I.3 O`zbekistonda ta`lim sohasida moddiy-texnik bazaning shakllantirilishi.
1997 yilda ta`lim-tarbiya tizimidagi barcha islohotlarni belgilab beradigan ikkita muxim xujjat - «Ta`lim to`g`risida» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasining qonunlari qabul qilindi.
Kadrlar taiyorlash milliy dasturining asosiy maqsadi - ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma`naviy va axlokiy talablarga javob beradigan yukori malakali kadrlar taiyorlash milliy tizimi, kadrlar taiyorlash milliy modelini shakllantirishdan iborat. Milliy modelning asosiy tarkibiy qismlarini shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta`lim, fan va ishlab chiqarish tashkil qiladi.
2010 yilning mamlakatimizda «Barkamol avlod yili» deb e`lon qilinishi yoshlarni jismoniy, ma`naviy hamda intelektual jihatdan sog`lom qilib o`stirishga, ularga barcha shart-sharoitlarni yaratish, uzluksiz ta`lim tizimida islohotlarni yanada chuqurlashtirishga, real iqtisodiyotda va turli sohalarda ta`lim muassasalari tomonidan tayyorlanadigan mutaxassislarga bulgan talabni ta`minlashga qaratildi.
2009 yil 9 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti-ning «Barkamol avlod yili Davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo`yicha tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida» farmoyishi e`lon qilinib, unda barkamol yosh avlodni shakllantirishni ta`min-lash bo`yicha qabul qilingan davlat dasturlari hamda boshqa tadbirlar-ga muvofiq amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni davom ettirish bilan bir qatorda quyidagi ustuvor yo`nalishlar belgilab berildi. Xususan, o`sib kelayotgan avlodni o`qitish va tarbiyalash sohasida yaratilgan zamonaviy moddiy-texnik bazadan oqilona va samarali foydalanishni ta`minlash, zamon talablaridan kelib chiqqan holda, oliy va o`rta maxsus ta`lim tizimida real iqtisodiyot tarmoklari hamda sohalarida talab etilayotgan ta`lim va mutaxassisliklarning yo`nalishlarini qayta ko`rib chiqish hamda takomillashtirish, davlat ta`lim standartlarini, o`quv dasturlari va o`quv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish, o`quv jarayoniga yangi axborot-kommunikasiya va pedagogika texnologiyalarini, elektron darsliklar hamda multimediya vositalarini keng joriy etish hisobidan mamlakatimizdagi kasb-hunar kollejlari va litseylarida ta`lim berish sifatini tubdan yaxshilash, ta`lim muassasalarining o`quv-laboratoriya bazasini eng zamonaviy o`quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash, shuningdek, o`qituvchi va murabbiylarning mashaqqatli mehnatini moddiy hamda ma`naviy ragbatlantirishning samarali tizimini shakllanti-rish, litsey va kollejlarda zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, raqamli hamda keng formatli telekommunikasiya aloqa vositalari, internet tizimini tatbiq etish, o`zlashtirish va yanada rivojlantirish asosiy vazifalardan qilib belgilandi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda yoshlarni sport bilan shug`ullanishga jalb etish muhim o`rin egallaydi. Byudjet, homiylik va xayriya mablag`lari hisobidan moliyalashtiriladigan O`zbekiston Bolalar sportini rivojlan-tirish jamg`armasining tashkil etilgani aynan shundan dalolat beradi. O`tgan davr mobaynida ushbu fond mablag`lari hisobidan qariyb 1500 ta eng zamonaviy, barcha yoshlar foydalanishi mumkin bo`lgan bolalar sporti ob`ekti barpo etildi. Bugungi kunda mamlakatimizdagi deyarli har bir maktab, kollej va lisey ochiq sport maydonchalari qatorida zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlangan yopiq, sport zallari va suzish havzalariga egadir.
Yurtimizda uch bosqichdan iborat, har yili o`tkaziladigan, maktab o`quvchilari uchun alohida, kasb-xunar kolleji va akademik lisey o`quvchilari uchun alohida bellashuvlarni, oliy o`quv yurtlari talabalari uchun Universiadani o`z ichiga olgan yaxlit sport musobaqalari tizimi shakllangan. Bunday tizim yuz minglab farzandlarimizni, yigit va qizlarni ommaviy ravishda jismoniy soglomlashtirish va sport harakatiga jalb etish imkonini bermoqda.
Mutaxassislarni tayyorlash sifati va ularning real iqtisodiyotda talab etilishi masalalari bizning doimiy e`tiborimiz markazida bo`lib kelmoqda.
Dastur doirasida kollejlar, lisey va oliy o`quv yurtlari uchun o`qituvchilar va domlalar tarkibini tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini qayta tashkil etish, avvalo, o`quv-uslubiy bazani butunlay qayta ko`rib chiqish va zamonaviy talablarga javob beradigan yangi standartlar, darslik va o`quv-uslubiy qo`llanmalarni tasdiqlash buyicha keng miqyosdagi ishlar amalga oshirildi. Ta`lim sohasi xodimlari faoliyatini baholash va rag`batlantirish mezonlari tubdan o`zgartirildi.
Masalan, keyingi o`n yilda kasb-xunar kollejlari, lisey va oliy o`quv yurtlari o`qituvchilari ish haqining o`sish sur`atlari iqtisodiyotning real sohasidagi ish xaqi mikdoridan taxminan 1,5 barobar ko`p o`sdi.
Umuman, O`zbekistonda ta`lim sohasini rivojlantirish va isloh etishga yo`naltirilayotgan yillik harajatlar yalpi ichki mahsulotning 10-12 foizini tashkil etayotgani va bu tizimning Davlat byudjeti harajatlaridagi ulushi 35 foizdan ortikni tashkil etishi o`z-o`zidan mazkur sohaga qaratilayotgani ulkan e`tiborning yaqqol tasdig`i hisoblanadi.
Ta`limni rivojlantirishga yo`naltirilgan hajmining tobora ortib borayotganini alohida ta`kidlashni istardim. O`tgan davrda bu boradagi yordam 500 million dollardan oshib ketdi. Bu haqda gapirganda, birinchi navbatda Osiyo taraqqiyot bankining salkam 290 million dollar mablag`i, Janubiy Koreya hukumatining 110 milliondan ortiq Jahon bankining 33 million, OPYEK fondi, Saudiya fondi, Islom taraqqiyot bankining 42 million, Germaniya xukumatining «KfV» banki orkali yo`naltirilgan qariyb 20 million va boshqa donorlarning 100 million dollardan ortiq yordamini qayd etish lozim.
“Barkamol avlod yili” Davlat dasturini bajarish uchun barcha moliyaviy manbalar hisobidan deyarli 8 trillion sum va 165 million AQSh dollariga teng miqdordagi mablag` yo`naltarildi. Bu esa, o`z navbatida, mamlakatimizda har tomonlama munosib yoshlarni, Vatanimiz kelajagi uchun mas`uliyatni o`z zimmasiga olishga qodir bo`lgan, jismoniy va ma`naviy sog`lom, barkamol avlodni tarbiyalash uchun zarur barcha shart-sharoitlarni yaratish bo`yicha aniq maqsadga qaratilgan keng ko`lamli chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini tug`dirdi.
Respublikamizda uzluksiz ta`lim tizimi o`zining izchilligi bilan yosh avlodning yorkin kelajagini ta`minlashda ishonchli kafolat bulib qolmokda. Bu tizimda o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limining o`rni o`ziga xosdir, chunki bu tizim, avvalo yurtimizda yangi ijtimoiy muxitni shakllantirishga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, bu tizim respublikamiz mexnat bozoriga malakali mutaxassislarni etishtirib bermokda. Shu asoslarga kura, mamlakatimizda o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi uzluksiz ta`lim tizimidagi muxim va o`ziga xos ta`lim turlaridan biri sanaladi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 13 maydagi «O`zbekistan Respublikasida o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi-ni tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 204-sonli qarori asosida «O`zbekiston Respublikasida o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi to`g`risida»gi nizom tasdikdandi. Mazkur qaror bo`yicha akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Akademik litseylar oliy ta`lim muassasalari huzurida, ishlab turgan o`rta maxsus o`quv yurtlari, boshqa ta`lim muassasalari negizida va yangi kurilish xisobidan tashkil etildi. Kasb-hunar kollejlari esa ishlab turgan o`rta maxsus o`quv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari va ularga tenglashtirilgan ta`lim muassasalari negizida, shuningdek, yangi qurilish hisobidan tashkil etila boshlandi.
Bugungi kunda mamlakatimiz bo`yicha maktabgacha ta`lim muassasalari soni 6135 tani tashkil etib, ular bilan 508235 nafar (20,4 foiz) bola qamrab olindi.
Maktabgacha ta`lim tizimida noan`anaviy maktabgacha ta`lim muassasalar tarmog`i xam kengayib qisqa muddatli guruhlar soni 1536 tani, savodxonlik markazlari 977 tani, yakshanbalik maktablari 1249 tani tashkil etmoqda.
Yurtimizda 80 ta nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi faoliyat yuritib, ular bilan 3281 nafar bola qamrab olingan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni ijtimoiy himoyalash, ularga ta`lim-tarbiya berish bilan bir qatorda sog`liklarini tiklash uchun 194 ta maxsus turdagi maktabgacha ta`lim muassasasi faoliyat kursatmoqda.
Maktab ta`limini rivojlantirish umummilliy dasturi doirasida ta`lim muassasalaridagi jixozlangan fizika laboratoriya xonalari soni 6962 taga, Kimyo laboratoriya xonalari 6682 taga, biologiya xonalari 6682 taga oshdi.
2004-2009 yillarda 1607 ta maktab ichimlik suvi bilan ta`minlandi. 1163 ta maktab gazlashtirildi, 1607 ta maktab telefon aloqasiga, 1076 ta maktab esa markaziy va maktab hovlisiga moslashtirilgan kanalizasiya tarmog`iga ulandi.
2005-2009 yillarda umumta`lim maktablarini mebel, zamonaviy o`quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi va sport anjomlari bilan jihozlash uchun Maktab ta`limi jamg`armasi xisobidan jami 463,6 milliard so`m mablag` sarflandi.
O`quv fanlaridan 119 nomdagi, jumladan, 65 nomdagi elektron darsliklar, 26 nomdagi o`quv filmlarini hamda 28 nomdagi multimediya dasturiy vositalari yaratilib, o`quv jarayoniga tatbiq etildi.
2004-2009 yillar davomida Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki, OPYEK jamg`armasi, Saudiya taraqqiyot jamg`armasi kabi xalqaro moliyaviy institutlar va Xitoy Xalk Respublikasi hamda Koreya Respublikasi Eksimbanklari bilan olib borilgan samarali xamkorlik aloqalari natijasida umumiy miqdori
181,3 million AQSh dollariga teng bo`lgan jami 8 ta loyiha amalga oshirib kelinmoqda. Xalqaro fan olimpiadalarida maktab o`quvchilari tomonidan 149 ta medal qo`lga kiritildi. Ularning 6 tasi oltin, 14 tasi kumush va 60 tasi bronza medali hamda 69 tasi maxsus diplomlardir.
O`zbekistonda ta`lim etti tilda - O`zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, tojik, qirg`iz, turkman tillarida olib borilishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Har yili birinchi sinf o`quvchilariga Prezident sovg`alari - yangi darsliklar va 12 nomdagi o`quv qurollari taqdim etiladi, 2-9-sinflar esa o`quvchilarni darsliklar bilan ta`minlashning ijara tizimi orqali zarur o`quv qo`llanmalari bilan to`liq ta`minlanmoqda.
10825 nafar nogiron bolaning uy sharoitida ta`lim olishi uchun sharoit yaratilgan, ular darsliklar, o`quv anjomlari va kompyuterlar bilan ta`minlandi1.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari yuridik shaxs hisoblanadi, qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etiladi va «O`zbekiston Respublikasida o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi to`g`risida»gi nizom asosida faoliyat ko`rsatadi.
Kasb-hunar bo`yicha chuqurlashtirilgan, tabaqalashtirilgan ta`lim berish, o`quvchilarning intellektual rivojlanishini va ularning o`z qobiliyatlari, moyilliklariga muvofiq tanlagan kasb-hunar bo`yicha mutaxassisliklarni egallashini ta`minlash o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limining maqsadi hisoblanadi.
O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarida kunduzgi o`qish shaklida amalga oshiriladi.
O`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasalariga o`quvchilar qabul qilish umumiy o`rta ta`lim negizida maktablarning 9-sinfini bitiruvchilarning yakuniy davlat attestasiyasi va umumiy o`rta ta`lim-ni tugatishda ular tomonidan olingan reyting ko`rsatkichlari natija-lari bo`yicha, ularning akademik litsey va kasb-hunar kollejida o`qish yo`nalishini ixtiyoriy ravishda tanlashini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
2004-2009 yillar mobaynida o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida davlat byudjetidan 85 milliard sum miqdorida o`quv-laboratoriya jixozlari harid qilindi. Chet el investisiyalari xisobidan 137,1 million AQSh dollari miqdorida mebellar, o`quv-laboratoriya jixozlari, texnik vositalar hamda ko`rgazmali qurollar harid qilindi va o`rnatildi.
«O`quv-laboratoriya asbob-anjomlari, ta`limning texnik vosita-lari va o`quv-ko`rgazmali qo`llanmalar ishlab chiqarishni respublika korxonalarida max,alliylashtirish» dasturini bajarish bo`yicha 2004 yilda 34 ta korxona va tashkilotlar bilan 113 turdagi o`quv-labora-toriya jihozlarini ishlab chiqarish uchun 16,7 milliard so`mlik shartnomalar tuzilib, ta`lim muassasalari jihozlangan bo`lsa, 2009 yilda ushbu maqsadlar uchun 18,5 milliard so`m moliyalashtirildi.
2008 yilda o`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasaslarida aholiga pullik xizmat ko`rsatish natijasida 2142 million sum byudjetdan tashqari mablag` ishlab topildi. 2009 yilda bu ko`rsatkich 3511 million sumni tashkil kildi.
O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari bilan korxona va tashkilotlar hamkorligi, ishga qabul qilish shartnomalarini tuzish mexanizmi shakllantirilib, ular bilan 13338 ta sherikchilik shartnomasi imzolandi.
Mikrokreditbank tomonidan bitiruvchilarning tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash uchun kredit ajratish faoliyati tashkil etildi. Birgina 2009 yilda 923 nafar bitiruvchiga 962 million sum miqdorida mikrokredit mablag`lari ajratildi.
1536 ta axborot-resurs markaz va 330 axborot-resurs markazida 100 milliondanortik turli yo`nalish va tildagi o`quv adabiyotlari bulib, ular 3 million 654 ming axoliga va 1 million 627 ming o`quvchiga xizmat ko`rsatmokda.
O`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasalarining 25 nafar iqtidorli o`quvchi qizlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori bo`ldi.
Bugungi kunda 50 turdagi sport seksiyalarida shug`ullanuvchi o`quvchilar soni 498055 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 227027 nafarini qizlar tashkil etadi.
Ta`lim muassasalarining o`quvchilari 2008/2009 o`quv yili davomida bir qator Jahon va Osiyo chempionatlari hamda Xalqaro musobaqalarda ishtirok etib, 119 nafari jahon, 154 nafari Osiyo va 400 nafarga yaqini xalqaro musobaqalarning g`olibi bo`ldi1.
2010 yil 1 sentyabrgacha mamlakatimiz bo`yicha rejada belgilangan 43 ta kasb-hunar kollejidan 25 tasi va akademik litseylardan 2 tasi foydalanishga topshirildi, 1 8 ta kasb-hunar kolleji muddatidan kechiktirib foydalanishga topshirildi, akademik litseylar esa rejada belgilanganidek foydalanishga topshirildi.
2010/2011 o`quv yili uchun 595 ming 692 nafar 9-sinf bitiruvchisining 98,2 foizi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o`qish bilan qamrab olindi.
2011 yilda Davlat byudjeti barcha harajatlarining 59,5 foizi ijtimoiy maksadlar uchun yo`naltirilmoqda. Bu 2010 yilga qaraganda sezilarli darajada ko`pdir. Jumladan, ta`lim va sog`liqni saqlash sohasi uchun ana shu harajatlarning 48 foizi yoki 2010 yilga nisbatan 1 trillion 800 milliard so`m ko`p mablag` sarflanishi belgilandi
Mustaqillik yillarida Yurtboshimiz rahnomoligida Kadrlar tayyorlash milliy dasto`rining hayotga tatbiq etilishi, mazqur dasto`rning mantiqiy davomi bo`lgan Maktab ta`limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarimiz zamirida farzandlarimizni komil insonlar qilib tarbiyalash orqali yurtimiz taraqqiyotining mustaxkam poydevorini qo`yish, uning buyuk kelajagini bunyod etishdek ezgu maqsad yotadi.
Prezidentimizning 2004 yil 21 maydagi «2004-2009 yillarda Maktab ta`limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to`g`risida»gi 3431-sonli Farmoni hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2004 yil 9 iyuldagi «2004-2009 yillarda Maktab ta`limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasto`rini amalga oshirish to`g`risida»gi 321-sonli qarori qabul qilindi. Dasturda umumta`lim maktablari binolarini va muxandislik-kommunikasiya infratuzilmasini tubdan yangilash va kapital rekonstruksiya qilishga alohida e`tibor qaratilgan.
Mazqur qarorga asosan 2004-2009 yillarda 3 million 12 ming o`rinli 8500 ta maktabda qurilish-tiklash ishlari amalga oshirildi. Shu jumladan, 116640 o`quvchiga mo`ljallangan 351 ta yangi maktab binosi qurildi, 850951 o`quvchi o`rniga ega bo`lgan 2470 ta maktab binosi va muxandislik-kommunikasiya infratuzilmasi kapital rekonstruksiya qilindi, 2044582 o`quvchi o`rniga ega bo`lgan 3607 ta maktabning bino va inshootlari kapital va 2072 ta maktab joriy ta`mirdan chiqarildi.
2010 yilda ta`lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish doirasida 14 ta umumta`lim maktabi, 4 ta akademik litsey, 99 ta o`quvchi talabalar turar joyini, Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti, Termiz Davlat universiteti, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Samarkand filialining yangi o`quv binolarini qurish, Toshkent Moliya institutining o`quv korpusini qayta ta`mirlash ishlari davom ettirilmoqda. 2010-2011 yillar mobaynida yangi standartlarni ishlab chiqish, har bir umumta`lim maktabida, akademik litsey va kasb-hunar kollejida mahalliy tarmoqli zamonavii kompyuter sinfi jihozlanishi va faoliyat ko`rsatishiga erishish, har bir umumta`lim maktabini 41 nomdagi elektron darslik va o`quv filmlari, har bir maktabgacha muassasani o`yinli va bilish bilan bog`liq mo`ltimediya dasturlarini namoyish qilish uchun VUV proigrivatellari bilan ta`minlash, umumta`lim maktablarining kompyuter texnikasi va o`quv-laboratoriya jixozlari saqlanishini, ularga texnik xizmat ko`rsatilishini ta`minlash bo`yicha kompleks tadbirlar amalga oshirilmoqda.
2011 yilda Davlat byudjeti barcha xarajatlarining 60 foizi ijtimoiy maqsadlar uchun yo`naltirildi. Bu o`tgan yilga qaraganda sezilarli darajada ko`pdir. Jumladan, ta`lim va sog`liqdi saqlash sohasi uchun ana shu harajatlarning 48 foizi yoki 2010 yilga nisbatan 1 trillion 800 milliard so`m ko`p mablag` sarflandi.
Moliya vazirligi huzurida tashkil etilgan Ta`lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta`mirlash va jihozlash jamgarmasining 367 milliard so`m miqdoridagi mablag`i hisobidan 2011 yilda 336 ta ta`lim muassasasini, 65 ta bolalar musiqa va san`at maktabini rekonstruksiya qilish va kapital ta`mirlash, qariyb 1500 ta kompyuter sinfini tashkil qilishni ta`minlash, shuningdek, 118 ta sport zalini qurish va jihozlash ko`zda tutildi. Bundan tashqari, Koreya Eksimbankining 30 million dollar miqdoridagi krediti hisobidan umumta`lim maktablarida qo`shimcha ravishda 1,5 mingta kompyuter sinfi jihozlash rejalashtirildi.
Taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida ta`lim sohalari oldida yangidan-yangi murakkab vazifalar paydo bo`lmoqdaki, ularni talab darajasida hal etish uchun ushbu sohalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash talab etilmoqda. Ana shu talabni chuqur anglagan holda, davlatimiz ushbu sohalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalasiga ustuvor yo`nalishlardan biri sifatida qarab, bu borada keng ko`lamli ishlarni amalga oshirmoqda.
Bir so`z bilan aytganda, bugun mamlakatimizda ta`lim-tarbiya sohasidagi islohotlar yuqori bosqichga chiqdi. Bu biz yoshlarni bilimli va yuksak ma`naviyatli insonlar qilib tarbiyalash yo`lida olib borilayotgan keng ko`lamli ishlarning amaliy samarasidir.
Dostları ilə paylaş: |