169
Qizil marjondaraxt (Sambucus racemosa L.) buta yoki kichik daraxt bo‘lib, novdalari jigarrang, tuksiz, yasmiqchali. Po‘stlog‘i bo‘yiga yorilgan. Barglari 3-8 ta bargchadan iborat. Gullari sariq-oqish boiib, to‘pgul hosil qiladi. May oyida gullaydi, guli nektarli. Mevasi qizil, shingilcha hosil qiladi. Ichida uchta urug‘ rivojlanadi, urug‘i yonidan ezik, jigarrang. Bu buta MDHning Yevropa qismida va Sibirdan to Uzoq Sharqqacha bo‘lgan joylarda ninabargli va aralash o‘rmonlarda tarqalgan. Soyaga birmuncha chidamli. Unumdor yerda yaxshi o‘sadi. Po‘stlog‘i va mevasi surgi dori sifatida ishlatiladi, mevasidan spirt ham tayyorlanadi.
Qora va qizil maijondaraxt o‘rmonlaming meliorativ holatini yaxshilash uchun ko‘p ekiladi. 0 ‘zbekiston sharoitida maijondaraxtnmg 8 turi o‘stiriladi. Ular Shimoliy Amerikadan, Uzoq Sharqdan, Yevropadan va boshqa joylardan keltirilgan. Sibirda Sibir maijon daraxti (Sambucus sibirica Nakai) keng tarqalgan.
170
XII bob. Daraxt va butalarning bioekologik va manzarali xususiyatlari
Daraxt o‘simliklari o'zining go‘zalligi, shakllari va rangi-ning har xilligi bilan odamlaming diqqat-e’tiborini o‘ziga jalb qiladi. Tabiatning bu go‘zal asari har doim o‘zgarib turadi. Tashqi muhit o'simlik organizmining rivojlanishiga katta ta’sir ko'rsatadi, ulaming tashqi ko‘rinishi, katta-kichikligi, o‘sishi nhu tashqi muhitga chambarchas bog‘liqdir.
Tarixiy rivojlanish jarayonida daraxt o‘simliklari har xil ekologik sharoitda cTsishga moslashib qolgan. Bir turlar quruq quinli yerlarda o‘sadi (qarag‘ay, archa, saksovul va boshqalar), boshqalari uchun esa tuprog‘i mahsuldor va namligi yuqoriroq uliuroit kerak. (qoraqaragay, terak, tol). 0 ‘simliklaming harorat, yi)iug‘lik, havoning namligiga talabchanligi ham har xildir. Yorug‘likka bo‘lgan munosabati bo‘yicha manzarali daraxtlar quyidagicha guruhlarga bo‘linadi:
Yorug‘sevar daraxt va butalar: tikansimon gledichiya, naksovul, oq akas, ipak akatsiya, qayin, tilog‘och, botqoq sarvi, virgin archasi, sharq biotasi, oddiy va Qrim qarag‘ayi, oddiy va I'fiisilvaniya shumtollari, yapon saforasi, oq tut, mayda bargli va *mluqayrag‘och, shumtol bargli zarang, qora va oq teraklar, oddiy cman, aylant, mayda bargli jiyda, qum akas, kumushrang httigli chingil, tobulg‘a va chetanlardan iborat.
Qalin soya hosil qiluvchi daraxtlar: soxta kashtan, mayda VH yirik bargli jo‘kalar, o‘tkir bargli va dala zarangi, oddiy va qom qarag‘ay, zamob, samshit va qora maijon.
Yarim soya hosil qiluvchi manzarali daraxtlar kumush-miig bargli jo‘ka, lola daraxti, oddiy chetan, veymut qarag‘ayi, yirik gulli magnoliya, oddiy archa, uchqat, sariq akas, yapon Hchisi,do‘lana, tatar zarangi va magnoliyalardan iborat.
0 ‘simliklar o‘zining individual rivojlanish jarayonida bir Цв1иг davrlami o‘taydi, ya’ni niholdan yetuklik davrigacha. Bu
171
davrlarda bir o‘simlik shox-shabbasining har xil kattalik, shakli, o‘sishining tezligi bilan tavsiflanadi.
Tez o‘sib rivojlanishi daraxt o‘simliklarining muhim xususi-yatidir. Tez o‘suvchi daraxt va butalar manzarali va sanitar-gigi-yenik va himoya (ihota) xususiyatini beradi.
Dostları ilə paylaş: |