Musurmonova M. Chirchiq davlat pedagogika instituti


"Экономика и социум" №8(87) 2021 www.iupr.ru



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix09.06.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#127347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
boshlang-ich-sinf-o-quvchilariga-uzunlik-va-yuza-o-lchov-birliklarini-o-rgatish-usullari (1)

"Экономика и социум" №8(87) 2021 www.iupr.ru
 
304 
qo`yishlarini (ikkinchi uchida) kuzatib boradi. Ikkinchi belgi 2 sm ajratib 
sanalganini bildiradi. Shunga o`xshash ish (har gal belgi qo`yib) qo`yilayotgan 
belgilardan oxirgisi o`lchanayotgan kesmaning keyingi uchi bilan ustma-ust 
tushmaguncha bajarilaveradi. Bu holda o`quvchi kesmaga qo`yilgan santimetrlar 
sonini sanab, santimetrlarning butun sonini topadi. Agar belgilar ustma-ust 
tushmasa, o`lchash natijasi taqriban ifodalanadi: 5 sm cha, 5 sm dan biroz 
kam yoki biroz ortiq Berilgan uzunlikdagi kesmani santimetr modeli yordamida 
yasashda, shuni kuzatib borish kerakki, har qaysi o`quvchi oldin to`g`ri chiziq 
o`tkazsin; to`g`ri chiziqda nuqta (kesma uchlaridan biri) belgilasin va bu 
nuqtadan boshdab biror yo`nalishda santimetrlarni keragicha sonda qo`yib 
chiqsin (har gal qalam bilan belgilab); qalam bilan kesmaning ikkinchi uchini 
belgilasin. 
Shuni ta`kidlash kerakki, berilgan kesmani o`lchashda (1-masala) har 
doim ozmi-ko`pmi sezilarli qoldiqlar chiqadi. Bu bajarilayotgan ish mohiyatini 
tushunishni qiyinlashtiradi. Shu sababli, ishni berilgan uzunlikdagi kesmani 
ko`rsatilgan ikki usul bilan yasashdan boshlash maqsadga muvofiq (2- ma-sala). 
Kesmalarni o`lchashning puxta ko`nikmalarini shakllantirish maqsadida 
bolalarni faqat qog`ozga chizilgan kesmalarni o`lchash bo`yicha mashq qildirib 
qolmay, balki bu maqsadda boshqa obektlarni, masalan, qalamdon, daftar va 
boshqa uncha katta bo`lmagan predmetlarni o`lchash bo`yicha ham mashq 
qildirish kerak. Ko`pburchakning tomonlari o`lchash obektlari bo`lishi ham juda 
muhimdir. 
Bundan keyin yuqorida aytib o`tilgan ikki masalani yechishda santimetr 
modelidan foydalanishdan chizg’ichdan foydalanishga o`tish tavsiya etiladi
chizg`ichni o`quvchilar katakli qog`oz varag`idan yasashadi. Bunday chizg`ich 
hosil qilish uchun o`qituvchi katak daftarning bir necha varag`ini poloskalar 
shaklida qirqadi va o`quvchilarga tarqatadi va poloskalarda santimetrlarni 
qanday belgilashni ko`rsatadi (bunda u qog`oz kataklarini bitta oralatib sanaydi 
yoki santimetr modelidan shu maqsadda foydalanadi). 
Bir santimetrli kesma bu poloskaga hammasi bo`lib 10 marta ketma-ket 
qo`yiladi. Uzunligi 1 dm bo`lgan poloskaning oxirlari kesilishidan hosil bo`lgan 
qog`oz polosa chizg`ichning modeli bo`ladi. Bunday chizg`ichning santimetrli 
shkalasi bo`linishlarini raqamlar bilan belgilash tavsiya etilmaydi. Bu sanoq va 
o`lchash protsesslarini birlashtirish uchun ham, bolalarning kesma uzunligi bilan 
son orasidagi moslikni tushunishlari uchun ham foydali. 
Tajriba shuni ko`rsatmoqdaki, o`lchashga oid birinchi mashqlarni 
raqamlar qo`yilmagan chizg`ich yordamida ham, santimetr modeli yordamida 
ham bajarish foydali ekan. Bu bolalarga amalda chizg`ichdan foydalanishning 
afzalligini ko`rsatish imkonini beradi, bir xil modeldan foydalanishda boshqa 
modeldan foydalanishga uzluksiz va to`la qonuniy o`tishni amalga oshirish 
imkonini beradi. 
Shuni ta`kidlab o`tamizki, raqamlangan shkalali lineykadan foydalanib 
o`lchamga o`tishga shoshilmaslik kerak. Bu shunday kam uchraydigan hatoga 



Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin