xunar ta`limi muassasalarini qurish va ishga tushirishda e`tirofga loyiq bunyodkorlik ishlari oshirilgan bo`lsa, 2004-2009 yillar mamlakatimiz tarixida umumta`lim maktablari, maktabgacha va maktabdan tashqari ta`lim muassasalarini rivojlantirish davri bo`ldi.

O`tgan qisqa davrda ta`lim mazmunini isloh qilishga juda katta e`tibor qaratildi: yangi Davlat ta`lim standartlari, o`quv rejalari va fan dastur­lari ishlab chiqildi va tatbiq qilindi, ularni takomillashtirish jarayonlari davom etmoqda muqobillikka asoslangan yangi, jumladan, elektron darsliklar va boshqa o`quv adabiyotlarining yangi avlodi yaratilib, ularni takomillashtirish bo`yicha ishlar muttasil davom ettirilmoqda. Zamonaviy fan va texnikaning rivojlanish tendensiyalarini hisobga oluvchi pedagogik hamda axborot olish, uzatish, almashish va saqlash texnologiyalari ta`lim jarayoniga shiddat bilan kirib bormoqda. Aql-zakovatli, yetarlicha iqtidor va salohiyatga ega, g`ayrat, shijoat va kuchga to`la, bilimli, tashabbuskor va ijtimo­iy faol yangi avlodning istiqbolimiz uchun mas`uliyatni zimmasiga oladigan mutaxassislar bo`lib etishishi uchun mustahkam zamin yaratildi.

Ta`lim sohasida faoliyat ko`rsatayotgan va tayyorlanayotgan kadrlar sifati islohotlarning samarasini belgilaydi bugungi pedagog yuksak kasbiy mahorat bilan bir qatorda, axborot makonidagi so`nggi ma`lumotlardan, psixologiya va insonshunoslikka oid yangiliklardan xabardor bo`lishga majbur, aks holda ta`lim oluvchi o`zi uchun zarur bulgan bilimlar va ma`lumotlarni boshqa manbalardan axtaradi. Shu o`rinda mustaqil ta`lim sohasida keyingi yillarda to`plangan tajribani yanada kengaytirish, shubhasiz, ijobiy samara beradi.

Mutaxassislar tayyorlashni rejalashtirishda bozor iqtisodiyo-tining asosiy qonuni-talab va taklifga asoslanilsa, ortiqcha mehnat resurslari paydo bo`lishining oldi olinadi. Shu bois kadrlarni ish bilan ta`minlashning amaldagi tizimi bugun uzining eskirganligini har jihatdan ko`rsatgach, bu sohada ham qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Ta`lim muassasasini bitirayotgan har bir yosh mutaxassis tomonidan asosiy kasbi bilan bir qatorda yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shug`ullanish uchun zarur bo`lgan huquqiy va iqtisodiy bilimlar egallanishi davr talabi bo`lib qolmoqda. Amaldagi qonun hujjatlarida yosh mutaxassislarni ish bilan ta`minlash, ularni moddiy va ma`naviy qo`llab-quvvatlash bo`yicha juda ko`p imtiyozlar belgilangan. "Barkamol avlod yili" Davlat dasturida belgi­langan tadbirlar esa yoshlarning imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. O`quv yurti buyurtmachi iste`molchi mahalliy xokimiyat organlari, mutaxassisning faol, amaliy xamkorligi va ushbu jarayonda ishtirok etuvchi sub`ektlarning vakolatlarini belgilash va uning bajarilishini qat`iy nazorat qilish orqali tayyorlanayotgan kadrlardan maq-sadli foydalanish mexanizmi yaratilmoqda.

Ta`lim-tarbiya-yaxlit bir jarayon. Yuksak ma`naviyat manziliga ma`rifat orqali borish mumkinligi tarixda ko`p marta o`z isbotini topgan. Jahon va milliy pedagogikamizda ta`kidlanganidek, etuklik va barkamollikka ta`limiy hamda tarbiyaviy maqsadlar mushtarak-ligida erishiladi.

Jamiyatimizdagi barqarorlik, xalqimizning birdamligi, kelaja-gimizning porloqligiga bo`lgan qatiy ishonch, tanlagan yo`limizning o`tgan 20 yilida erishgan asrlarga tatigulik yutuqlarimiz, mamlaka-timizning bugungi iqtisodiy-ma`naviy qudrati va olib borilayotgan odilona ichki va ta­shqi siyosat ta`lim tizimida ushbu ezgu ishlarni amalga oshirishga mustahkam zamin bo`lmoqda.



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin