"Экономика и социум" №8(87) 2021 www.iupr.ru 306
4. Partaning, stolning eni va bo`yini, portfel` uzunligini toping.
Agar o`lchashda detsimetr butun son marta joylashmasa, o`lchash natijasi
taqriban ifodalanadi: 3 dm cha, 5 dm dan ozgina ortiq, yoki ozgina kam.
Ishda navbatdagi qadam - kesmalarni santimetr, dedsimetr modellari
yordamida yasashlar va o`lchash. Bu erda ushbu mashqlar o`rinli bo`ladi:
1. 2 dm 4 sm necha santimetrga teng
2. Uzunligi 7 dm (2 dm) bo`lgan kesma necha santimetr bo`ladi
3. Uzunligi 86 sm bo`lgan kesma necha detsimetr va santimetr bo`ladi va
hokazo.
100 ichida nomerlash o`rganilayotganda yangi chizigqli birlik - metr
o`rganiladi. Bu o`lchov bilan tanishtirishning yetarlicha ma`lum bo`lgan usuli
ushbudan iborat. O`qituvchi sinfga bunday savol bilan murojaat qiladi: sinf
xonasining bo`yi va enini santimetr yoki dedsimetr modeli bilan o`lchash
qulaymi, nega noqulay? U bunday hollarda yirikroq chiziqli birlikdan
foydalaniladi, buni metr deb ataladi, deydi. O`qituvchi bir metrli yog`och
chizg`ichni ko`rsatadi va bu chizg`ich metrning modeli ekanini aytadi. Metr
bilan tanishtirishda bolalarga bir metrli yog`och chizg`ichni ko`rsatibgina
qolmay, u bilan qanday o`lchashni ko`rsatishni, bunda bolalarning o`zlari
sinfning, doskaning, eshikning va hokazolarning eni va bo`yini mustaqil topa
oladigan bo`lishi muhimdir. Buning uchun ularning har birida o`zlari (mehnat
darsida) yasagan bir metrli qog`oz lineyka bo`lishi kerak. Metrning modelini
hosil qilish uchun o`quvchilar o`qituvchi boshchiligida uzunligi 10 dm bo`lgan
qog`oz lenta oladilar va dedsimetrlarga, bo`ladilar. Detsimetrga teng bo`limlar
chizig`chalar bilan belgilanadiL Bu chizig`chalar bo`yicha poloska buklanadi va
"garmoshka" kilib tahlab qo`yiladi. Yig`ma qog`oz metr hosil bo`ladi. Shundan
keyin o`quvchilarga ushbu ma`lumotlarni aytish foydali: qo`llar ikki yon
tomonga cho`zib turilganda bir qo`lning panjasidan boshqa qo`l tirsagigacha
bo`lgan masofa bir metrga teng; poldan 8-9 yoshdagi o`quvchining ko`kragicha
bo`lgan masofa bir metrga teng. Shundan keyin ish santimetr va detsimetrlar
bilan tanishtirilgandagidek davom ettiriladi. Bunda ushbu ko`-rinishdagi
mashqlar o`rinli bo`ladi: metrning qog`oz modeli yordamida uzunligi 3 m (4 m)
bo`lgan kanop (lenta va h. k.) o`lchang, sinf polining plintusiga ko`ra uning
bo`yini topiig, bunda har bir o`lchashdan keyin bo`r bilan belgi qo`ying.
Bu ish o`quvchilarni qizig`tirishi uchun metr bilan o`lchamlarni ko`zda
chamalab o`lchashga oid mashqlar bilan qo`shib olib borish kerak. Bolalar
berilgan masofani ko`zda chamalab o`lchaydilar, so`ngra haqiqatda masofa
qanchaligi metrda o`lchab ko`radilar. Shu yo`l bilan bolalar masofani ko`zda
chamalash malakasinigina egallab qolmay, balki metr bilan o`lchash bo`yicha
ham mashq qiladilar. Bunday savollar ham foydali: "Ovqatlanish stoli bir
metrdan balandmi yoki pastmi?", "Utiriladigan stullar yoki kursilar poldan
qancha baland (bir metrdan yuqori yoki past) qilib yasaladi?", "Oddiy
kravotning uzunligi qancha va hokazo.