Мустақил Ўзбекистонда таълим тизимининг такомиллашувининг йўналишлари ва натижалари


II-bob Mustaqil O`zbekistonda ta`lim tizimini takomillashuvining natijalari



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə9/13
tarix16.05.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#58188
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
O`zbekistonda ta

II-bob Mustaqil O`zbekistonda ta`lim tizimini takomillashuvining natijalari.

II.1. O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tizimining tubdan yangilanishi

Hozirgi kunda Respublikamiz o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tizimida 1 mln. 108 mingdan ortiq o`quvchiga mo`ljallangan yangi qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan 1536 ta`lim muassasasi, jumladan, 1394 kasb-hunar kolleji va 142 akademik litsey faoliyat ko`rsatmoqda. Ularda jami 1 mln. 629 ming nafardan ortiq o`quvchi ta`lim-tarbiya olmoqda. Ta`lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun davlat byudjetidan 99,5 mlrd. sum, xorijiy investisiyalar hisobidan 208,2 mln. AQSh dollari sarflanib, eng zamonaviy jihozlar xarid qilin­di va ulardan ta`lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchilar sama­rali foydalanmoqda. Mustaqillik yillarida ular uchun 17,6 mlrd. so`mlik, tiraji 6,5 mln. nusxadan ortiq bo`lgan 1254 nomdagi darslik va o`quv qo`llanmalar, 131 nomdagi elektron darsliklarning yangi avlodi tayyorlandi va nashr kilindi.

O`MKXT tizimida 1508 ta ax­borot-resurs markazlari va 330 axborot-resurs markazlari filiallari tashkil etilgan. Nashrdan chiqqan 307 nomdagi darsliklar va o`quv qo`llanmalarning elektron shakllari axborot-re­surs markazlaridagi kompyuterlarga joylashti-rilgan.

Tizimda 107760 nafar peda­gog kadrlar mehnat qilmoqda. Ular orasida 100 nafar fan doktori va 1085 nafar fan nomzodlari mavjud.

2010-2011 o`quv yilida akade­mik litsey va kasb-hunar kollej­larida dars berish uchun 5890 nafar pedagog kadrlar ishga qabul qilindi.

Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining 11890 na­fardan ortiq pedagog kadrlari O`MKHT tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutida hamda soha yo`nalishlaoi bo`yicha.ochilgan 45ta malaka oshirish muassasalarida malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslaridan o`tdi.

Bundan tashqari, Germaniya, Fransiya, Daniya, Gollandiya, Italiya, Isroil, Bolgariya, Avst­raliya, AQSh, Yaponiya, Hindiston va Koreya davlatlari hamda YuNYESKO tashkiloti bilan hamkorlikda 1421 nafar pedagog kadrlar xorijiy xizmat safarlarida, turli anjuman, tadbir-larda bo`lib, malaka oshirish ko`rslarida ishtirok etdi hamda tajriba almashdi.

Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 1 avgustdagi "O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to`lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to`g`risida"-gi 165-sonli qaroriga muvofiq akademik litsey va kasb-hunar kollejlari pedagog xodimlarining mehnatiga haq to`lash tizimi takomillashtirildi.1 Tizimda faoliyat ko`rsatib, yukrri mahoratga ega bo`lgan va o`quv-tarbiya jarayoni sifatini oshirishga hissa qo`shayotgan o`qituvchi va ishlab chiqarish ta`limi ustalarining bazaviy tarif stavkalariga oylik ustamalar belgilandi. 2008 — 2010 yillar davomida akademik litsey va kasb-hunar kollejlari pedagog xodimlarining ish haqi 2,26 baravarga oshirildi.

Shu bilan birga, bu xaqda so`z yuritar ekanmiz, yana bir jihatni nazarda tutishimiz lozim. Ya`ni bizni mamlaka-timizda amalga oshirilayotgan Dastur — bu boshqa modellarni kandaydir takrorlash yoki ulardan nusxa ko`chirish emas, aksincha, birinchi navbatda, rivojlangan demokratik davlat-larda tuplangan tajribani o`zida mujassam etgan va ayni paytda shiddat bilan o`zgarib borayotgan hozirgi zamon talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan dasturdir.

Kasb-xunar kollejlari va akademik liseylarni 2 million 300 mingdan ziyod o`g`il-kizlarimiz bitirib chiqqani, joriy yilda esa 500 mingdan ortiq o`quvchi o`rta toifadagi mutaxassis diplomini olib, o`qishni tamomlashini aytib o`tish kifoya, deb o`ylayman. Bu yoshlar nafaqat iqtisodiyotni moder­nizasiya va diversifikasiya qilishning, ayni vaqtda mamlakatimiz kadrlar tarkibini sifat jihatidan yangilashning qudratli omili hisoblanadi.

Nufuzli xalqaro moliyaviy tashkilotlarning baholariga ko`ra, O`zbekistan hali-beri davom etayotgan global moliyaviy-iqtisodiy inqirozga qaramasdan, o`tgan besh yil davomida 8,5 foizdan kam bo`lmagan barqaror yuqori iqtisosiy o`sish sur`atlarini saqlab qolmokda. 2000 yil bilan solishtirganda, yalpi ichki maxsulotning ko`payishi 2,1 barobarni tashkil etdi. Joriy hisob-kitoblarning profisiti, tashqi qarzning pastligi va valyuta zaxiralarining etarli darajada bo`lishi ta`minlanmoqda, o`rta muddatli istiqbolda iqtisodiyotning yuqori sur`atlarda o`sishi bashorat qilinmokda.

Shuni qayd etish lozimki, bunday sur`atlar, birinchi navbatda, tarkibiy o`zgarishlar va iqtisodiyotni diver­sifikasiya kilishni chuqurlashtirish, yuksak texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarini jadal rivojlantirish, faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarni modernizasiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish, xorijiy investisiyalarni keng jalb etish hisobidan ta`min­lanmokda.

Agar o`tgan un yil davomi­da O`zbekiston iqtisodiyotiga 80 milliard dollar xajmidagi kapital kuyilmalar yo`naltirilgan bo`lsa, ularning 23 milliard dollardan ziyodi yoki 30 foizini xori­jii investisiyalar tashkil etdi. Chet el investisiyalarining 2012 yildagi o`sishi 16 foizni tashkil etishi, ularning 70 foizi to`g`ridan-to`g`gri xorijii investisiyalardan iborat bo`lishi kutilmoqda. Bu esa, o`z-o`zidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga xo­rijiy kapitalning qiziqishi va eng muhimi, O`zbekistonning tarqqiyot istiqbollariga bo`lgan ishonchning tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.

Yuqorida bayon qilingan fikrlarni yakunlagan holda O`zbekiston tarixiy mezonlarga ko`ra qisqa muddat bo`lgan 15-20 yil davomida bizning bosh maqsadimiz — dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish va mamlakatimiz aholisi uchun munosib hayot sharoiti va sifatini yaratish yo`lida g`oyat ulkan qadam qo`ydi.

Ta`lim muassasalarini bitirib chiqqan yoshlarning bandligini ta`minlashga ham o`ta muhim masala sifatida qaralmoqda. Ta`lim muassasalari va korxonalar o`rtasida o`zaro hamkorlik va o`zaro foydali integrasiyani shakllantirish, korxonalarda unumli mehnat asosida kadrlar tayyorlashning ikki tomonlama tizimini rivojlantirish, ama-liyot o`tashni davlat ta`lim standartlari talablari darajasida tashkil etish va bitiruvchilarni mutaxassisliklariga mos ish joylari bilan ta`minlash maqsadida "Ta`lim muassasalari va korxonalar o`rtasidagi she-riklik munosabatlari turrisida Nizom" amaliyotga joriy etildi. Ta`lim muassasalarida tash­kil etilgan 1370 Vasiylik kengashlari faoliyatida 9000 dan ortiq korxona va tashkilotlar sifatli kadrlar tayyorlash bo`yicha ijtimoiy x.amkorlikni amal­ga oshirmokdalar.

Ishlab chiqarish bilan integrallashuvni ta`minlash borasida Navoiy tog`-metallurgiya kombinati qoshidagi Navoiy konchilik, Zarafshon sanoat va Uchquduq konchilik kasb-hunar kollejlari, Toshkent aviasiya ishlab chiqarish birlashmasi va "O`zbeki­stan havo yo`llari" milliy aviakompaniyasi Davlat aksiyadorlik jamiyati vasiyligida Toshkent aviasozlik, Toshkent metropoli­ten boshqarmasi vasiyligida Toshkent transport, "O`zbekiston temir yo`llari" DAK, "Yo`lovchi vagonlarni ta`mirlash" zavodi vasiyligida Toshkent temir yo`l transporti, "O`zdonmaxsulot" DAK Mirzo Ulugbek sanoat, "O`zbeki­stan pochtasi" DAK, "O`zbek_telekom" AK Toshkent aloqa, "O`zbek-turizm" milliy kompaniyasi, "O`zbekengilsanoat" kompaniyasi, "O`zbek-eltexsanoat" uyushmasi, O`zbekistan Respublikasi "Parrandasanoat" uyushmasi, Toshkent turizm kasb-hunar kollejlari bilan birga kichik mutaxassislar tayyorlash bo`yicha ibratli ishlar amalga oshirmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 11 fevraldagi "Kasb-xunar kollejlari o`quvchilarining ishlab chiqarish amaliyotlarini tash­kil etish va o`tkazishni takomillashtirish to`g`risida"gi qarori ijrosini ta`minlash borasida o`quv amaliyotlarini sifatli o`tkazish va keyincha-lik ishga joylashtirish maqsadida hamkor tashkilot, korxona va muassasalar bilan 1187 ta`lim muassasala­ri o`rtasida 3 tomonlama shartnomalar imzolangan. Chunonchi, 2009/2010 o`quv yilida 118 aka­demik litsey va 1069 kasb-hunar kollejlarida jami 431706 na­far o`quvchi yoshlar 3 yil davomi­da o`zlari tanlagan yo`nalishlar bo`yicha mutaxassisliklarga ega bo`ldi.1

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 28 iyuldagi "Ta`lim muassasalari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi kushimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi farmoni asosida bitiruvchilarning bandligini ta`minlash imkoniyati yanada oshdi.

Davlatimiz tomonidan o`zining xususiy biznesini yo`lga qo`yish istagidagi bitiruvchilarga yana bir qo`shimcha imkoniyat sifatida ularning tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va o`z biznes ishlarini tashkil etishi uchun “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining shahar va tu­man bo`limlari tomonidan jami 3,2 mlrd. sum imtiyozli kreditlar ajratilmoqda.

O`tgan o`quv yilida kasb-hunar kollejlarini jami 400 ming 964 nafar o`quvchi-yoshlar bitirib, xozirgi vaqtda ularning 216 ming 447 nafari (54,0 foiz) ishga joylashib, mehnat daftarchalari bilan ta`minlandi.

Rivojlangan davlatlarning uzok muddatli imtiyozli kreditlari hamda grantlari asosida, jumladan, Osiyo tarakk,iyot ban­ki, Koreya Respublikasi hukumati hamda Yaponiya hukumatining imtiyozli kreditlari, Germaniya taraqqiyot banki (KfW)ning krediti, YEvropa Ittifoqi komissiyasining granti asosida hamda YEvropa ta`lim fondi (YETF) bi­lan hamkorlikda ta`lim muassasalari jihozlandi.

Bundan tashqari Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), Germaniyaning grantlari asosida o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tizimini rivojlanti rishga katta hissa qo`shildi.

Xozirgi vaqtda Koreya hukumati, Islom taraqqiyoti banki, Ger­maniya taraqqiyot bankining imtiyozli kreditlari hisobiga kasb-hunar kollejlarini jihozlash, yangi binolar qurish, peda­gog kadrlarning malakasini oshi­rish bo`yicha tegishli ishlar olib borilmoqda. Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi, Ger­maniya texnikaviy hamkorlik jamiyati (GTZ)ning grant loyihalari samarali amalga oshirilmoqda.

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tashkil etilgan "Kichik akademiya"larda eng iste`dodli, noyob qobiliyatli va ijodkor o`quvchilarni tanlab ma`lum ixtisoslikka yqnaltirilgan chuqur bilim berish, o`quvchilarni ixtirochilik, ilmiy izlanuvchanlikka yo`naltirish bo`yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

O`quvchilar xalqaro fan olimpiadalarida va tanlovlarda mu-vaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

O`quvchilarning xalqaro fan olimpiadalarida va tanlovlari Buning natijasida o`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasalari o`quvchilari qator yutuq va muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqdalar. Xususan, matematika fanidan Koreya (2000), AQSh(2001), Yaponiya(2003), Gresiya(2004), Ispaniya(2008), Avstriya(2009), Qozog`iston(2010)da bo`lib utgan xalqaro olimpiadalarda o`zbekistonlik yoshlar 6ta kumush, 8ta bronza medali hamda 2 ta dip­lom, 4 ta faxriy yorliqni qo`lga kiritdilar.

Kimyo fanidan qam Rossiya (2001), Qozog`iston (2002), O`zbekiston (2008), Turkmaniston (2009), Ozarboyjon (2010)da o`tkazilgan xalqaro olimpiada­larda o`quvchilarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush, 4 ta bronza medali hamda 3 ta 3-darajali diplom, 8 ta diplomga sazovor bo`ldilar. Fizika fani bo`yicha Singapurdagi 3-Osiyo olimpiadasida ham yurtimiz yoshlarining ko`rsatkichlari yuqori bo`ldi.

Shuningdek, vakillarimiz biologiya fanidan joriy yili Janu-biy Koreyada bo`lib utgan 21-xalqaro olimpiadada 3 ta rag`batlantiruvchi diplom, 2004 yili Rossiyada o`tkazilgan rus tili va adabiyoti xalqaro olimpiadasida 1ta kumush medaliga munosib ko`rildi.

2002, 2004, 2006 yillari Qozog`istondagi xalqaro matema­tik loyihalar musobaqasida 4 ta bronza medali va 2 ta faxriy yorliq 2007 yili Mokvada o`tka­zilgan 7-Kolmogorov o`qishlari nomli xalqaro ilmiy anjumanda 1ta bronza medali yoshlarimiz muvaffaqiyatini ta`minladi.

Jismoniy tarbiya, sport-sorlomlashtirish ishlarini rivojlan-tirish va sportning ommaviyligini ta`minlash bo`yicha ham samarali ishlar amalga oshirilmokda. 1629 ming nafar o`quvchi-yoshlar muntazam ravishda jismoniy tarbiya va sport bi­lan shug`ullanib kelmoqda. Bugun-gi kunda 50 turdagi sport seksiyalarida shug`ullanuvchi o`quvchilar soni 671564 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 314148 nafari qizlardir.1

O`rta maxsus, kasb-x,unar ta`­limi muassasalarida 4878 sport inshooti, jumladan, 1201ta sport zali, 3642ta sport maydoni, 29 ta suzish havzasi, 7ta ma­nej mavjud. Tizimda taxsil olayotgan o`quvchi-yoshlarning sport bilan muntazam shug`ullanishlarini tashkil etish, ularni jismonan baquvvat, sog`lom va komil insonlar etib tarbiyalash maqsadida "Barkamol avlod" sport musobaqalari o`tkazib kelinmoqda. SHunday qilib, yurtimizda yoshlar ta`lim-tarbiyasi yo`lida amalga oshirilayotgan xayrli ishlar ertangi kun egalari bulgan biz yoshlarni har tomonlama barkamol bo`lib voyaga etishishimiz uchun xizmat qilishi shubhasiz.


Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin