Musurmonova M. Chirchiq davlat pedagogika instituti


"Экономика и социум" №8(87) 2021 www.iupr.ru



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix09.06.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#127347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
boshlang-ich-sinf-o-quvchilariga-uzunlik-va-yuza-o-lchov-birliklarini-o-rgatish-usullari (1)

"Экономика и социум" №8(87) 2021 www.iupr.ru
 
305 
yo`l qo`yishga olib keladiki, bunda kesma yasash yoki o`lchashda sanoq boshini 
chizg`ichda noldan emas birdan boshlaydilar. Bundan keyin shkalasi 
raqamlangan chizg`ich bilan ishlashda o`lchashda hatolarga yo`l qo`yuvchi 
o`quvchilarga individual yaqinlashish maqsadida santimetr modelidan yoki 
santimetr shkalali qog`oz poloskadan foydalanish zarurligini ham ta`kidlab 
o`tamiz. 
O’quvchilar o`lchashda chizg`ichdagi chiziqchalarni emas, balki kesmaga 
o`lchov necha marta joylashishini aniqlashni o`rganib olganlaridan keyin 
santimetrli bo`limlarni raqamlar bilan belgilash mumkin. O’qituvchi 
o`quvchilarning e`tiborini har gal o`lchashda santimetrlarni sanash juda noqulay 
ekaniga qaratadi va ularga bunday savol beradi: "o’lchashni tezlatish va oson-
lashtirish uchun nima qilish kerak`". Bolalar odatda to`g`ri javob beradilar: 
bo`linishlarni raqamlar bilan belgilash kerak. O’qituvchi chiziqchalarni emas
balki kesmalarni-santimetrlarni sanash kerakligini yana bir marta ta`kidlaydi. 
Sanoq 
boshlanadigan 
chiziqcha 

raqami 
bilan 
belgilanadi. 
Ba`zi 
mamlakatlarda, 
masalan, 
Chexoslovakiyada 
santimetrlar 
shkalasining 
boshlang`ich chiziqchasini nol` bilan belgilanmaydigan maxsus chizg`ichdan 
foydalanilishini aytib o`tish bolalar uchun qiziqarlidir. 
O’qituvchining muhim vazifalaridan biri bu bolalarga chizg`ichdan 
foydalanish qoidasini tushuntirishdir: chizg`ichning bo`linishlari tushirilgan 
qirrasi faqat o`lchashlar uchun hizmat qiladi, to`g`ri chiziq kesmalarini chizishda 
shkalali qirrasiga qarama-qarshi qirrasidan foydalaniladi. Chizg`ich kir bo`lib 
qolmasligi, o`tkaziladigan kesma aniq bo`lishi uchun chizishni faqat qalamda 
bajarish kerak. Chizg`ich qog`ozga shunday joylanishi kerakki, o`lchanayotgan 
yoki chizilayotgan kesma uning yoritilgan qirrasi tomonida bo`lsin. O’qituvchi 
o`quvchilarga chizmachilik asboblarini tartibli saqlash kerakligini tushuntirishi 
kerak: chizg`ich va go’niya toza bo`lishi kerak, chizqichning bo`linmalari aniq 
ko`rinib turadigan bo`lishi, qalamlarning uchlari o`tkir qilib chiqarilgan bo`lishi 
lozim. 
O’quvchilarni uzunlikning yangi birligi - dedsimetr bilan tanishtirish 
ikkinchi o`nlikni o`rganish munosabati bilan boshlanadi. Yuqorida qaralgan 
chizg`ich (qog`oz poloska) aslida dedsimetrning raqamlanmagan qog`oz 
modelidir. har bir o`quvchi shunday modellardan bir qanchasini yasashi 
muhimdir. O’quvchilar detsimetr modeli bilan ham santimetr modeli yordamida 
bajarganlaridek ishlarni ya`ni o`lchashlar va yasashlarni bajarishadi. 
Dedsimetr modeli yordamida o`lchashlarga doir ba`zi mashqlarni 
keltiramiz: 
1. Detsimetrning uchta modelini bir qatorga qo`ying. qanday uzunlikda 
poloska hosil bo`ldi. 
2. Qog`oz lenta (ip yoki kanop) dan uzunligi 3 dm (yoki boshqa songa 
teng) bo`lgan bir bo`lak o`lchang va poloskaning shu qismini qirqib oling.
3. To`g`ri chiziqda berilgan nuqtadan boshlab ikki marta detsimetr 
qo`ying va boshqa bir nuqta qo`ying, hosil bo`lgan kesma uzunligini ayting. 



Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin