2. Mehnatni ilmiy tashkil etishning mazmuni va asosiy yo’nalishlari
Mehnatni ilmiy tashkil etish hozirgi zamon fanining ilg‘or yutuqlari, tajribasiga tayangan holda material va texnikadan unumli foydalanib mehnat unumdorligini oshirish, ish vaqtidan va dastgohlardan oqilona foydalanish, ishchilarga qulay sharoitlar yaratish, ishlab chiqarishni to‘xtovsiz ishlashiga erishish kabi mukammal chora - tadbirlar majmuasidir.
Mehnatni ilmiy tashkil etishning asosiy elementlariga quyidagilar: mehnatni oqilona taqsimlash natijasida quyidagilarga erishishimiz mumkin, mehnat va material sarflarini kamaytirish, mehnatni mazmunini oshirish, zeriktiriladigan ishlardan xalos qilish, toliqishni kamaytirish va malakani oshirish.
Mehnatni ilmiy tashkil etishning asosiy omillaridan yana biri ishchi jarayonlarni optimallashtirish va ish joylarining xizmat chegarasini aniqlash.
Buning uchun hozirgi paytda har bir korxonada ish joylari tahlil qilinadi, ularni takomillashtirish esa ilg‘or texnika-texnologiya va kompyuterlardan foydalanishga asoslanadi.
Mehnatni ilmiy tashkil etishda mehnatni ilg‘or usullaridan foydalanish, ishni to‘g‘ri tashkil etish va ish vaqtini to‘g‘ri taqsimlash, tajribalarni ommalashtirish va uni o‘rganish asosiy omillardan biridir.
Mehnatni tashkil etishning asosiy elementlaridan biri bo‘lg‘usi kadrlarni tayyorlash va ularni malakasini oshirish, mehnatni tashkil etishni takomillashtirishning muhim omillaridan biridir.
Hozirgi kunda Mustaqil O‘zbekistonni har tomonlama mustahkamlanishining asosiy omillaridan biri ham diniy, ham dunyoviy bilimlarni o‘zida mujassamlashtirgan, iqtisodiyotga oid bilimlarni puxta egallagan, jahon andozalariga mos keladigan kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1997 yil 29 avgustida qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi» ana shu muammolarni hal qilishga qaratilgan bo‘lib, unda bozor islohoti va demokratik talablarni hisobga olib jamoa, fuqaro, davlatning har tomonlama faoliyati qamrab olingan.
Bundan tashqari mehnatni ilmiy tashkil etishda mehnat sharoitlari, ish joyini yoritish, isitish, shovqin, vibratsiya hamda sanitariya-gigiena, maishiy xizmat muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan omillardan tashqari ishchilarni dam olishiga sharoit yaratib berish va ularning sog‘ligiga e’tibor berish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ta’sir qiladi.
Yosh ishchilarni o‘z ishlariga sodiqlik bilan qarashi, ishda tartib saqlashi ham mehnatni ilmiy tashkil etishning tashkiliy elementlaridan biridir.
Mehnatni ilmiy tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
Tashkil qilish usullarini ishlab chiqishda bozor iqtisodiyotining yangi usullarini, fan va texnikaning, ishlab chiqarishning ilg‘or usullaridan foydala-nish natijasida bir dona mahsulot uchun mehnat sarfini aniqlash tadbirlarini tuzish.
Mehnatni ishchilar orasida taqsimlashda samarali usullardan foydalanish. Har bir ishchini o‘zining sohasi bo‘yicha ish bilan ta’minlash, mehnatni jamoa bilan birgalikda tashkil etish, bir necha kasbni egallash va ularni bir-biriga bog‘lab olib borish.
Mehnatni me’yorlashni takomillashtirish. Agar me’yorlar qo‘llanilmagan bo‘lsa, ishlab chiqarish texnik sharoitlar yaratilmagan bo‘lsa, ishlab chiqarishda tashkil qilish imkoniyatlari hisobga olinmagan bo‘lsa, texnik va iqtisodiy hisobotlar to‘g‘ri bo‘lmasa mehnatni ilmiy tashkil etib bo‘lmaydi.
Mehnat sharoitlarini tubdan yaxshilash uchun quyidagilarni ta’minlash zarur: sanitariya-gigiena va sanoat estetikasi, mehnat sharoitini yaxshilash, dam olishni tashkil etish.
Korxonaning ilg‘or ishchilarini motivatsiyalash natijasida, mehnat intizomi, bir - biriga munosabati yaxshilanadi.
Korxona(birlashma)larda MITning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
ishlab turgan texnika va texnologiyalardan ratsional ravishda foydalanish;
texnologiya sikli doirasidagi ayrim vazifalarni kombinatsiyalash;
xodimlarni tanlash va malaka darajasiga qarab ish joylariga qo‘yish;
mehnatning ilmiy jihatdan asoslangan uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
ish joylarida ishchilarga maksimal darajadagi ishlar va maksimal darajada ishlash va ularga shart-sharoitlar yaratib berish;
ishlab chiqarish jarayonida eng muhim bo‘lgan ichki bo‘g‘in (kollektivlar) faoliyatini yaxshilash va maqbul shakl uslublaridan foydalanishning oqilona ish tartiblarini tatbiq etish asosida yangi uslublardan foydalanish, xo‘jalik ehtiyojlarini qondirish va ulardan foydalanish manfaatdorligini oshirish uchun moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish;
muntazam ravishda xodimlar malakasini oshirish va ilg‘or ish uslublarini tadbiq etish;
ishchilarni normal sharoitda mehnat qilishlari uchun qulay sanitariya-gigiena, psixofiziologik, estetik mehnat muhofazasini ta’minlash kabi tadbirlarni yaratib berish;
oqilona mehnat qilish va dam olish rejalari jadvalini tuzish va joriy etish.
Dostları ilə paylaş: |