Bitiruv malakaviy ishning xajmi va strukturasi. Bitiruv malakaviy ish kirish, 2 ta bob, xulosa, tavsiyalar, adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
I. bob: O`zbekistonda ta`lim sohasidagi islohotlarning asosiy yo`nalishlari.
I.1Ta`lim tizimini rivojlantirishning huquqiy asoslari
Mamlakatimiz o`z mustaqilligini qo`lga kiritganidan keyingi qisqa vaqt ichida bosib o`tgan taraqqiyot yuli asrlarga tatigulik mazmun va samara kasb etmoqda. Shu boisdan ham mamlakatimiz Prezidentining «O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish to`g`risida»gi Qarorida ta`kidlanganidek, yurtimizda «demokratik davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etish, iqtisodiyotimizni bozor munosabatlariga o`tkazish va rivojlangan davlatlar qatoridan munosib joy olish yo`lida erishgan marralarimiz jahon ahlini haqli ravishda hayratda qoldirmoqda»1.
Haqiqatan ham, bundan 21 yil oldin xalqimiz o`zining mard va donishmand raxbari boshchiligida mustaqillikka erishdi. Bu mustaqillik mamlakatimizda siyosiy, iqtisodiy. ijtimoii hayot va milliy ma`naviyat sohalarida yangi bir davrni boshlab berdi. U ta`lim tizimini rivojlantirish sohasida ham tub buyuk islohotlarga yo`l ochdi.
Mustaqillikkacha bo`lgan davrda yagona mafkura xukmronligi ostidagi pedagogik tizim sharoitida yashadik, faoliyatimizni sobik markazdan yuborilgan tavsiyalar asosida tashkil etdik. Natijada shaxs manfaatlari va ularning ma`naviy extiyojlari maktab devorlari ortida qoldi. Amalda maktab bitta yo`nalishga - kommunistik mafkurani mustaxkamlashga xizmat qildi. Pedagogik ijod, ona tili va Vatan tarixi, geografiyasi, tabiati, millii urf-odatlari, an`analar, ma`naviyat va kadriyatlarni o`z o`quvchilariga o`rgatishdan deyarli maxrum etilgan o`qituvchi unga buyurilganlarnigina o`rgatuvchiga aylandi. Ta`lim-tarbiya ishlarining 70 yil davomida shakllanib kolgan ana shu illatlardan xalos qilish ta`limdagi islohotlarning tub mohiyatini tashkil qildi.
Mamlakatimizda ta`lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan uning huquqiy asoslari quyidagi hujjatlarda belgilab berildi hamda ular asosida eng muhim yo`nalish va natijalari ijrosi ta`minlandi.
Mustaqil davlatimiz raxbariyati eng avvalo, ishni ta`lim sohasidagi davlat siyosatining huquqiy asoslarini yaratib berishdan boshladi. Sobiq ittifoq tarkibiga kirgan respublikalar ichida birinchilardan bo`lib, O`zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi 1992 yil 2 iyulda «Ta`lim to`g`risida»gi Qonunini tasdiqladi. Bu dasturilamal hujjatda ta`lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari, ta`lim tizimi, uning boshqaruv tarkibi, pedagog xodimlarning haq-huquqlari, burch va mas`uliyatlari aniq belgilab berildi. Binobarin, bu muhim davlat hujjatining qabul qilinishi ta`lim sohasida amalga oshiriladigan barcha islohotlarning muqaddimasi hamda huquqiy kafolati edi1.
Ta`lim sohasidagi islohotlarning asosii yo`nalishlari uning demokratik, insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish xalqimizning tarixiy an`analari va pedagogikasi, shuningdek, jaxon xalqlari pedagogikasining ilg`or yutuqlari asosida ta`lim mazmunini tubdan o`zgartirish, shu maqsadda o`qituvchilar, pedagogik jamoalarning tashabbuskorligiga keng imkoniyatlar ochib berish va uni har tomonlama rag`batlantirish, bilim va ko`nikmalarining puxtaligini ta`minlaydigan zamonaviy didaktik vositalarni qullashni keng ko`lamda yo`lga qo`yish, shu asosda ta`lim mazmunini yaxshilashga erishishdan iborat bo`ldi.
Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan yangi jamiyat barpo etishning besh tamoyili bugungi kunga kelib ijobiy natijasini ko`rsatmoqda. Yurtimizda shaxs, inson, jamiyat, davlat yangilanmoqda, barcha ijtimoiy jarayon ta`lim va madaniyat, ma`naviyat o`ziga xos tarzda shakllanib bordi. 1992 yilda Prezidentimiz «O`zbekistonning o`z Istiqlol va taraqqiyot yo`li» kitobida bu masalaga aloxida tuxtalib, quyidagilarni ta`kidlagan edi, «Bugungi kunda hur va ozod xalqimiz, barcha xalqlar va davlatlar tomonidan yaratilgan ma`rifatda, fan va texnikada, madaniyat va san`atda nimaiki yangi va ilg`or jixatlar bo`lsa, shunga dadillik bilan intilmokda. O`zbekiston diyorida tarixda ko`p marta bo`lganidek, yana yangidan o`zimizning betakror va ilg`or, iqtidorli va eng muhimi, insonlarga kerakli kadriyatlarimiz barpo etiladi.
Ta`lim O`zbekiston xalq, ma`naviyatiga yaratuvchilik faoliyatini baxsh etadi. O`sib kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo`ladi, kasb-kori, maxorati uzluksiz, takomillashadi, katta avlodning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o`tadi1.
Bu so`zlar ta`lim tizimiga berilgan ijtimoiy buyurtma bo`lib, O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida»gi Qonuni, ta`lim sohasidagi davlat siyosatida ham o`z ifodasini topgan.
Mustaqillikkacha bo`lgan davrda bizning ta`lim tizimimiz jahonning ilg`or sivilizasiyasi yutuqlaridan, o`z xalqimizning tarixi ildizlaridan ajralib qolgan edi. Mustaqillik bunday holatni tubdan o`zgartirdi. Istiqlol davrida jamiyat ijtimoiy xayotining muhim tarkibiy qismi sifatida ta`lim ham o`zgarmog`i, yangilangan jamiyatning manfaatlari yo`lida xizmat qilmog`i nuqtaiy nazaridan yondashildi. Zero, jamiyatning mavjudligi, maktabning ham mavjudligidir.
O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi O`zbekiston xalqining hohish irodasidan kelib chiqib, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o`yg`unlashtirgan holda, yoshlar ongiga singdirishning huquqiy asoslarini o`zida ifoda etgan. Konstitusiya barcha fuqarolar qatori yoshlarning huquq va erkinliklarini ta`minlashning huquqiy va me`yoriy jixatlarini ham o`zida aks ettirdi. Jumladan, uning 41-moddasida: «Har kim bilim olish xuquqiga ega. Bepul umumiy ta`lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir». 45-moddasida «Voyaga etmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolgiz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir». 66-moddasida «Voyaga etgan, mehnatga layoqatli farzandlar o`z ota-onalari haqida g`amxo`rlik qilishga majburdirlar», 117-moddasida «O`zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat xokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar»2, deb belgilab qo`yilgani fikrimizning dalilidir. Xaqiqatdan ham, O`zbekiston Respublikasi mustaqil, demokratik, huquqiy, insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy axvoli, siyosiy e`tiqodidan qat`iy nazar, fuqarolarning huquq. va erkinliklarini ta`minlab beradigan davlatdir.
Shuningdek, Prezidentimizning 1993 yil 29 dekabrdagi farmoniga binoan oktyabr oyining birinchi yakshanbasi xalq ta`limi xodimlari kuni (kasb bayrami sifatida) belgilandi. 1996 yil 9 sentyabrdagi «Ma`naviyat va ma`rifat jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to`g`risida»gi Farmon munosabati bilan yosh avlodni buyuk an`analarimizga, yuksak ma`naviy qadriyatlarimizga sodiqlik va yorug` kelajak egalari ekanliklariga qatiy ishonch ruxida tarbiyalash maqsadida 1997 yildan boshlab, 1-oktyabr «O`qituvchilar va murabbiylar kuni»-umumxalq bayrami hamda dam olish kuni deb e`lon qilindi.
Prezidentimiz Islom Karimov 1996-1997 yillarga kelib, ta`lim-tarbiya tizimidagi jiddiy kamchiliklarni bartaraf etish va bu sohani tubdan isloh etish bo`yicha muhim dasturiy hujjatlar qabul qilish lozimligini kun tartibiga qo`ydi. Shu boisdan ham tezda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturini tuzish» komissiyasi tashkil etilib, unga Yurtboshimiz bevosita raxbarlik qildi.
Mavjud ta`lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko`tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, kelajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 6 oktyabrdagi «Ta`lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish barkamol avlodni voyaga etkazish to`g`risida»gi ushbu farmon bilan «Ta`lim to`g`risida» gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tatbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo`nalishi etib belgilandi.
«Ta`lim to`g`risida»gi Qonun (yangi tahriri) va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilinganidan sung respublikamiz butun ta`lim tizimi, jumladan, oliy ma`lumotli kadrlar tayyorlash yo`nalishini ham tubdan isloh qilishning aniq strategik dasturiga ega bo`ldi.
O`zbekistonda ta`lim respublika ijtimoiy-iqtisodiy, g`oyaviy-madaniy xayotining eng muhim yo`nalishidir. Ta`limning huquqiy asoslari mamlakatimiz Konstitusiyasi, «Ta`lim to`g`risida»gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o`z aksini topgan.
Respublikamizda ta`limning asosiy maqsadi bizning demokratik erkin davlat qurayotganimiz, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o`tish yo`lidan izchil borayotganimiz bilan bevosita bog`liq. Chunki davlatning buyuk kelajagi uz fuqarolarining ma`lumotliligiga, madaniyatiga, bunyodkorligiga tayanadi.
«Ta`lim to`g`risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi va hayotga tatbiq qilinishi, hech shubxasiz, mustaqillik yillaridagi eng muhim yutuqlarimizdan biri bo`ldi. Dasturga ko`ra, yurtimizda ta`lim islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirildi va hozirgi kunda takomillashtirilmokda.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining O`zbekistonga xos eng muhim xususiyati - yangi turdagi 3 yillik o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tizimini yaratishdan iborat vazifa sobit qadamlik bilan amalga oshirildi. Zamonaviy o`quv va ishlab chikdrish uskunalari bilan jihozlangan kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar barpo etildi, yangi ta`lim standartlari va axborot texnologiyalari, interaktiv usullar o`quv jarayoniga tatbiq, etildi.
Oliy ta`limda bakalavrial va magistratura tizimi joriy qilindi. Jahon standartlariga xos bu tizim oliy ta`lim sifatini oshirishga xizmat qilmoqda. O`zbekistan Respublikasi Prezidenti Islom Karimov shunday degan edi: «Bilimdon, professional jihatdan savodli hamda g`ayrat-shijoatli shaxslarni, o`z mamlakatimizning chinakam vatanparvarlarini tarbiyalay oladigan, ularni buyuk milliy madaniyatning ulkan ma`naviy merosi bilan boyita oladigan, jahon fani va madaniyati durdonalaridan baxramand eta oladigan mamlakat-gina, millatgina buyuk kelajakka erishishi mumkin».
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi Yurtboshimizning bevosita raxbarligida ishlab chiqilib, amaliyotga izchil joriy etildi. Bu dastur AQShdan sung dunyoda ikkinchi bor faqat O`zbekistonda qabul qilindi va bugungi kunda turli mamlakatlar bizning bu boradagi tajribalari-mizni katta qiziqish bilan o`rganmoqda. Mamlakatizda noyob Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`la amalga oshirilmoqda. 2009 yildan boshlab, yurtimizda 12 yillik majburiy ta`lim joriy etildi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 3 bosqichdagi islohotlar asosida amalga oshirildi.
I bosqich 1997-2001 yillarda dasturni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan huquqiy meyoriy, ilmiy-metodik, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratildi. Buning uchun davlat tomonidan kushimcha ravishda 65 milliard so`m mablag` sarf qilindi. Bu bosqich kadrlar tayyorlash dasturining moddiy-texnik ba`zasini yaratish davri deb nomlandi.
II bosqich - 2001-2005 yillarni o`z ichiga olib, milliy dastur keng miqyosda joriy etildi. Bu bosqich Kadrlar tayyorlash milliy dasturining sifat bosqichi deb nom oldi.
III bosqich- 2005 yildan boshlanib, undan keyingi yillarni ham o`z ichiga olmoqda. Bu bosqichda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ijrosi yakuniga yetkazilib, erishilgan natijalar, to`plangan tajribalar umumlashtirilib, tahlil etilmoqda hamda shu asosda yurtimizda yangi ta`lim tizimi yanada takomillashtirilmokda. Shu boisdan bu bosqich ta`lim tizimini madernizasiyalash davri deb atalmoqda.
Prezidentimiz O`zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasining 17 yilligiga bag`ishlangan marosimidagi (2009 yil 5 dekabr) ma`ruzasida ta`kidlaganidek, «bundan 12 yil oldin boshlangan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va 2004 yilda uning tarkibiy qismi sifatida qabul qilingan Maktab ta`limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturi ijtimoiy hayotimizda tub burilish yasadi»1
Haqiqatan ham, bu dasturlar doirasida yurtimizda ming-minglab litsey va kollejlar kurildi, rekonstruksiya qilindi. O`tgan davr mobaynida ana shu litsey va kollejlarni 1 million 446 mingdan ziyod farzandlarimiz, jumladan, 1 million 55 mingdan ortiq qishloq yoshlari bitirib bugungi kunda qishloq xo`jaligida, boshqaruv tizimida, ijtimoiy sohalarda mehnat qilmoqda.
Bu qarorga ko`ra, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 60 kishidan iborat O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi (Markaz) tashkil etildi. 1998 yilda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari dastlab tajriba tariqasida faoliyat boshladi. Akademik litseylarga barcha (9-sinf) bitiruvchilarining taxminan 10-15 foizi tanlov asosida qabul qilindi.
Kasb-hunar kollejlari uchun yukori malakali pedagog va pedagog-muxandislar tayyorlash bo`yicha 3 ta otaliq zona (mintaqaviy) bo`yicha tegishli oliy o`quv yurtlari biriktirildi: 1) Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi institutiga; 2) Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetiga; 3) Namangan muxandislik-pedagogik institutlarida kadrlar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amaliy ijrosiga, shuningdek, bakalavr va magistr kadrlar tayyorlash masalasiga bag`ishlangan O`zbekiston Prezidentining o`ndan ortiq farmon va farmoyishlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi. Xususan, 2004 yil 19 fevralda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «2004-2008 yillarda Maktab ta`limini rivojlantirish dasturini tayyorlash chora-tadbirlari to`g`risida»gi farmoyishi, 2004 yil 21 mayda «2004-2009 yillarda maktab ta`limini rivojlantirishning davlat umummilliy dasturi to`g`risida»gi farmo-nining qabul qilinishi milliy ta`lim rivojida yangi tarixiy bosqichni boshlab berdi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta`limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturining ijrosi amalda nihoyasiga yetkazildi. 9 yillik umumta`lim maktab bosqichini va 3 yillik o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi bosqichini o`z ichiga olgan uzluksiz yaxlit ta`lim tizimi yaratildi. Bir so`z bilan aytganda, farzandlarimizga umumiy ta`lim bilan birga, zamonaviy kasb-hunarga ega bo`lish imkonini beradigan 12 yillik ta`lim tizimiga o`tish yakunlanmokda
Mazkur huquqiy hujjatlarda, birinchidan, yangi ta`lim tizimi, ikkinchidan, yangi avlod kadrlarini tayyorlashda ta`lim sohasidagi o`zgarishlar, yangi kasb sohalarining paydo bo`lgani va ularning O`zbekiston sharoiti, ahamiyati bilan boglik jihatlari, uchinchidan, bunda har bir viloyat, hudud va mintaqa xususiyatlarini hisobga olish tajribasining afzalliklari, to`rtinchidan, mamlakatimiz oliy ta`lim sohasidagi 71 ta muassasa tayyorlab beradigan yangi avlod kadrlari, ularning umumiy va uziga xos jixatlariga e`tibor qaratildi.
Umuman, mustaqillik yillarida «Ta`lim to`g`risida»gi Konun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997) asosida uzluksiz ta`lim tizimining eng muhim yo`nalishlari hayotga tatbiq etildi.
Dostları ilə paylaş: |