Mustaqil 0 ‘zbekistonimizda bugungi kunda olib borilayot-gan izchil islohotlar xalqimizning hayot farovonligini ta’min-lashga xizmat qilmoqda


Yarim sharsimon shakldagi archa yoki Saur archa (Junipyerus semiglobosa Rgyer)



Yüklə 215,42 Kb.
səhifə58/95
tarix11.05.2023
ölçüsü215,42 Kb.
#111776
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   95
Bog\'-park qurulishi va loyihalashtirish asoslari

Yarim sharsimon shakldagi archa yoki Saur archa (Junipyerus semiglobosa Rgyer)

Bu archa kam tarqalgan. Dengiz sathidan 1800-2000 metr balandlikda Zarafshon archasi o‘sadigan rayonlarda bu xildagi archa ahyon-ahyonda uchraydi. Dengiz sathidan 2000-2700 m balandlikda, Turkiston tog‘ tizmalarining shimoliy yon bag‘ir-larida archa mintaqasining o‘rta qismida yarim sharsimon shakl­ dagi archalar uchraydi.




11.11-rasm. Ko‘kalamzor hududlarda saur archadan foydalanish.



138

Mazkur archa shox-shabbali bo‘lib, bo'yi 16 metr, diametri 1,5 m gacha yetadi. Shox-shabbasi keng konusli, novdalari uzun va ingichka, yerga egilib tushgan. Ushbu archa daraxti sovuqqa chidamli, namlikka talabchan. U, ko‘pincha, tog‘ yon bag‘irlarining shimoliy va g‘arbiy qoyalarida, tuprog‘i sernam bo‘lgan soya-salqin joylarda yaxshi o‘sadi.




Turkiston archasi yoki o‘rik archa


(Junipyerus turkestanica Kom)

0 ‘zbekistonda ushbu archa G‘arbiy Turkiston tog‘ tizma-larining shimoliy yon bag‘irlarida ko‘p tarqalgan bo‘lib, 34 ming gektarni tashkil etadi. Bu daraxt dengiz sathidan 2300 - 3200 m balandliklarda ko‘p o‘sib rivojlangan. Lekin 2600 m ba-landlikda boshqa archalar bilan aralash holda, undan ham ba-limdroqda esa faqat o‘zini uchratish mumkin.


Turkiston archasi yirik daraxtlardan hisoblanadi. Tanasi yo‘-ц'оп, uchi tomon ingichkalashib boradi, balandligi 18 m, tanasi­ ning diametri 1 m gacha boradi. Turkiston archasi sovuqqa chidamli bo‘lib, boshqa archalarga qaraganda tuproq tan-lainaydi. Archa tog‘ sharoitida o‘rmonchilikning asosiy qismini tashkil etadi. U har qanday sharoitda chidamli va uzoq muddatli yashaydigan o‘simlik bo‘lib, muhim himoya vazifasini ham o‘taydi.


0 ‘zbekistonda archazor o‘rmonlar, asosan, uch mintaqada joylashgan:



  1. G‘arbiy Tyan-Shan.

  2. Turkiston tizmalarining g‘arbiy qismi.

  3. Hisor tizmalari va uning yon bag‘irlari.

G‘arbiy Tyan-Shan tog‘ining Chotqol, Ugom va Qurama ti/malarida, Angren va Chirchiq havzalarida archa ko‘p o‘sadi. Archazorlaming qolgan qismi Sangzor va Zomin tog‘ va duryolari havzalarida joylashgan bo‘lib, bu tog1 vodiylari terri-toriyasidagi archazorlaming asosiy maydonini tashkil etadi.


Katta archazorlar massivi Hisor tog‘ tizmalarining yon bag‘-lida, Surxondaryo va Qashqadaryo havzalarida, ulaming man-



139

balari atrofida joylashgan. Yuqorida qayd etilgan barcha massiv-lardagi archazorlaming o‘rtacha o‘rmon to‘liqligi 0,4 ni tashkil etadi.


Manzarali archalar dengiz sathidan 1600-3000 metr baland­ likda uchraydi. 3000 metr balandlikda archa daraxti atrofga keng yoyilgan holda o‘sadi.


Adabiyotlarda ko‘rsatilishicha, 0 ‘zbekistonning Hisor tiz-malaridagi archazorlar qadimiy, lekin ular talabga javob ber-maydi. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, Hisor tizmalaridagi archazorlar G‘arbiy Tyan-Shan tizmalaridagi archazorlar bilan teng, biroq Turkiston archazorlaridan yosh.


Archazorlarda ikki yildan keyin uchinchi yil hosilli bo‘ladi. Hosilsiz yillarda tayyorlaniladigan g'udda mevalar hajmining 2-5 % miqdorida urug‘ chiqadi. Hosilli yillarda bu raqam 18-20 % ko‘tariladi. Hosilli yillarda zaxira jamg'arma 2-3 yilga tayyorlab qo‘yiladi.


Ekish uchun yangi yig‘ib olingan (sentabr oyida terilgan) va o‘tgan yillarda terilgan (qopga solib osib qo‘yilgan yoki oktabr - noyabr oylarida shisha idishlarda saqlangan) urug‘lardan foyda-lanish mumkin. G‘udda mevalarini qayta ishlash va urag‘lami tozalash quyidagi usulda bajariladi:

  • beton yoki asfalt maydonda tozalash;

  • urug‘ tozalagich mashinalarda (0 ‘z R 0 ‘XITI MIS-02 mashinasi) tozalash;




  • qor ostidagi zovurlarda 8-9 oy saqlanib, har zamonda sug‘orib turilgan g‘udda mevalami qo‘lda tozalash;

  • qayta ishlashdagi uchinchi usul urug‘laming yaxshi toza-lanishi (I—II sinf) va sifatli urug‘ olishni ta’minlaydi.

G‘udda mevalami yig‘ib olishdan oldin har bir daraxt tupining butun sirtidan bir siqim hajmdagi olti - sakkizta g‘udda namunasi tanlab olinadi. Shundan keyin ulaming sifati aniqlanadi. Buning uchun g‘udda meva silliq tosh ustida parchalanadi va tok qaychida qirqiladi. G‘udda mevalami har 10 ta g‘udda mevasining 4-5 tasi sifatli wmg‘ ga ega bo‘lgan daraxt-lardan terib olish kerak.



140

Yig‘ilgan g‘udda mevalardan “Daraxt va butalaming urug‘-lari” 14-161-86 GOST ga binoan (kamida 200 g) o‘rmon urug‘chi-ligi stansiyasiga yuboriladi. Archa urug‘larining o‘rtacha ekish normasi:


Zarafshon archasi - 60-70 g; Turkiston archasi - 130-160 g; Saur archa - 15-17 g/m.


Har tomonlama yaxshi sharoitga ega bo‘lgan ko‘chatxo-tiadan 2500-3000 metr uzunlikdagi maydondan 1,0-1,2 mln bir yillik ko‘chat olish mumkin. Shuning uchun ham bugungi kunda respublikamizning baland tog‘li archa o‘rmonlari mavjud ho'lgan yer maydonlarida ko‘proq Zarafshon archazorlari barpo ctishga harakat qilinmoqda.


Bunda, ko‘pincha, terrasa va maydonchalar usulidan foyda-lanib ekimoqda. Bu esa, o‘z navbatida, tog‘ qiyaliklarining uurashining oldini olishda va hosildor tuproqlami saqlab qolishda katta yordam beradi. Xalqimiz vakillarining ishdan va o'qishdan bo‘sh vaqtlarda tog‘ yon qiyaliklarida bemalol hordiq diiqarishiga, yoshlarimizning oromgohlarda dam olishiga nrchazorlar xizmat qiladi. Buning uchun ona tabiatimizning husn-tarovatiga o‘z ko‘rkini qo‘shib turgan bu yashil daraxtlami luitun mehrimiz bilan asrab-avaylashimiz kerak bo‘ladi. Uning ko‘chatlaridan tog‘oldi shahar va aholi hududlarida, orom-gohlami ko‘kalamzorlashtirishda foydalanish mumkin.





Yüklə 215,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin