Nutqni tinglash qobiliyatini rivojlantirish Nutqni shakllantirishning dastlabki davrida nutqni tinglashga oid asosiy komponentlarni rivojlantirish bir tekisda bormaydi. Chunonchi, nutqni rivojlantirishning birinchi bosqichlarida tinglash e’tiboriga alohida ahamiyat beriladi. Vaxolanki, bunda asosiy mantiqiy vazifa yuqori tovush tinglash qobiliyati zimmasiga tushadi. Bolalar tovush balandligi o’zgarishini nutqning xis-xayajonli xususiyatiga (jaxd qilinsa unga javoban yig’laydilar hamda xushmuomala va mayin munosabatga javoban jilmayadilar) va tembriga (onasi va boshqa yaqinlarini ovozlaridan taniydi) muvofiq holda qarab tanib olishni biladilar, shuningdek so’zning ritmik suratini, ya’ni uning sheva-bo’g’in tarkibini (so’zning bo’g’inlar soni va asosiy urg’uning joyiga bog’liq bo’lgan tovush tuzilishi xususiyatlari) nutq sur’ati bilan birlikda to’g’ri qabul qiladilar.
Kelgusida nutqni rivojlantirishda fonematik tinglash qobiliyatini, ya’ni bir tovushni boshqasidan aniq ajrata olish va buning natijasida ayrim so’zlarni tanish hamda tushunish qobiliyatini shakllantirish muhim o’rin tutadi
Nutqni tinglash qobiliyatini rivojlantirish artikulyatsiya apparatini rivojlantirish bilan uzviy bog’liqdir.
Nutqni tinglash qobiliyatini tarbiyalash bolalarda nutq jarangdorligining turli xil ko’rinishlarini, ya’ni tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish, so’zlarni aniq va tushunarli aytish, ovozni pasaytirish yoki kuchaytirish, nutq balandligi, tezligi, oxistaligi, uni jadallashtirish va sekinlashtirish, tembral ishlov berish (iltimos, buyruq va boshq.) kabilarni qabul qila olish qobiliyatini shakllantirishga qaratilgandir.
Yaxshi rivojlangan nutqni tinglash qobiliyati ona tilining barcha tovushlarini aniq va to’g’ri talaffuz qilishni ta’minlaydi, so’z aytishda uning balandligini to’g’ri boshqara olish va uni oxista sur’atda, ohang jihatdan ifodali qilib so’zlash imkonini beradi
Artikulyatsiya apparatini rivojlantirish Nutqiy tovushlar og’iz bo’shlig’ida shakllanadi, uning shakli va hajmi harakatchan a’zolar: lablar, til, pastki jag’, og’izning yumshoq yuqori qismi, qizilo’ngach holatiga bog’liq bo’ladi. Muayyan tovushni talaffuz qilish uchun zarur bo’lgan nutq organlarining to’g’ri holati va harakati artikulyatsiya deb ataladi.
Artikulyatsiya apparati tuzilishidagi buzilishlar, masalan, qisqa tilosti tuguni, noto’g’ri tishlashish, og’iz yuqori qismining xaddan tashqari balandligi yoki pastligi va boshqa ayrim kamchiliklar tovushni noto’g’ri talaffuz qilishga odatlanishga olib keluvchi dastlabki omillar hisoblanadi. Biroq, agarda bolaning artikulyatsiya apparati organlari harakatchan bo’lsa, u yaxshi tinglash qobiliyatiga ega bo’lsa, bu holda ko’pchilik holatlarda uning o’zi tovush talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etishga qodir.
Agarda bolaning artikulyatsiya apparati harakatida nuqsonlar mavjud bo’lsa (masalan, til kam harakatlansa), bu holda u tovushlarni noto’g’ri talaffuz qilish, sust, noaniq va tushunarsiz nutqqa olib kelishi mumkin.
SHuning uchun tarbiyachining vazifalari quyidagilardan iborat: tilning harakatchanligini rivojlantirish; lablarning yetarli darajadagi harakatchanligini rivojlantirish; pastki jag’ni tovushlarni talaffuz qilish uchun muhim bo’lgan muayyan holatda tutib turishni o’rganish