Madhiya yangraydi, hamma qo’li ko’ksida madhiyani kuylaydi.
Sahnaga bir bola bayroq ko’tarib kiradi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni e’lon qilgan kundan ko’p o’tmay Respublikamizning Davlat bayrog’i tasdiqlandi. Bu shonli voqea 1991 yil 18 noyabrda 12-chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari 7 sessiyasida bo’lib o’tdi.
Davlat gerbi:
O’zbekiston Respublikasi ham o’z Davlat gerbiga ega bo’lib, gerb 1992 yil 2 iyulda 12 chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 10 sessiyasida tasdiqlangan.
Milliy valyutamiz:
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimovning 1994 yil 16 iyundagi O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to’g’risidagi farmoni bilan O’zbekiston Respublikasida o’z milliy valyutamiz, ya’ni so’m 1994 yil 1 iyuldan muomalaga kiritildi.
Raqs: «Vatanim»
Bu dunyoda chamanlar ko’p
Bu dunyoda Vatanlar ko’p
Barchasida yashnar gullar
Barchasida yayrar dillar
Chorlar ezgu yo’llar meni
Ajdodlarim qo’llar meni
Bu Vatanda to’kmasman yosh
Bu Vatanda egmasman bosh.
Vatan ona biz unga farzand
Bir chinorning barglari monand
Dildan dilga yo’l olur qo’shiq
Ko’ngillarni etgaydir payvand.
Raqs: «Juftlik»
Qo’shiqlarda Vatan ma’nosi
Qo’shiqlarda xalqim sadosi
Vatan kuyin yangratsa dillar
Yangrar yurtning yeru samosi
Vatan oltin belanchagimiz
Biz Vatanning kelajagimiz
Vatan agar buyuk bog’ bo’lsa
Bizlar uning kelajagimiz.
O’zbekiston Vatanim onam
Nur taralar gul bog’laringdan
Oltin beshik aziz ostonam
Baxtim topdim gul bog’laringdan.
Eshik taqillab musiqa ostida Jumavoy kirib keladi. :
Bola: Iye, sen kim bo’lding?
Dostları ilə paylaş: |