Mustaqillik bayrami 28 yil


Boshlovchi: Assalom mustaqil O'zbekistonim



Yüklə 223,71 Kb.
səhifə12/25
tarix27.12.2023
ölçüsü223,71 Kb.
#199790
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
1 sentyabr Mustaqillik kuni ssenariylar

Boshlovchi: Assalom mustaqil O'zbekistonim


Assalom qudratli nurli bo'stonim
Mustaqillik mangu bo'lsin
Bizdek farzandlaring doim bor bo'lsin!
Boshlovchi: Vatan! Ne-ne aziz insonlar voyaga yetgan, uning porloq istiqboli, fazli kamoli uchun jon fido etgan zamin. El borki, Vatan bor. Vatan borki, el bor. Elsiz vatan biyobon, Vatansiz el- darbadar. Shuning uchun qadimda elim deya Vatansiz, el e'zoz etganlar. El qadri bilan yashagan kishilarni vatanparvar deya ardoqlaganlar.
O'quvchi: Begona yurtga- bahor ham go'zal emas.
O'quvchi: Kishi Vatansiz bulbul qo'shiqsizdir.
O'quvchi: Yashash Vatanga xizmat qilish deb bejiz aytilmagan.
O'quvchi: Onamdek ardoqli azizsan Vatan
Sen menga qadrdon tug'ilgan makon
Men seni avaylab, asrayman har choq
Vijdonimdek toza, tushurmasdan dog'.

(Ashula «Men nechun sevaman O'zbekistonni»)


Boshlovchi: Jonajon yurtimizni mustaqil Vatan deb ataymiz bu ko'hna diyor torlarini shundayin chertib yubordiki, endi uning sehrli va mazmun sadalaridan dunyo mamlakatlari ko'z o'ngida O'zbekiston siymosi namoyon bo'lmoqda. Bugun biz istiqbolimizni, erkimizni, mustaqilligimizni sharaflaymiz, bayramimizni qo'shiqlarda kuylaymiz.
O'quvchi: Bugun bayram xalqim ozod
Erk bayrami yurtim obod.
Mustaqillik bayrami erkindir til
Quvonch shodlik bayrami
Quvonchda yuragimiz
Ko'chalarni to'ldirib biz.
O'quvchi: Mustaqillik, kuylayman seni
Bor ovozim kuylarim bilan
Kerak bo'lsa qo'llarim bilan
Mustaqillik kuylayman seni
Bor san'atim san'atim bilan
Mustaqillik asrayman seni
Kerak bo'lsa hayotim bilan
Bayram kuyin chalamiz
Baxtiyormiz, erkin quvnoq
Erkin bayram qilamiz
Axir bugun bayram yurtimiz to'yi
Boshlovchi: Bog'ida yayrab o'sdim diyorim
O'zimda mening erk ixtiyorim
Quyosh o'lkasi mangu bahorim
Chiroyga to'lgan O'zbekistonim
Shirin orzuday so'lmas bog'laring
Tuprog'ing oltin kondir tog'laring
Boshlovchi: Aziz bolajonlar bizning serquyosh hur o'lkamiz ezgulikda o'zining madhiyasi, gerbi, bayrog'iga konstitutsiyasiga ega. O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i Oliy Majlisning navbatdan tashqari o'tkazilgan VII sessiyasida 1991-yil 18-noyabr kuni tasdiqlangan.
O'quvchi: Barog'imda yulduzlar bor, oylar bor
Yashil rangda yashnab turgan joylar bor
Oqligida oppoq tilak o'ylar bor
Hilpiragan sayin ko'zim quvonadi
Yurtimizni dadil olg'a boshlaydi.
O'quvchi: Bayroqdagi oq rang muqaddas tinchlik ramzidir. Oq rang poklik, beg'uborlik, soflikni orzu va hayollar tozaligini bildiradi.
O'quvchi: Yashil rang tabiatning yangilanish ramzi. U ko'pincha xalqlarda navqironlik, umid va shodlik timsoli hisoblanadi.
O'quvchi: Qizil chiziqlar vujudimizda jo'shqin urib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlaridir.
O'quvchi: Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an'analarimiz bilan bog'liq. Yulduzlar xalqlar uchun ilohiy timsol sanalgan. Davlat bayrog'idagi 12 yulduz tasviri ham an'analarimiz qadimiy quyosh yilnomasiga bevosita aloqadordir.
Boshlovchi: O'zbekiston Respublikasining davlat gerbi oliy Majlisning X sessiyasida 1992-yil 3-iyul kuni tasdiqlangan.
O'quvchi: Hadislardan Vatanni sevmoq iymondandir dkyiladi. Bu vatanparvarlikning ham milliy ham umuminsoniy jihatlaridir.
Boshlovchi: Vatanni sevish deganda
O'quvchi: O'z xalqining tarixini yaxshi bilish va u bilan faxrlanish
O'quvchi: Qadimiy obidalar, mislsiz imoratlar, ajdodlar yaratgan boy moddiy meroslarni ko'z qorachig'iday asrash.
O'quvchi: Go'zal va ma'noli urf odat, rasm-rusm va udumlarni qadrlay bilish ularni davom ettirish.
O'quvchi: Milliy adabiyot, musiqa memorchilik va barcha an'analardan rohatlanish ularni asrash va rivojlantirish
Boshlovchi: Ajoyib Vatandoshlr ajdodlar Amir temur, At.termiziy, Bahouddin Naqshbandiy nomi bilan ularning ulug' ishlari va shunday ajoyib xalq, yurt hamda uning boy tili va madaniyati bilan faxrlanish lozim.
O'quvchi: Yurtim senga she'r bitdim bu kun
Qiyosingli topmadim aslo
Shoirlar bor o'z yurtini butun
Qanotida kumush diyori.
Bir o'lka bor dunyoda biroq
Bitilmagan dostondir bari
Faqat ojiz qalamim manim
O'zbekiston Vatanim manim
(Raqs va qo'shiqlar ijro etiladi)
Mavzu: Tillarda Vatan madhi.
O`qituvchi kasb mahoratining shakllanishida qobiliyat muhim ahamiyatga ega. Chunki pedagogik ko`nikma negizida o`quvchi bilan amalgam oshirishi lozim bo`lgan ta`lim va tarbiyaviy munosabat turadi. Ana shu munosabatning uzluksiz va barqaror tus olishi muayyan pedagogic texnologiyani keltirib chiqaradi. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” asosida yaqin yillarda ta`limning mutlaqo yangi metidikasi ishlab chiqiladi. Bu esa yangicha pedagogic mahorat talab etadi. Pedagogik texnologiya-pedagogik mahoratni amalgam qo`llash to`g`risidagi fan. Shunga ko`ra pedagogic texnologiyada o`qituvchining metodik mahorati muhim ahamiyat kasb etadi. Aniqroq qilib aytganda, yangi metodik mahorat-yangicha pedagogik texnologiya demakdir. Yangicha pedagogic texnologiyaning asosiy maqsadi va vazifasi yangi metodik mahoratni o`rganish, umumlashtirish va ommalashtirishga qaratilgan bo`ladi. Xulosa qilib aytganda bilim va qobiliyatining yuzaga chiqishi o`qituvchining ijodkorligi, yangi pedagogik texnologiyasini kasb-mahorati asosida amalgam tatbiq etishdir.
Buning uchun o`qituvchi o`z ustida ishlashi, tinimsiz izlanishi ta`limning yangi usullaridan foydalanishi, dars berish jarayonida ko`rsatmali qurollardan, texnika vositalaridan, tarqatma materiallardan, test savollaridan unumli foydalanishi kerak. Darslarni DTS lari talablari, pedagogic texnologiya usullari asosida tashkil qilib dars – sahna, dars –suhbat, dars – sayr ko`rinishida o`quvchilarga bilim berishga erishish kerak. Darslarni milliylik asosida tashkil qilish, noananaviy darslar, hamda andozasiz darslar tashkil qilish o`qituvchining qobiliyatiga va mahoratiga bog`liq deb o`ylayman. Men o`z ish tajribamdan kelib chiqqan holda birinchi sinf o`qish darslarning sinfdan tashqari o`qish –mashg`ulotda Bolalar haqida hikoya va ertaklar mavzularini o`tishda men dars-sahna, suhbat, sayr usullaridan foydalandim.
O`quvchilarga vatan haqidagi bilimlarini yanada mustahkamlash va boyitish hamda o`quvchilarni fikrlash qobiliyatini o`stirish maqsadida “Vatan tuyg`usi” nomli ertalik o`tkazdim.

  1. O`zbekiston Madhiyasi kuylanadi


Yüklə 223,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin