Mustaqil 0 ‘zbekistonimizda bugungi kunda olib borilayot-gan izchil islohotlar xalqimizning hayot farovonligini ta’min-lashga xizmat qilmoqda


Qizil chetan (Sorbus tianschanica Rupr)



Yüklə 215,42 Kb.
səhifə60/95
tarix11.05.2023
ölçüsü215,42 Kb.
#111776
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   95
Bog\'-park qurulishi va loyihalashtirish asoslari

Qizil chetan (Sorbus tianschanica Rupr)

Bo‘yi 4-5 m li kichik daraxt bo‘lib, novdalari tuk bilan Niyrak qoplangan, yashil yoki qizg‘ish. Kurtaklari yirik, bo‘yi 12-15 mm, uchi o‘tkir, tuksiz yoki tukli. Yonbarglari juda ensiz, uehi o‘tkir bo‘lib, kuzda to‘kilib ketadi. Barglari 10-15 sm, ayrim vaqtlarda undan ham uzun, 6 yoki 8 juft yonbargchali, bandi tukli. Shakli lansetsimon, biroz dag‘al, tuksiz, cheti lishchali.



11.12-rasm. Chetan daraxti mevalarining manzarali ko‘rinishi.

To‘pguli yirik, diametri 15 sm gacha, gulbandi qizil, tuksiz bo'ladi. Mevasining bo‘yi 10-12 mm, eni 8-10 mm, awal qizil-mtrg'ish bo‘lib, so‘ng to‘q qizil rangga kiradi. Qizil chetan tog'larda dengiz sathidan 2800 m gacha balandlikda o‘rmon hosil qiladi. Nam va unumdor yerda yaxshi o‘sadi. Tyan-Shan-da, Jung‘oriya Olatovida va Pomir-Oloyda uchraydi.





143



Oddiy chetan (Sorbus aucuparia L.)

Bo‘yi 5-15 m ga yetadigan daraxt, ba’zan buta. Tanasining po‘stlog‘i silliq, shox-novdalari tukli, barglari toq patsimon, 9-15 bargchali, tiniq yashil rangli. May-iyun oylarida gullaydi, gullari oq, xushbo‘y boiib, yig‘ilib to‘pgul hosil qiladi. To‘pguli kalta novdalaming uchida joylashadi. Mevasi yumaloq, tiniq nowoti-qizil bo‘ladi va sentabr oyida yetiladi, ammo daraxtda ko‘p vaqt saqlanadi.


Mevasi achchiq bo‘lsa-da, yeyish mumkin, ayniqsa, sovuqdan keyin juda yeyishli bo‘ladi. Uni qushlar ko‘plab iste’mol qiladi. Urug‘i mayda. Parxish yo‘li bilan va bachki novdasidan hamda to‘nkasidan ko‘payadi. Unumdor yerda yaxshi o‘sadi. Tog‘ qiyaliklaridagi toshli yerlarda ko‘p uchraydi. Sovuqqa, qurg‘oqchilikka chidamli. Yog‘ochi o‘zakli, qizg‘ish bo‘lib, undan mebel yasaladi. Mevasidan oziq-ovqat sanoatida foydalaniladi. Ular yetilganda daraxti nihoyatda chiroyli bo‘lib ko‘rinadi, shuning uchun u ko‘p ekiladi. Bugungi kunda mamla-katimizning ko‘pgina yirik shaharlarida nafis landshaft arxi-tekturasiga ega bo‘lgan istirohat bog‘lari, xiyobonlar va sayil-gohlar baipo etilmoqda. Ushbu barpo etilayotgan bog‘larda har xil turdagi manzarali yaproq va nina bargli daraxt hamda buta turlaridan, shuningdek, yuqoridagi o‘simlik turlaridan ham yashil kompozitsion hududlar barpo etishda bemalol foydalanish mumkin.





Yüklə 215,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin