Musurmonova M. Chirchiq davlat pedagogika instituti


"Экономика и социум" №8(87) 2021 www.iupr.ru



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix09.06.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#127347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
boshlang-ich-sinf-o-quvchilariga-uzunlik-va-yuza-o-lchov-birliklarini-o-rgatish-usullari (1)

"Экономика и социум" №8(87) 2021 www.iupr.ru
 
308 
masofani, yo qadamlar bilan (taxminan 2 qadam 1 m ga teng), yoki ruletka, yoki 
o`lchov lentasi bilan o`lchaydilar. 
Yo`lma-yo`lakay o`quvchilar ba`zi masofalarni ko`zda chamalab mashq 
qiladilar. Agar imkoniyati bo`lsa, yaqindagi aholi yashaydigan punkt va 
shaharlargacha bo`lgan masofalarga oid ma`lumotlarni bilish maqsadida avtobus 
vokzaliga yoki temir yo`l vokzaliga ekskursiyalar o`tkaziladi. Bu materialdan 
keyinchalik darslarda masalalar tuzishda foydalaniladi, 
III sinfda o`quvchilarning uzunlik o`lchovlari birliklari orasidagi 
munosabatlarga oid bilimlari mustahkamlanadi va uzunlik o`lchovlari jadvali 
kiritiladi: 
1 km = 1000 m 
1 m = 10 dm 
1 m = 100 sm = 1000 mm. 
1 dm =10 sm 
1 sm = 10 mm. 
Bu jadvalni o`quvchilar eslab qolishlari kerak. 
Uzunlik o`lchovlari jadvaliga oid bilimlaridan bolalar har xil mashqlarni 
bajarishlarida foydalanishlari kerak. Bunda quyidagidek mashqlar o`rinli 
bo`ladi: 
a) 1 m 1 sm dan necha marta katta 1 dm 1 m dan necha marta 
kam va h. k. 
b) 
1 mm santimetrning qanday qismini tashkil qilad,i 
1 dm (1 sm, 1 mm) metrning qanday qismini tashkil qiladi 
va hokazo. 
v) Sonlarni kilometr va metrlarda ifodalang: 36647 m; 3807 m va hokazo. 
Oxirgi mashqni bajarishda bolalar taxminan bunday mulohaza yuritadilar: 
"36647 sonida nechta minglik va birlik 'borligini bilish kerak. Bu sonda 36 ta 
minglik va 647 ta birlik bor, 1 km bu 1000 m, demak, 36 ming metr bu 36 km; 
36647 m esa 36 km 647 m ga teng" va hokazo. 
3.Geometrik figuralarning yuzasi haqida tushunchalarni o’qitish 
metodikasi. 
Yuza to’g’risida bilimlar IV sinf matematikasida “yuza”, “yuza birliklari” 
mavzusida o’rganiladi. Lekin bu tushunchaga tayyorgarlik ishlari I-II sinfdan 
boshlanadi. 
Masalan, mehnat darslarida qog’ozdan yuzaga ega bo’lgan figulalarni 
qirqib olish tasviriy san’at darslarida ba’zi figuralarni bo’yash bo’yoqning ko’p 
yoki kam ketishi nimaga bog’liqligini bilib boradilar. Rasm solish bilan biror 
figurani yopiq chiziqlar bilan chegaralaydilar, qog’ozning ko’p yoki kam 
ketganligini bilish asosida yuzlarning katta, teng munosabatlar bilan 
taqqoslashini bilib oladilar.
Geometrik figuralarga taalluqli uchburchak, kvadrat, doira to’g’ri 
to’rtburchak kabi figuralarni chizib, uni qog’ozdan kesib oladilar.



Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin