"Экономика и социум" №8(87) 2021 www.iupr.ru 307
II sinfda uzunlik o`lchov birliklari bilan tanishish davom ettiriladi: bolalar
millimetr bilan, keyinrog` esa kilometr bilan tanishadilar. O’quvchilarni
millimetr bilan tanishtirish o`quvchilarni uzunlik o`lchovlari bilan tanishtirish
ishining eng qiyin qismidir. Tanishtirshni santimetrga qaraganda ancha mayda
bo`lgan yangi o`lchov birligini kiritish amaliyotning talabi ekanini ko`rsatishdan
boshlash kerak. Buni o`quvchilarga santimetrlarga bo`lingan qog`oz poloskalar
yordamida oldindan qog`oz varag`lariga chizilgan, masalan, uzunliklari 8 sm 7
mm va 9 sm 2 mm bo`lgan kesmalarni o`lchashni taklif qilb amalga oshirish
mumkin. Kesmalar tagma-tag chizilgan bo`lib, bir xil emasligi yaxshi ko`rinib
turadi. Buning ustiga santimetrlarda hisoblangan uzunlik bir sonning o`zi bilan
ifodalanadi, bu son taxminan 9 ga teng (bunda o`quvchilar hali millimetr bilan
tanishmagan bo`lishadi). Bundan ushbu xulosa chiqariladi: aniqroq o`lchashlar
uchun santimetrga qaraganda kichikroq o`lchov zarur.
Odatda masshtabli chizg`ichdagi bo`linishlarni qarab, o`qituvchi, bitta
mayda bo`linish, ya`ni chizg`ichning ikkita chiziqchasi orasidagi bitta kesma
millimetr deb atalishini aytadi. Bolalar 1 sm da 10 ta mm borligiga ayoniy
ishonch hosil qiladilar. Shundan keyin o`quvchilar o`lchamlarga o`tishadi. Ular
darslikda berilgan kesmalarni va shu darslikda chizilgan figuralarning
tomonlarini o`lchashadi. Oldin bitta asosiy operatsiya - bo`linishlarni hisoblash
o’zlashtiriladi. O`qituvchi, bir metrli chizg`ichdagi kabi (bu chizg`ichda
hisoblash qulay bo`lsin uchun har 5 sm dan keyin uzunroq shtrix o`tkazilgan)
o`quvchilar chizg`ichida har 5 mm dan keyin kattaroq chiziqcha qo`yilishini
tushuntiradi.
Eng muhim narsa shuki, o`quvchilar sanash vaqtida ko`z to`g`ri
joylashtirish malakasini egallab olishlari kerak. Nol belgili nuqtani kesma
oxiri bilan ustma-ust tushurishda va millimetrli bo`linishlarni hisobga olishda
parallaks hodisasi ta`sirini yo`qotish uchun ko`z bilan shunday qarash kerakki, u
holda ham, bu holda ham ko`zni o`lchanayotgan kesmaga, shu kesma oxiridan
o`tkazilgan perpendikulyarga tikib turish kerak. Bu ishning muhim va
tushuntirish uchun qiyin bo`lgan elementidir. Buning qanchalik muhim ekanini
shundan ham bilsa bo`ladiki, millimetrli chizg`ichlar bilan o`lchashda ko`zning
perpendikulyardan 5 sm gina chetlashishi 0,6 mm hatoga yo`l qo`yishga sabab
bo`ladi.
Tushuntirish
g`iyinligi
shundan
iboratki,
o`quvchilar
hali
perpendikulyar tushunchasi bilan tanishmagan bo`ladilar. Shu sababli o`quvchi
bir muncha "hirarog`", tarqoq ko`rsatmalar berishga to`g`ri keladi. Masalan,
"kesma oxiriga qarayotgan ko`zingizni shu nuqta ustiga aniq tiking",
"Millimetrli bo`linishlarni hisoblayotganda yon tomondan qaramang", va h. k.
Uzunlik o`lchovining yangi birligi - kilometr bilan tanishtirilayotganda
uzunlik o`lchovining bu birligi haqidagi tasavvurni shakllantirish maqsadida yer
ustida amaliy ishlar o`tkazish tavsiya etiladi. Bu maqsadda o`quvchilar
o`qituvchi boshchiligida 1 km ga (500 m ga teng) masofani o`tishlari va bu
masofani qancha vaqtda o`tganliklarini aniqlashlari foydalidir. O`tilgan