Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik tariximizning ravon yo`lini ochdi. Mustabid tuzum davrida mafkuraviylik, sinfiylik iskanjasiga tushirilgan olis va yaqin tarixdan asl holida bahramand bo`lish imkondan holi edi. Voqea-hodisalar sovet g`oyasi asosida tuslanib talqin etilgani kabi, davlatchiligimiz, qadriyatlarimiz, tarixiy shaxslar, milliy ozodlik fidoyilari salbiy baholandi.
Mustaqillikkacha bo`lgan davrda yagona mafkura hukmronligi ostidagi ta`lim tizimi sharoitida yashadik, faoliyatimizni markazdan yuborilgan tavsiyalar asosida tashkil etdik. Amalda ta`lim bitta yo`nalishga kommunistik mafkurani mustahkamlashga xizmat qildi
Vatanimiz ozodlikni qo`lga kiritgandan e`tiboran, xalqimiz tarixiga bo`lgan munosabat ijobiy tomonga o`zgardi. Istiqlol sharofati bilan xalq turmush tarzi mazmuni boyib borayotgan bugungi kunda mustaqil mamlakat fuqarolari sifatida tarixni, o`tmishni, buyuk ajdodlarning fikr va g`oyalarini, vatanimiz ozodligi yo`lida jonini fido qilgan buyuk siymolarni yanada chuqurroq bilmoq va teranroq his qilmoq dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlagandek: “O`z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo`q. Bu haqiqat kishilik tarixida ko`p bora o`z ijobatini topgan”1
Ta`lim sohasi ijtimoiy hayotning ajralmas tarkibiy qismi, siyosiy ijtimoiy, iqtisodiy-ma`naviyat taraqqiyotning istiqbolini belgilovchi omillardan biri hisoblanadi. Shu bois O`zbekistonda bugungi yoshlar va kelajak avlod manfaatlarini muhofaza qilish dalat siyosatining ustuvor yo`nalishi etib belgilangan.
Bugungi kunda ta`lim tizimining barcha bo`g`inida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlarning muvaffaqiyatida Kons-titutsiyamizda belgilab berilgan tamoyillar asosiy omil bo`lib xizmat qilmoqda.
Yurtboshimiz takidlaganidek, “…bundan 15 yil oldin qabul qilingan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi deb nom olgan ta`lim sohasini isloh qilish dasturi mamlakatimizda yangi jamiyat qurishning bosqichma bosqich va tadrijiy rivojlanish prinsipiga asoslangan …”o`zbek modeli”-o`z taraqqiyot yo`limizning ajralmas tarkibiy qismidir”1
1997-2004-yillarda O`zbekiston ta`lim tizimida mutlaqo yangi bo`lgan o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarini qurish va ishga tushirishda e`tirofga loyiq bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.
Keyingi 2004-2009 yillarda esa mamlakatimiz tarixida umumta`lim maktablari, maktabgacha va maktabdan tashqari ta`lim muassasalarini rivojlantirish davri bo`ldi.
Mamlakatimiz Prezidentining 2011-yil 20-mayda imzolagan “Oliy ta`lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkam-lash va yuqori malakali mutuxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori bugungi kunda ushbu ta`lim muassasalarini yangi bosqichga ko`tarilishga xizmat qilmoqda.
Ushbu qaror bilan 2011-2016-yillarda Oliy ta`lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizasiyalash va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo`yicha dastur tasdiqlandi.
Yuqoridagi omillardan kelib chiqib, mazkur bitiruv malakaviy ish uchun “Mustaqil O`zbekistonda ta`lim tizimini takomillashuvining yo`nalishlari va natijalari” deb nomlangan mavzuni tanladik.
Mustaqillikkacha bo`lgan davrda yagona mafkura hukmronligi ostidagi ta`lim tizimi sharoitida yashadik, faoliyatimizni markazidan yuborilgna tavsiyalar asosida tashkil etdik. Amalda ta`lim bitta yo`nalishga kommunistik mafkurani mustahkamlashga xizmat qildi.
Dostları ilə paylaş: |