11.19-rasm. Ko‘kalamzorlashtirishda Qrim qarag‘ayidan foydalanish.
Markaziy Osiyo respublikalarida ko‘kalamzorlashtirish sohasida keng foydalaniladi. Sovuqdan zararlanmaydi. Janub tumanlarida yozda 3-4 marta sug‘orish yetarli. Sizot suv sathi 1,5-2 m bo‘lgan va kuchsiz sho‘rli tuproqlarda ham yaxshi o‘si-shi mumkin. Issiqqa chidamli manzarali daraxt.
Bizga ma’lumki, manzarali bog‘dorchilikda eng nozik va murakkab ish turlaridan bin ko‘chatlar yetishtirishdir. Ko‘pchilik daraxt ko‘chatlarini yetishtirishda ildizdan, qalam-chadan va urug‘idan foydalaniladi. Nina bargli daraxt ko‘chat-lari, asosan, urag‘dan ko‘paytiriladi. Qrim qarag‘ayi daraxtining urug‘i oktabr-noyabr oylarida pishib yetiladi. Urug‘ terib to‘plangach, quruq va salqin binoda saqlanganda uning ko‘ka-rish qobiliyati 4-5 yilgacha yo‘qolmaydi. 1000 dona urug‘ 12-15 gr keladi. 1000 gr g‘uddadan 15-20% urug‘ chiqadi. Qarag‘ay urug‘ini ekish oldidan alohida usulda tayyorlashga hojat yo‘q, urug‘ ko‘klamda, hatto, ivitilmay sepilganda ham tekis unib chiqadi. Ammo urug‘ni ekishdan oldin 10-12 kun stratifikatsiya qilinsa, juda tez va bexato unib chiqadi. Qarag‘ay urug‘i boshqa nina bargli daraxtlar singari fuzarium, altemariya kabi zamburug1sporalari bilan ifloslangan bo‘ladi. Ko‘karib chiqqan niholchalar zamburug‘ kasalligiga yo‘liqmasligi uchun urug‘ni ekishdan oldin margansovka (kaliy permanganat) yoki formalin
154
hilan dorilab olish zarur bo‘ladi. Qarag‘ay urug‘ini ekish uchun qum va qumloq tuproqli yer maydonlari tanlanadi, og‘ir tuproqli yer bo'lsa, qum solish tavsiya etiladi.
11,20-rasm. Jo‘yaklardagi 2 yillik ko'chatlar.
Qarag‘ay urug‘i, ayniqsa, og‘ir tuproqli yerlarda kuzda ekil-gundan ko‘ra ko‘klamda (mart oxiri-aprelning boshlarida) Hcpilsa, yaxshiroq ko‘rsatkichda unib chiqadi.
Qarag‘ay urug‘ini ekishdan awal 15 sm chuqurlikda egat olinadi, so‘ng urug‘ sepiladi. Sug‘orishda shunga e’tibor berish kerukki, suv egat marzasini bosib ketmasligi lozim. Suv bossa, egat tuprog‘i qotib qoladi. Qarag‘ay urug‘i egatning har bir mctriga 3-4 grammdan 1-1,5 sm chuqurlikda ekiladi. May-doiming har kvadrat metridan ko‘proq ko‘chat olish uchun lliur/,a sirtiga 10-15 sm kenglikda yo‘rg‘a urug‘i sepiladi, Bunda urug'ni sarflash normasi 3 marta ko‘paytiriladi. Urug‘ ustini qat-qwloq bosib olmasiigi va urug‘ usti doim bir xilda nam bo‘lib llirishi uchun marza ustiga 3-4 sm qalinlikda yog‘och qipig‘i yoki somon sochib qo‘yiladi. Urug‘ ko‘karib chiqquncha (jivgust oyigacha) vaqti-vaqti bilan kuzatib, marza ustini shamol uchsa, qaytadan qipiq sepib turiladi.
Dostları ilə paylaş: |