"Экономика и социум" №8(87) 2021 www.iupr.ru
302
Musurmonova M.
Chirchiq davlat pedagogika instituti
«Boshlang’ich ta’lim» kafedrasi o’qituvchisi
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA UZUNLIK VA YUZA
O’LCHOV BIRLIKLARINI O’RGATISH USULLARI
Annotatsiya: Maqolada bo’lajak boshlang’ich sinf o’quvchilariga
o’quvchilarda uzunlik haqidagi tasavvurni shakllantirish, uzunliklarni o’lchov
birliklari bilan tanishtirish metodikasi, yuza haqidagi tushunchalarni o’qitish
metodikasi yoritilib, foydalanish uchun amaliy tavsiyalar berilgan.
Tayanch so’z va iboralar: Kesma, uzunlik, "uzunroq", "qisqarog", uzunlik
birligi, ko`pburchakning tomonlari, santimetr, detsimetr, chizg`ich, kilometr,
geometrik figuralar, yuza.
Musurmonova M.
lecturer
department of primary education
Chirchik State Pedagogical Institute
METHODS OF TEACHING LENGTH AND SURFACE UNITS FOR
PRIMARY SCHOOL STUDENTS
Abstract: The article describes practical techniques for future junior
schoolchildren to form students' ideas about length, methods of entering lengths
in units of measurement, methods of teaching representations of surfaces.
Key words: section, length, "longer", "shorter", unit of length, sides of a
polygon, centimeter, decimeter, ruler, kilometer, geometric shapes, surface.
Kesma uzunligi tushunchasi predmetlarni uzunligi bo`yicha taqqoslash
asosida kiritiladi. Masalan, o`qituvchi bolalarga ikki bo`lak lentani, ixtiyoriy
uzunlikdagi ikkita qog`oz poloskani va hokazolarni ustma-ust qo`yish yo`li bilan
taqqoslashni (qaysi lenta uzun, qaysinisi qisqa ekanini bilishni) taklif qilishi
mumkin. Amaliy ishlar bunda ularning so`zlar yordamidagi ifodalari bilan
kuzatiladi. "Uzunliklari bo`yicha teng", "Uzunliklari bo`yicha teng emas"
so`zla-rining mazmunlari "bir xil", "uzunroq", "qisqarog" kabi tushunarliroq
so`zlar orqali aniqlanadi. Shundan keyin, yana amaliy ishlar asosida, masalan,
poloskalar yordamida bolalar kesmalarni taqqoslashni, kesmalardan birini
ikkinchisi ustiga bevosita qo`yib bo`lmaydigan hollarda, o`rganadilar. Shu.
maqsadda o`quvchilar qog`oz poloskaning chetiga qalam bilan bir kesmaning
boshi va oxirini belgilaydilar, so`ngra poloskani boshqa kesma yoniga
qo`yadilar. Ko`pburchak tomonlarini taqqoslashni shunday usul bilan bajarish
maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: |