Majnuntol (Salix babylonica L)
Bo‘yi 8-10 m, diametri 50-60 sm bo‘lgan daraxt. Po‘stlog‘i bo‘yiga yorilgan, to‘q kulrang. Shoxlari uzun, ingichka bo‘lib, ko‘pincha, pastga osilib turadi. Novdasi sariq-yashil yoki qizg‘ish rangda. Kurtaklari mayda, o‘tkir uchli, yashil-qo‘ng‘ir rangda. Barglari tor lansetsimon, bo‘yi 10-16 sm, eni 1-1,5 sm, uchi o‘tkir, cheti mayda tishchali, ayrim vaqtlarda tishsiz. Yosh novdasidagi barglari tukli, yuz tomoni tiniq yashil, yaltiroq, orqa tomoni oqish yoki zangori rangda. Barg bandining bo‘yi 0,7-0,9 sm, bezsimon tukli, 15-30 ta yon tomiri bor. Yon bargchalari lansetsimon yoki juvoldizsimon, o‘tkir uchli, cheti tishchali. Tkki uyli daraxt. Kuchalasi ingichka, kalta bandli, tubida bargchalari bor, gullari zich joylashgan, barg yozib bo‘lgandan so‘ng gullaydi. Gul yon bargchalari ingichka, tuxum yoki lansetsimon, uchki qismi uzun tukli. Bu tol qalamchadan yaxshi ko'payadi.
Majnuntol Mesopotamiyada tabiiy tarqalgan. Kavkazda va Markaziy Osiyo respublikalarida manzarali o‘simlik sifatida ariqlar, hovuzlar bo‘yiga ko‘p ekiladi. Shox-shabbasi egilib
152
o'sganligidan juda chiroylidir. Uning yana bir turi Xitoydan kcllirilgan Matsudan tolidir
Uning barglari to‘q yashil rangda boiib, shox-shabbasi past-ga osilib o‘sadi, nihoyatda ko‘rkam. Bulardan tashqari turkum-ning Jung‘or toli (Salix songorica Rgl.), Turon toli (Salix lurunica Nas.), Tyan-Shan toli (Salix tianschanica Rgl.)kabi turlaridan o‘rmonchilikda va ko‘kalamzorlashtirishda keng loydalaniladi.
Qrim qarag‘ayi(Pinus Pallasiana)
Balandligi respublikamiz sharoitida 20-25 mga yetadigan, manzarali, nina bargli daraxt. Yorug‘sevar, sovuq va issiqqa chidamli, lekin har xil zaharli gazlarga chidamsiz daraxt. Vatani Qrim vodiysining tog‘li hududlari. Bugungi kun ko‘kalam-/nrlashtirilishida bog‘-parklarda, xiyobonlarda, sayilgoh, o‘quv maskanlari, yer maydonlarida keng foydalanilmoqda. So‘nggi yillarda mamlakatimizda ko‘kalamzorlashtirish sohasida, ttNosan, nina bargli daraxt turlaridan foydalanish keng tus olgan. Shunday daraxt turlaridan biri Qrim qarag‘ayi (Pinus Ralla-siana) dir. Vatanida balandligi 20-30 m(40 m)gacha yetadigan, bir uyli manzarali daraxt. Shox-shabbalari yoshlik vaqtida pirainidasimon, katta yoshda keng soyabonsimon shaklda. Nina barglari 2 tadan joylashgan, ninasimon, biroz qayrilgan, uzunligi У-1X sm, to‘q yashil, juda zich joylashgan. Ushbu daraxt yuqori lltonsidli daraxt. Tuproqqa talabchan emas, qumli, ohakli, toshloq tuproqlarda ham yaxshi o‘sadi. Qurg‘oqchilikka chidamli, yorug‘sevar tur. Ildizlari baquwat bo‘lganligidan
Hhamolga chidamli.
Dostları ilə paylaş: |