II.2. Oliy ta`lim tizimida kadrlar tayyorlash sifatining oshirilishi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq butun mamlakat miqyosida ta`lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o`rgatish tizimlarini jaxrnning ilg`or davlatlari tajribasiga tayangan holda tubdan yangilashga ehtiyoj sezilib, davlat ahamiyatiga molik ilohotlar birinchi o`rinda ta`lim tizimidan boshlandi, O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risidagi qonun»i, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ishlab chiqildi. Ta`lim-tarbiya sohasi oldiga intellektual salohiyati keng, ongi etuk, ijodiy tafakkur sohiblarini tayyorlash talabi qo`yildi.
Prezident Islom Karimov O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 17 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimda so`zlagan ma`ruzasida "...yurtimizning ertangi rivoji yo`lida qanday chuqur o`ylangan dasturlarni tuzmaylik, bu rejalarni bajarish uchun qanday moddiy baza va imkoniyatlarni yaratmaylik, buning uchun qancha ko`p sarmoya safarbar etmaylik, ularning barchasini amalga oshiradigan, ruyobga chiqaradigan qudratli bir omil borki, u ham bo`lsa, yuqori malakali ish kuchi va yurtimizning ertangi kuni, taraqqiyoti uchun mas`uliyatni o`z zimmasiga olishga qodir bo`lgan etuk mutaxassis yoshlarimiz, desak, uylaymanki, xech qanday xato bo`lmaydi", deya ta`kidladilar. Birgina 2011 yilda davlat byudjetining 50 foizdan ko`prog`i mamlakatimizda ta`lim-tarbiya va sog`liqni saqlash sohalarini rivojlantirishga yo`naltirilganligining o`ziyoq davlati-miz rahbarining etuk kadrlar tayyorlash masalasiga nechog`li e`tibor qaratayotganlarini isbotlaydi. Bu e`tibor har bir ta`lim muassasasi jamoasi zimmasiga katta mas`uliyat yuklaydi.
Xususan, Qarshi davlat universitetida davlatimiz tomonidan qo`yilgan sharafli, mas`uliyatli vazifalarni to`laqonli bajarish borasida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.1
Universitetda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining yakuniy — sifat bosqichida ta`lim sifati va samaradorligini oshirish, o`quv jarayoniga jahonning ilgor davlatlarida amalda bo`lgan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni kengjoriy etish, o`quv-uslubiy ta`minotni mustahkamlash, fanlar bo`yicha o`quv-metodik majmualar bazasini yaratish, Axborot-resurs markazi (ARM) faoliyatini yo`lga qo`yish, auditoriyalarni moddiy-texnik vositalar bilan jihozlash, talabalar yotoqxonasini zamonaviylashtirish, iqtidorli talabalarni saralash, ular bilan maqsadpi ishlash, jamoada sog`lom muxitni qaror toptirish, professor-o`qituvchilarni moddiy, ma`naviy qo`llab-quvvatlash yo`nalishlarida ahamiyatga ega bo`lgan ijobiy ishlar amalga oshirildi. 2009 o`quv yilidan kafedralarda tayyor-lanayotgan kadrlar sifatini nazorat qo`shish maqsadida "Bitiruv-malakaviy ishi taqdimotlari"ni o`tkazish yo`lga qo`yildi. Har bir bitiruvchi maxsus komissiya tomonidan sinovdan o`tkazilib, tayyorlangan malakaviy ish, bakalavriat bosqichida o`qitilgan asosiy mutaxassislik fanlari, "Milliy istiqlol g`oyasi" fani, Prezident Islom Karimovning kunning dolzarb masalalariga bag`ishlangan asarlari yuzasidan egallangan bilimlari darajasi aniqlandi.1
Ana shu sa`y-harakatlardan so`ng muassasada tayyorlanayotgan bitiruv-malakaviy ishlari sifat jihatidan yuksaldi. Nafaqat bitiruvchi, balki ilmiy rahbarda nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo`lgan maktab, ishlab chiqarish, mintaqaviy ekologik muammolar, dolzarb iqtisodiy-ijtimoiy masalalarga bag`ishlangan mavzularni tanlash, ishni sifatli, oliy ta`lim muassasasi tomonidan qo`yilayotgan talablar darajasida tayyorlash va uni muvaffakqiyatli himoya qilishga bo`lgan mas`uliyat ortdi. Malakaviy ish ximoyasi maxsus elektron vositalar bilan jihozlangan xonalarda taqdimot shaklida tashkil qilindi. Albatta, etuk mutaxassis kadr tayyorlash uchun harakat talabalikning dastlabki kunlaridan boshlanishi kerak. Shu bois, universitet rahbarining tashabbusi bilan 2009 o`quv yili boshida talabalarni 1-kursligida saralab, ular bilan maqsadli ishlash yo`lga qo`yildi. Bunga ko`ra, talabalar sinov asosida uch guruh— "alohida iqtidorlilar", "o`rtacha bilimlilar" va "past o`zlashtiruvchilar" sirasiga ajratildi. Har bir guruh bilan maxsus reja asosida qo`shimcha mashg`ulotlar olib borildi. Har olti oyda sinov o`tkazilib, imtihon natijalariga ko`ra tegishli ravishda talaba bir guruxdan ikkinchi guruxga ko`chirib borildi. Saralangan bilimli, yuksak xulqli, tirishqoq, talabalar bilan maqsadli rejalar asosida ishlanib; chet tili, kompyuter texnologiyalari, mutaxassislik fanlaridan qo`shimcha darslar tashkil qilindi elita guruxlar shakllantirildi. Ulardan respublika va xalqaro olimpiadalar, universiada goliblari, Prezident stipen-diyasi va boshka nomdor stipendiya sohiblari, turli tanlov ishtirokchilari tayyorlab boriliyapti. Ayni paytda o`quv dargohida birinchi guruxga mansub 212 nafar iqtidorli talaba ilmiy rahbarlarga biriktirilib, nomzodlik dissertasiyasi negizida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bori shayapti.
2009 o`quv yili yakunida o`tkazilgan universitet iqtidorli talabalarining an`anaviy ilmiy-nazariy anjumanida faol yigit-qizlarningkizgin baxs-munozaraga boy ma`ruzalari tinglandi. Bir o`quv yili davomida muntazam “past o`zlashtiruvchilar” sirasida qolgan, o`quv rejasidagi fanlarni yaxshi uzlashtirmagan talabalarni 1-kurs yakunidayok. maxsus komissiya tavsiyasiga ko`ra universitet rektorining buyrug`i bilan talabalar safidan chetlashtirish taklifi kiritildi. Bu esa talabada tezlik bilan oxirgi guruxdan chiqib ketishga intilish o`z ustida ishlash mas`uliyatini oshirdi.1
2010 yil Prezidentimiz tomonidan "Barkamol avlod yili" deb nomlanib, maxsus dasturi ishlab chiqildi. Respublikada ta`limni sifat jihatidan yuqori bosqichga ko`tarish maqsadida katta hajmli ishlar bajarildi. Ana shu imkoniyatdan o`rinli foydalanib, talaba-yoshlarning o`qishi, ilmiy izlanishi, mustaqil ishlashi, madaniy hordiq chiqarishi uchun sharoitlarni yanada yaxshilash, universitet tarkibiy tuzilmasini zamonaviylashtirish maqsadida muassasa rahbariyati tinimsiz izlanishlar olib bormoqda. "Barkamol avlod yili" davlat dasturi doirasida universitetda 2,5 mlrd. so`mlik ta`mirlash, qayta rekonstuksiya qilish ishlari rejalashtirilgan.
Qarshi davlat universitetida ta`lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan, ko`lami va mohiyatiga ko`ra ulkan ishlar Prezidenti-mizning kuchli demokratik davlat, adolatli fuqarolik jamiyati qurishdek ezgu maqsadlariga erishish yo`lida xizmat qiladi.
Ta`lim yo`lida olib borilayotgan har bir sa`y-harakat va barcha islohotlar yosh avlodni barkamol, ma`rifatli insonlar qilib tarbiyalash maqsadida amapga oshirilmokda va bu harakatlar o`z natijasini bermoqda. Ta`lim jarayonini isloh etish va mehnat bozorida talab qilinadigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashda oliy o`quv yurtlari muhim o`rin egallamokda. O`tgan davr mobaynida ularning soni ikki barobar ortdi va bugungi kunda mamlakatimizdagi 59 ta universitet va oliy o`quv yurtida 230 mingdan ziyod talaba ta`lim olmoqda.1
O`zbekistonda Vestminster universiteti, Singapur menej-mentni rivojlantirish instituti, Turin politexnika universiteti, Rossiya neft va gaz universiteti, Moskva davlat universiteti, Rossiya iqtisodiyot universiteti kabi yuksak xalqaro obru-e`tibor va chuqur tarixiy ildizlarga ega bo`lgan YEvropa va Osiyoning etakchi oliy o`quv yurtlarining filiallari tashkil etildi va muvaffaqiyatli faoliyat ko`rsatmokda. Ushbu oliy o`quv yurtlarida mashinasozlik, neft-gaz ishi, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot va biznes boshqaruvi, moliyaviy menejment, tijorat xuquqi kabi mehnat bozorida talab yuqori bo`lgan mutaxassisliklar bo`yicha bakalavr va magistrlar tayyorlanmok,da va ularning bitiruvchilari butun dunyoda tan olindigan diplomlarga ega bulmoqda
O`zbekiston Milliy universiteti va Fanlar akademiyasi tomonidan Buyuk Britaniyaning etakchi oliy o`quv yurti — Kembrij universiteti bilan hamkorlikda 2012 yilda Yuksak texnologiyalar o`quv-tajriba markazi tashkil etilmokda. Markazning asosiy vazifasi — iqtidorli talabalar, aspirant va yosh olimlarni kimyo, fizika, biologiya, biokimyo, biofizika, geologiya va geodeziya soxalarida amaliy innovasion ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda ilmiy ishlanmalarni amalga oshirishning zamonaviy metodlariga o`rgatishdan iborat2
SHunday qilib, O`zbekiston tarixiy mezonlarga ko`ra qisqa muddat bo`lgan 15-20 yil davomida bizning bosh maqsadimiz — dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish va mamlakatimiz aholisi uchun munosib hayot sharoiti va sifatini yaratish yo`lida g`oyat ulkan qadam qo`ydi.
Dostları ilə paylaş: |