Qizil zirk (Byerberis nummularia )
Tog‘ qiyaliklarida, soylarda va uzoq tog‘ daryolari qirg‘oq-lurida qo‘riqxona hududidagi Qizilsuv daryosi, G‘ilonsoy chega-rularida tabiiy holda o‘sib rivojlanadigan, bo‘yi 2-2,5 m gacha bo'lgan, mevasi shifobaxsh buta. Ildizi va po‘stlog‘ini bo‘yoq simoatida ishlatish mumkin.
Barglari to‘q rangda, uzunligi 7 sm gacha. Gulchalari yalti-roq sariq, osilib turgan panjalarga yig‘ilgan. Asal yig‘ishga moyil mevalari ellipsoid - cho‘ziq, uzunligi 8-12 mm, yaltiroq qi/il yoki to‘q qizil. Aprel - may oylarda gullaydi. Tog* vodiylarini e’tiborga olgan holda, o‘rtacha o‘suvchi, sovuqqa chidamli, issiqsevar, qurg‘oqchilikka chidamli. Tuproqqa talab-
141
chan emas. 0 ‘zbekistonning barcha hududlarida ekib foydala-nish mumkin.
Oddiy shilvi (uchqat)
Lonicyera xyfosteum
Bo‘yi 2-3 metr keladigan, buta novdalari yoysimon yoki kulrang-qizg‘ish rangli, yalang‘och yoki tukli. Barglarining uzunligi 3-6 sm, keng tuxumsimon yoki ellips - tuxumsimon shaklda, uch qismi o‘tkir, asosi keng, ponasimon, yuqori qismi kulrang yoki to‘q yashil.
Gulchalarining o£lchami bir santimetr. Sarg‘ish-oq, ko‘pin-cha, qizg‘ish tusli. Mevalari to‘q qizil,butasimon ushbu o‘simlik may-iyunda gullaydi. Mevasi avgust - sentabrda pishib yetiladi. Nisbatan tez o‘suvchi tur. Soyaga, sovuqqa chidamli. Tuproq va namlikka kam talabchan. Unumdor tuproqlarda yaxshi o‘sadi 25-30 yil yashaydi.
Qatrang‘i (tug‘dona) - Celtis
Tog‘ qiyaliklarida, tosh-shag‘allari surilib qolgan og‘ir tosh-li joylarda o‘sadi. Markaziy Osiyoda dengiz sathidan 1500-2000 m balandlikkacha o‘sadi.
Qurg‘oqchilikka o‘ta chidamli butasimon o‘simlik. Tog‘ yon qiyaliklarida toshli va shag‘alli surilishlaming oldini olishda himoya to‘siq sifatida ekish mumkin. Shifobaxsh meva sifatida iste’mol qilinadi. Bo‘yi 4-5 m gacha boradigan butasimon daraxtcha. Barg yoyish jarayonida gullaydi. Mevalari sentabrda pishib yetiladi. Urug‘ida yog1 moddasi bo‘lib, bodom ta’mini beradi. Baquwat ildiz tizimiga ega. 300-500 yilgacha, ya’ni uzoq umr ko‘ruvchi tur. Lekin sekin o‘sadi. Yorug‘sevar, qur-g‘oqchilikka o‘ta chidamli tur.
Chetan (Sorbus)
Bu turkumdagi daraxtlaming shox-shabbasi yoyiq, shoxlari va tanasining po‘stlog‘i silliq, barglari yonbargchali, navbat bilan joylashadi, kuzda to‘kilib ketadi. Gullari oq yoki oq-sariq, ular yig‘ilib to‘pgul hosil qiladi. Ular ikki jinsli, hasharotlar
142
yordamida changlanadi. Mevasi yumaloq yoki oval shaklda, olmaga o‘xshash, qizil yoki sariq. Ko‘p urug‘li, barglari mtirakkab, toq patsimon va oddiy, butun yoki patsimon bo‘lakli luzilganligi bilan turkumning boshqa turlaridan farq qiladi. 80 ta luri bor, ulardan, 34 tasi MDH da yovvoyi holda o‘sadi.
Dostları ilə paylaş: |