11.18-rasm. Sadaqayrag'och daraxtining umumiy ko‘rinishi.
Sadaqayrag‘och (Ulmus densa Litw)
Katta daraxt, shox-shabbasi keng, qalin soyabonsimon shakl-da, po‘stlog‘i yorilgan, qora rangda, barglari qalin, cho‘zinchoq, tuxumsimon, cheti ikki qator tisjichali.Ushbu qayrag‘och turi eng manzarali qayrag‘och turlaadan biri hisoblanadi, uzoq o‘tmishdayoq bu tur ko‘kalamzorlashtirish maqsadlarida shahar va qishloqlarga ko‘plab ekilgan. Daraxtning balandligi 15-20 metrga yetadi.
150
Tanasining rangi, qari daraxtlaming novdalari jigarrang, tanasi chuqur yorilgan bo‘ladi. Yosh novdalaming tanasi silliq bo‘ladi. Bargi teskari tuxumsimon yoki romb shaklida bo‘ladi. Bargining uzunligi 12 sm, eni 7sm, bargining chetlari ikki-uch tishchali mustahkam bargli. Guli mayda, barg yozishdan oldin mart-aprel oylarida gullaydi. Urug‘i qanotchalarda joylashgan. Qanotcha teskari tuxumsimon shaklda, uzunligi 1,5-2 sm. Mevasi may-iyun oylarida pishadi. Sadaqayrag‘och yoshligida tezroq o‘sadi, lekin qariganda boshqa qayrag‘och daraxti turlariga nisbatan o‘sishda sekinlashadi. 0 ‘rtacha yorug‘sevar, issiqsevar bo‘ladi. Sovuqqa chidamli, lekin haddan tashqari sovuqdan aziyat chekadi. fldiz tizimi baquwat, tuproqni inustahkamlaydi. Tuproqqa talabchan, lekin sho‘r tuproqlarda ham o‘sadi. Gazga, changga chidamli, kesish ishlarini yaxshi ko'taradi va daraxtning shakli manzarali xususiyatini o‘zida tez tmmoyon qiladi. Ko‘kalamzorlashtirish ishlarida ekilganda 300 yilgacha yashashi mumkin. Shahar sharoitida 50 yilgacha kiimdan kam yashaydi. Katta daraxt, shox-shabbasi keng, qalin piramida shaklida, po‘stlog‘i yorilgan, qora rangda, barglari qalin, cho‘zinchoq, tuxumsimon, cheti ikki qator tishchali. Bu i|nyrag‘och 0 ‘rta Osiyoda tog‘ daryolari vodiysida o‘sadi. U bog‘larga, katta ariqlar bo‘yiga ekiladi.
Po‘kakli eman (Quyercus suber) -
Bo‘yi 20-22 m, diametri 1-1,5 m li daraxt, tanasi yoshli-gidan boshlab po‘kak qavati bilan qoplanadi. Yosh novdalari, kurtaklari va barglarining orqa tomoni sarg‘ish-kulrang, qalin luk bilan qoplangan. Barglari doim yashil saqlanadi, oddiy Ui/.ilgan, navbat bilan joylashadi, oval yoki cho‘ziq tuxum-Himon, cheti o‘tkir tishchali, yuz tomoni to‘q yashil, yaltiroq, or-qu tomoni qalin tukli. Yong‘oqlari 1-3 tadan bo‘lib, kalta bandli, birinchi yili yetiladi. May oyidan boshlab yozning o‘rtalarigacha gullaydi. Kuzda ikkinchi marta gullaydi. Shuning uchun bir tup dttraxtda har xil muddatda yetiladigan yong‘oqlarni ko‘rish mumkin.
151
Po‘kakli emanning yong‘og‘i tez ko‘karib chiqadi. Niholi original tuzilishi bilan boshqalardan farq qiladi.Yong‘og‘i unib chiqayotgan paytda urug‘palla tubida chetlari bir-biri bilan qo‘shilib o‘sadi va naycha hosil qiladi, uning ichida embrionning kurtakchasi yotadi. Bu naycha yer tagida 20-30 sm gacha o‘sadi, so‘ng undagi kurtak una boshlaydi va yer ustiga boshlang‘ich poya chiqadi, ildiz otadi. Po‘kakli eman O'rtayer dengizining g‘arbiy sohillarida va Janubiy Yevropa: Fransiyada, Ispaniyada, Portugaliyada, Italiyada, Shimoliy Afrikaning janubiy rayonlarida tarqalgan. MDH da Kavkaz va Qrimning subtropik rayonlarida ekiladi.
Po‘kakli eman issiqsevar, yorug‘sevar o‘simlik, sovuqqa chidamsiz, -15-17 °S sovuqdan zararlanadi. Nam va ohakli yerlarda yaxshi o‘sadi. Quruq tuproqda ham o‘sa oladi. Uning po‘stlog‘idan po‘kak olinadi. Bu emanni shimoliy rayonlarga introduksiya qilish katta ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |