Mustaqil ish mavzu: suv resurslaridan foydalanish yo'llari


Yerdan foydalanish darajasi va samaradorligini oshirish yo`llari



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix20.09.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#146193
1   2   3   4   5   6   7   8   9
QISHLOQ XO\'JALIGIDA SUG\'ORISH VA SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH YO\'LLARI

 Yerdan foydalanish darajasi va samaradorligini oshirish yo`llari 
 


Yerdan va suv samarali, oqilona foydalanish kelajak talab qilayotgan 
zaruratdir. Yer va suv resurslaridan foydalanish darajasi va samarasini oshirish 
quyidagi yo`nalishlarda amalga oshiriladi:

Eng avvalo, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini yer va suv resurslarining 
talabi va imkoniyatidan kelib chiqqan holda joylashtirish lozim. Masalan, 
suv resurslari cheklangan regionlarda sholi ishlab chiqarishni joylashtirish 
maqsadga muvofiq emas. Katta miqdordagi suvni talab qiladigan ekinlarni 
sho`rlangan yerlarga joylashtirish ham samaradorlikni pasayishiga sabab 
bo`ladi. Albatta, mamlakat oziq – ovqat havfsizligini ta`minlash, mavjud
resurslardan oqilona foydalangan holda bozor talab qiladigan mahsulotlarni 
ishlab chiqarish va bunda aholining ehtiyojini unitmaslik talab qilanadi. 
Shunga qaramasdan yer va suv resurslarining holatini hisobga olmasdan 
ishlab chiqarishni tashkil etish ma`lum salbiy oqibatlaga olib kelishi 
mumkin. Masalan, kuchli sho`rlangan yerlarga kuzgi don ekinlarini 
joylashtirish yerning unumdorligini pasaytiradi, sho`rlanishni yanada 
kuchayishiga olib keladi va yerdan foydalanish samradorligi pasayadi. Bu 
holatning uzoq davom etishi ushbu yer maydonlarining qishloq xo`jaligi 
maqsadlari uchun mutloq yaroqsiz holga kelib qolishiga sababchi bo`lishi 
mumkin. Chunki kuzga donli ekilgan maydonlarda sho`r yuvish ishlarini 
amalga oshirib bo`lmaydi. Ma`lumotlarga qaraganda 2004 yilda 
Respublikada mavjud qishloq xo`jaligi yerlarining 47,2 foizi sho`rlanmagan, 
17,2 foizi o`rtacha sho`rlangan va 4,2 foizi kuchli sho`rlangan. O`zbekiston 
qishloq xo`jaligi yerlari meliorativ holatiga ko`ra, 38 foizi yaxshi, 53,4 foizi 
qoniqarli va 8,6 foizi qoniqarsiz, meliorativ holati yomon yerlardir. Bu holat 
yomonlashib ketishining oldini olish kerak. 

Yerlarning bir sifat holatidan ikkinchi holatga o`tishi umumiy holda yer 
tranformatsiyasi deyiladi. Yer transformatsiyasi ijobiy (yomon yerlarning 
yaxshi yerlar safiga o`tishi) va salbiy (yaxshi yerlarning yomon yerlar safiga 


o`tishi) bo`ladi. Imkon boricha salbiy yer transformatsiyasiga yo`l qo`ymaslik 
lozim. Yer islohotlarini to`g`ri o`tkazish ham yer va suvdan foydalanish 
samaradorligini oshiradi. Yer duch kelgan kishiga emas, balki yerda ishlash 
tajribasi, bilimi bor kishilarga, xo`jaliklarga berilishi kerak. Bu borada yerdan 
olingan mahsulotga egalik qilish sharoitlarini to`g`ri hal etish talab qilinadi. 
Aks holda yer va suvdan samarali foydalanib bo`lmaydi. 

Eng zarur omillardan biri yer va suvdan foydalanuvchilarning samaradorlikni 
oshirganliklari uchun manfaatdorligini ta`minlashdir.

Tanlangan ishlab chiqarish turini texnologiyani buzmasdan bajarish
melioratsiya va irrigatsiya tadbirlarini o`z vaqtida samarali o`tkazish qishloq 
xo`jaligi ishlab chiqarishi, yerdan foydalanish samaradorligini oshiradigan 
muhim omillardan biri hisoblanadi.

Yer va suvdan foydalanish samaradorligini oshirish ko`p jihatdan ilg`or 
texnologiyani ishlab chiqarishga joriy etish bilan bog`liq. Masalan, suvdan 
foydalanish samaradorligi tomchilatib yoki yomg`ir usulida sug`orishda 
oddiy bostirib sug`orishdigiga nisbatan ancha katta. Suv resurslari 
cheklangan holda bu texnologiyalarning ahamiyati keskin oshadi. 
O`zbekiston Respublikasi suv resurslari juda cheklangan bo`lib, hozirda 
foydalanilayotgan suvning 12-13 foizi mamlakat hududida vujudga keladi. 
Qolgan qismi Qirg`iziston va tojikiston davlatlari hududidan keladi. 
O`zbekistonda 50 daryo bo`lib, shulardan faqat 10tasigina 150km uzunlikda. 
Mamlakatda juda katta kanal va ariqlar tizimi yaratilgan. Ularning uzunligi 
156 ming km.ni tashkil etadi. Ana shu irrigatsiya tizimidan samarali 
foydalanish mamlakatda yer resurslaridan foydalanishning samaradorligini 
oshiradigan omillardan biridir. 

Fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish ham yer va suv resurslaridan 
foydalanish samaradorligini oshiradi. Ishlab chiqarishga paxta va 


bug`doyning tezpishar, suvga chidamli navlarini joriy etish bunga misol 
bo`la oladi. 

Ekologik muhit talablarini hisobga olgan holda kimyolashtirishni 
rivojlantirish ham yer va suv resurslarining samaradorligini oshirishga ijobiy 
ta`sir etadi.

Qishloq xo`jaligiga yaroqli yerlarni suv va shamol erroziyasidan asrash ham 
juda muhim tadbirlardan biridir. Masalan, ekin maydonlarining 2,1 mln. 
gektari shamol, 0,7 mln gektari suv erroziyasiga, shuningdek, mavjud 22,1 
mln. gektar yaylovning 6 mln. gektari shamol va 3 mln. gektari suv 
erroziyasiga uchragan. Bu holat agrosanoat majmuasi iqtisodiyotiga sezilarli 
salbiy ta`sir qiladi. Shu sababli yerlarni asrash asosiy vazifalardan biridir.


Foydalanilgan adabiyotlar: 

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin