Мустақил Ўзбекистонда таълим тизимининг такомиллашувининг йўналишлари ва натижалари


II.3. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yayanada takomillashtirilishi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə11/13
tarix16.05.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#58188
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
O`zbekistonda ta

II.3. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yayanada takomillashtirilishi.

O`zbekiston Respublikasining Ta`lim to`g`risida"gi Qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ni hayotga tatbik bo`yicha vazirlik tizimssagi xalq ta`­limi rahbar va pedagog xodimlar malaka­sini oshirish sifatini yaxshilash borasida ma`lum ishlar amalga oshirildi. Mak­tab ta`limini rivojlantirish Davlat umum-milliy dasturi talablaridan biri sifatida malaka oshirishning samarali tizimini yaratish zarurligi qayd etilgani bu yo`nalishga alohida e`tibor qaratilishini talab etadi.

Xalq ta`limi rahbar va peda­gog xodimlari malakasini oshirishning mazmuni, shakl va usullari, har bir pedagogning kasbiy o`sishi, shu bilan birga ta`­lim muassasasining rivojlanish ehtiyojlarini yanada to`laroq qondirishga yo`naltirilgan. Bu ishlar tinglovchilar kasbiy faoliyati darajasining diagnostik taxlili natijalariga muvofiq belgilanadigan maqsadlarga asoslangan malaka oshirish tizimini shakllantirishga qaratilgan. Ushbu vazifalar Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevraldagi "Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida"gi 25-sonli qarori hamda uning ijro-siga doir vazirlikning buyruqlariga muvofiq hal etib borilmoqda.1

Jumladan 2009 yili Xalq ta`limi vazirligi tomonidan "Pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qo`yilgan davlat talablari"ning mutaxassislik va fanlar bo`yicha qayta takomillashtirilgan varianti tasdiqlandi. Ushbu davlat talablariga muvofiq xalq ta`limi rahbar va pedagog xodimlari malakasini oshirish kurslarining barcha toifa tinglovchilari uchun o`quv-mavzu reja, dasturlar qayta ishlandi hamda yangi o`quv yilidan boshlab amaliyotda qo`llanila boshlandi. Unda rahbar xodimlar ma­lakasini oshirish kurslarining mazmuni takomilpashtirilib, o`quv-mavzu rejalarga boshqaruv psixologiyasi, muloqot madaniyati, ta`lim muassasalarini boshqarishning iqtisodiy masalalari bo`limlari yangidan kiritildi. Bu mashg`ulotlarda tinglovchilar boshqaruv faoliyati asoslarini hamda ta`­lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berilgani munosabati bilan shu sohadagi zarur bilimlarni egallashlari nazarda tutildi.

O`qituvchilarning ta`lim muassasalari­ga etkazib berilgan o`quv-laboratoriya asbob-uskunalari va kompyuter sinflaridan samarali foydalanishlariga erishish hozirda dolzarb masala bo`lib qolmoqda. Shu maqsadda malaka oshirish kurslarida zarur bilimlar berish bilan birga joylarga chiqib, o`qituvchi-murabbiylarga amaliy yordam uyushtirilmoqda. Chunonchi, markaziy institutning bir guruh xodimlari hududiy PKQTMOIlar va ularning tayanch maktablarida fizika, kimyo, biologiya, informatika va chet tili o`qituvchilariga o`quv-laborato­riya asbob-uskunalari va kompyuter sinf­laridan o`quv jarayonida samarali foydalanish yuzasidan maxsus o`quv mashg`ulotlarini o`tkazmokda. Ushbu fanlar bo`yicha ma­laka oshirish tizimi uchun laboratoriya ishlari to`plamlari tayyorlandi va amaliyotda qo`llanilayapti. Natijada, joylarda peda­gog kadrlarning o`quv-laboratoriya asbob-us­kunalari va kompyuter sinflaridan dars jarayonida samarali foydalanish imkoni-yati kengayyapti.

Ma`lumki, ta`lim muassasalarini o`quv fanlari bo`yicha etuk mutaxassis kadrlar bilan to`liq ta`minlash uchun o`qituvchilarni tegishli mutaxassislik bo`yicha qayta tay­yorlash muhim ahamiyatga ega. Shuni inobatga olib, hozirgi kunda institutida qayta tayyorlash kurslari bo`yicha ham tasdiqlangan tayanch o`quv rejalarga muvofiq ravishda davlat talablari, o`quv-mavzu reja, o`quv dasturlarini tayyorlash ishlari yakuniga etkazildi. Bunda barcha hududlarda qayta tayyorlash kurslarini yagona talablarga muvofiq tashkil etish ta`minlanadi. Bu kabi yangiliklar pedagog kadrlarni ildam qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, raqobatbardosh kadrlarni qo`llab-quvvatlash imkonini beradi.

“Pedagoglarni qayta tayyorlash va ma­lakasini oshirishga qo`yilgan davlat talablari”da uzluksiz ta`limning tegishli turdagi ta`lim muassasalari buyurtmachi sifatida ish ko`rishi belgilangan. Ushbu mu-assasalar rahbarlari o`quv-tarbiya jarayoni sifatining ichki nazoratini va taxlilini amalga oshirish, reyting tizimi bo`yicha har bir pedagog kasb faoliyatining monitoringini olib borish va baholashni tashkil etishlari kerak.

Natijada, qayta tayyorlash yoki malaka oshirishga ehtiyoj sezadigan o`qituvchilar kontengenti belgilanadi. Pedagog kadrlarning kasb malakasi darajasini o`rganish asosida ular tabaqalashtiriladi, qayta tayyorlash yoki malaka oshirishning tegishli turlari va shakllari belgilanadi, pedagoglarni maqsadli qayta tay­yorlash va malakasini oshirishni tashkil etishning yakka tartibdagi topshiriqlari yoki aniq yo`naltirilgan dasturlari tuziladi. Malaka oshirishning an`anaviy shakllari bilan birga tinglovchilarning alohida ehtiyojlarini yanada to`laroq qondirishga xizmat qiluvchi mavzularni o`rganish yuzasidan maqsadli, muammoli, mualliflik, ilg`or pedagogik va axborot-kommunikasion texnologiyalarni o`rganish o`quv kurslari ham tashkil qilindi.1

Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimini yanada rivojlan-tirish maqsadida xorijiy-investisiyalarni kiritish ishlari olib borilmoqda. Ushbu maqsadda Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkor-likdagi Ta`lim sektorini rivojlantirish dasturi" loyihasi doirasida A.Avloniy nomidagi XTXQTMOMI, 14 ta hududiy mala­ka oshirish institutlari va 70 ta (har bir viloyatda 5 tadan) tayanch maktablari qoshida masofadan o`qitishning ta`lim-resurs markazlari tashkil qilindi. Mazkur resurs-markazlari kimyo, fizika, biologiya laboratoriyalari asbob-uskunalari va jihozlari kompyuter sinf xonalari, maxsus mebellar va nusxa ko`paytirish texnikasi bi­lan jihozlandi. Ulardan amaliyotda sama­rali foydalanish yuzasidan Xalq ta`limi vazirligining 2009 yil 3 avgustdagi "Xalq ta`limi vazirligi tasarrufidagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshi­rishni tashkil etish haqida"gi 202-sonli buyrug`i qabul qilindi. Hozirgi kunga kadar 11ta fan bo`yicha masofadan o`qitishga doir o`quv materiallari Internetdagi "Moodle" nomli o`qitishning boshqaruv tizimiga joylashtirildi. 2010 yil yanvar oyidan Buxoro, Samarqand, Farg`ona viloyatlari va Toshkent shaxrida o`qituvchilarni masofadan o`qitish ishlari boshlandi. Markaziy institut tomonidan ushbu ishlarni tashkil etuvchi hududiy PKQTMOIlari o`qituvchilari uchun doimiy ravishda o`quv seminarlar tashkil etilib, metodik qo`llanmalar va tavsiyalar etkazib berildi.

Maxsus ta`lim muassasalari­da faoliyat olib borayotgan rahbar va pedagog xodimlar malakasini oshirish kurslarini tashkil etishda defektologiyaning surdopedagogika, tiflopedago­gika, oligofrenopeda-gogika, logopediya yo`nalishlari bo`yicha o`ziga xos mazmun va metodlar qo`llaniladi. Ularda tinglovchilarga tegishli yo`nalishlar bo`yicha korreksion ishlarni hozirgi zamon talablari da­rajasida olib borish yuzasidan yangi bilimlar berish, amaliy ish ko`nikma va malakalarini yanada mustahkamlash nazarda tutiladi.

Hozirgi kunda respublikamizda inklyu­ziv ta`limga o`tishga tayyorgarlik ishlari olib borilmokda. Inklyuziv ta`limga o`tish uchun imkoniyati cheklangan bolalarni umum-ta`lim maktablarida o`qitishni tashkil etish yuzasidan shu maktab o`qituvchilari maxsus ta`lim sohasidagi nazariy bilimlarni hamda amaliy ish metodlarini egallagan bo`lishlari lozim.

Shu munosabat bilan har bir umumta`lim muassasasida faoliyat olib borayotgan kamida ikki nafardan boshlang`ich, bir nafardan gumanitar va bir nafardan aniq fan o`qituvchilarini maxsus ta`lim yo`nalishida qayta tayerlovdan o`tkazish ishlari boshlandi.

Shu bilan birga uyda yakka tartibda nogironlikning og`ir holatlaridagi bolalarga ta`lim berishni takomillashtirish, buning uchun birinchi navbatda uydagi ta`limni amalga oshiruvchi o`qituvchilarning har bir kasallik turiga muvofiq sifatli fao­liyat olib borishlarini ta`minlash maqsadida ularga tegishli maxsus bilimlarni, amaliy ish shakl va usullarini o`rgatish ishlari malaka oshirish kurslarida amalga oshirilmoqda.

2009 yildan boshlab institutda "Hududiy-malaka oshirish institutlari faoliyatini va metodik ishlarni muvofiqlashtirish" bo`limi tashkil etildi. Muvofiqlashtirish ishlarining samarador-ligini yanada oshirish maqsadida Xalq ta`limi vazirligi tomonidan "Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituglarining etakchi kafedralari to`g`risida" Nizom ham tasdiqlandi. Xalq; ta`li­mi tizimida faoliyat ko`rsatayotgan hududiy PKQTMOIlar tarkibidagi kafedralar orasidan ma`lum o`quv fani bo`yicha reyting ko`rsatkichi eng yuqori bo`lgan kafedra hududiy PKQTMOIlarning shu fan bo`yicha fyooliyatini muvofiqlashtiruvchi etakchi kafed­ra, deb belgilanadi. YEtakchi kafedraning maqsadi tegishli o`quv fani bo`yicha pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun zarur bo`lgan ilmiy, metodik va amaliy ishlarning hozirgi zamon talablari darajasida olib borilishini ta`minlash yuzasidan hududiy PKQTMOIlardagi turdosh kafedralarning faoliyatini muvofiqlashtirish hamda markaziy insti­tut bilan ularning o`zaro hamkorlik ishlarini tashkil etishdan iboratdir.1

“Ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligi o`quv yili”ning chora-tadbirlar rejasi asosida institut tinglovchilari uchun davra suxbatlari, ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar doimiy ravishda o`tkazib kelindi. Shuningdek, joriy yilda Xalq ta`limi vazirligining 263-sonli buyrug`i asosida hududlardagi umumta`pim maktablari, mex,-ribonlik uylari, maxsus maktablarning ma`­naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarlari uchun "Aqlga bilim — qalbga ma`naviyat" mavzusidagi doimiy harakatdagi Respublika seminari o`quv yili davomida o`tkazib borilayotir. Bunday seminarlar Toshkent shaxri, Jizzax, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog`iston Respubli-kasida o`tkazildi. Tinglovchilarning ushbu o`quv yili mazmun mohiyatini yanada chuqurroq anglashlari uchun professor-o`qituvchilarning ma`ruza matnlari mazmuni ham takomillashtirildi va mashg`ulotlar noan`anaviy usullarda o`tilyapti. Eng asosiysi, ta`lim muassasalari rahbarlariga pedagogik, psixologik, ixtisoslik fani va uni o`qitish metodikasi hamda yuqorida aytib o`tilgan yo`nalishlarda kasbiy ishlari uchun zarur tavsiyalar berildi.

Yurtboshimiz «Yuqori malakali, zamonaviy bilimlarga ega bo`lgan, hozirgi kun talablari asosida fikrlay oladigan etuk kadrlarni tayyorlash ham ijtimoiy-siyosiy, ham iqtisodiy muammolarimizni hal etishning kaliti xisoblanadi», degan edi.

Shunday qilib, Kadrlar tayyorlash Milliy dastur doirasida kollejlar, litsey va oliy o`quv yurtlari uchun o`qituvchilar va domlalar tarkibini tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini qayta tashkil etish, avvalo, o`quv-uslubiy bazani butunlay qayta ko`rib chiqish va zamonaviy talablarga javob beradigan yangi standartlar, darslik va o`quv-uslubiy qo`llanmalarni tasdiqlash bo`yicha keng miqyosdagi ishlar amalga oshirildi.


Xulosa

Mustaqillik yillarida O`zbekistonning ta`lim tizimidagi islohotlar jarayonini o`rganish asnosida quyidagi xulosalarga kelindi:

-O`zbekistonda istiqlol yillarida yoshlarning ta`lim-tarbiyasi dalat siyosati darajasiga ko`tarildi, shu maqsadda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va maktab ta`limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi qabul qilinib, O`zbekistonda ta`lim-tarbiya ishini yuqori xalqaro andozalarda tashkil etishga kirishildi.

-O`tgan qisqa davrda ta`lim mazmunini isloh qilishga juda katta e`tibor qaratildi: yangi o`quv rejalari va fan dasturlari ishlab chiqildi, ularni takomillashtirish jarayonlari davom etmoqda, yangi elektron darsliklar, o`quv adabiyotlarining yangi avlodi yaratilmoqda.

-Bugun barkamol yangi avlodni tarbiyalash kundalik siyosatimizning ustuvor yo`nalishiga aylandi. Ta`lim samaradorligini va sifatini oshirish, uning mazmunini takomillashtirish ko`lami kengayib bormoqda.

-Qashqadaryo viloyatida 137 ta o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassalari faoliyat yuritmoqda, ularning 7 tasi akademik litseylardir. Viloyatdagi 44 ta ta`lim muassasasi Yaponiya, Polsha, Germaniya, Osiyo taraqqiyoti banki, Koreya hukumati loyihasi asosida zamonaviy o`quv- laboratoriya vositalari bilan jihozlandi.

-Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi mamlakatimizda yangi jamiyat qurishning bosqichma-bosqich va tadrijiy rivojlanish prinsipiga asoslangan iqtisodiy va siyosiy islohotlarning ajralmas tarkibiy qismiga aylandi.

-O`zbekiston Milliy universiteti va Fanlar akademiyasi tomonidan Buyuk Britaniyaning etakchi oliy o`quv yurti Kembrij universiteti bilan hamkorlikda joriy yilda yuksak texnologiyalar o`quv tajriba markazi tashkil etilmoqda.

-Yalpi ichki mahsulotning 12 foizi O`zbekiston ta`lim sohasini rivojlantirish va isloh etishga yo`naltirilgan.

-Muhtaram Prezidentimiz 2011 yil 30noyabrda Qashqadaryo viloyatiga qilgan safarida quyidagilarni ta`kidladi: “O`tgan o`quv yilida viloyatdagi kollejlarni bitirgan yoshlarning 96 foizi ishga joylashtirilganligi e`tiborga loyiq albatta. Ammo 1 ming 516 nafar yosh bitiruvchi ish bilan ta`minlanmasdan qolgani joylarda hali beri biz uchun o`ta muhim bo`lgan bu masalaga etarlicha ahamiyat qaratimayotgayotganidan dalolat bermoqda”1.

Shuning uchun o`quv yurti — buyurtmachi — iste`molchi — mahalliy xokimiyat organlari, mutaxassisning faol, amaliy xamkorligi va ushbu jarayonda ishtirok etuvchi sub`ektlarning vakolatlarini belgilash va uning bajari-lishini qatiy nazorat qilish orqali tayyorlanayotgan kadrlardan maq-sadli foydalanish mexanizmi to`laqonli yaratilsa maqsadga muvofiq bulardi.


Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin