Mustaqil 0 ‘zbekistonimizda bugungi kunda olib borilayot-gan izchil islohotlar xalqimizning hayot farovonligini ta’min-lashga xizmat qilmoqda



Yüklə 215,42 Kb.
səhifə82/95
tarix11.05.2023
ölçüsü215,42 Kb.
#111776
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   95
Bog\'-park qurulishi va loyihalashtirish asoslari

SAKKIZIN CHI BO‘LIM


XIV bob. Istirohat bog‘lari va xiyobonlarni


ko‘kalamzorlashtirish

Qadimiy va yirik sanoat ishlab chiqarish shaharlarida ko‘ka-lamzor hududlar barpo qilish juda katta iqtisodiy va ekologik ahamiyatga egadir. Chunki shahar sharoitida aholi zich bo‘lgan-ligi, katta hajmda avtomashinalar harakati mavjud bo‘lganligi va yirik sanoat ishlab chiqarish komplekslari ko‘p bo‘lganligidan havo tarkibini toza saqlash tirik mavjudot uchun kislorod zaxirasi mo‘l bo‘lishida yashil o‘simlik dunyosining o‘rni beqiyosdir. Shuning uchun ham bugungi kunda mamlakatimiz-ning yirik shaharlarida ko‘kalamzorlashtirishning dunyo uslublariga mos keladigan o‘ta manzarali ko‘rinishdagi madaniyat va istirohat bog‘lari, xiyobonlar, sayilgohlar, dam olish oromgohlari tashkil etilmoqda. Shahar sharoitida barpo cliladigan ushbu yashil hududlar qurilishi bo‘yicha o‘zining har xil uslublariga egadir. Masalan, yirik shaharlarda istirohat bog‘lari odamlar gavjum bo‘lgan hududlarda, iloji boricha, suv manbalari yaqinroq boigan va transport qatnovi o‘ng‘ay bo‘lgan hududlarda tashkil etiladi.


Istirohat bog‘lari yirik yashil massivlar bo‘lib,ularda xalqi-mi/ning ishdan bo‘sh vaqtlarida, yoshlarimizning o‘qish va ishdan bo‘sh vaqtlarida bayramlar va bayramoldi konsertlar, har xil ko‘ngilochar o‘yinlar o‘tkazishlarida, sport bayramlari, gullar va qushlar bayramlarini o‘tkazishlarida asosiy manzil hisoblanadi. Istirohat bogiarida bugungi kunda har xil inshootlar, gazeta-jumallar xarid qilinadigan matbuot xizmati joylari, har xil ko‘rgazmalar, attraksionlar o‘tkazish joylari, yozgi kino-konsertlar namoyish qilish amfiteatrlari, shaxmat-Khashka musobaqalari o‘tkazish joylari, yengil tamaddi qilish va muzqaymoqlar xarid qilish joylari tashkil etiladi.



189

14.1-rasm. Ko‘kalamzorlashtirishda manzarali butasimon


magnoliya sulanjadan foydalanish.


Shuning uchun ham odamlar gavjum bunday joylarda har xi yaproq va nina bargli daraxt, buta va gul turlaridan ajoyil ko‘iinishdagi yashil burchaklar, gilamli ko‘rinishdagi gulzorla va klumbalar tashkil etiladi.


Istirohat bog‘larining hududi quyidagi asosiy uchastkalarg:
ajratiladi:

  • yashil o‘simlik dunyosi uchun-75-78% yer maydoni;

  • xiyobonlar va yo ‘laklar uchun-10-14% yer maydoni;

  • asosiy maydonchalar uchun-8% yer maydoni;

  • imoratlar va inshootlar uchun -3% yer maydonlai ajratiladi.

Istirohat bog‘larini ко‘kaiamzorlashtirishda muntazam, pey zajli va aralash usullarda yashil o‘simliklar joylashtirilil boriladi. Bugungi kunda mamlakatimiz poytaxti - Toshken shahrida ko‘kalamzorlashtirishning zamonaviy yaratilis]

190


uslubida va arxitektura landshaft me’morchiligining nafis uslubidagi istirohat bog‘lari, binolar va inshootlar qurilib xalqimiz ixtiyoriga topshirilmoqda.

14.2-rasm. Zamonaviy binolar atrofini ko‘kalamzorlashtirish.


Istirohat bog‘lari xalqqa xizmat qilish maqsadi bo‘yicha i|uyidagi uchastkalarga bo‘linadi:





  1. tomosha tadbirlarini o‘tkazish hududi (attraksionlar, yozgi kino-konsertlar, gullar, qushlar bayramlari) uchun isti-roliat bog‘ining umumiy yer maydonidan 8% hudud ajratiladi;




  1. madaniy dam olish o‘yin-kulgilar uchun(estrada va raqs tushish) 8% hudud ajratiladi;

  1. fizkultura va sport o‘yinlari uchun-15%;

  1. bolalaming dam olishlari uchun-5%;

  1. kattalaming dam olishlari uchun-60%;

  1. xo‘jalikda foydalanish uchun istirohat bog‘ining umumiy

yer maydonidan 4% ajratiladi.

Skverlar ko‘kalamzorlashtirilgan maydonlar bo‘lib, qisqa vuqt dam olish uchun xizmat qiladi.Ular yo‘llaming kesishgan joylarida, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari bekatlari atrofida Uinhkil etiladi. Uning maydoni 0,25ga dan lga gacha, ba’zan, hallo, 10 gektargacha, ko‘pincha, l-2ga dan iborat bo‘ladi.



191


14.3-rasm. Shahar sharoitidagi dam olish xiyobonlari.





Yüklə 215,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin