Muzrabot pedagogika kolleji maxsus fanlar kafedrasi maktabgacha yoshdagi bolalar



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə87/104
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#39438
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   104
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi majmua

2. Ijtimoiy ehtiyojlar bu madaniy, moddiy, ma’naviy,

mehnat qilish, bilish, estetik ehtiyojlardir. Ehtiyojlar ikki gu66

ruhga bo‘linishiga qaramasdan shaxsdagi har qanday ehtiyojlar

ham ijtimoiylashgan bo‘ladi, ya’ni ular o‘sha jamiyat va

muhitdagi qadriyatlar, madaniy normalar va insonlararo munosabatlar

xarakteriga bog‘liq bo‘ladi (kundalik ovqatlanish, to‘ydagi ovqatlanish).

Madaniy ehtiyojlar, madaniyat to‘g‘risida mulohaza yuritilganda,

uning ijtimoiy ildizlari kishilik tarixining dastlabki

manbalari bilan uzviy bog‘lanib ketishini ta’kidlab o‘tish

lozim. Lekin tabiiy ehtiyojlar madaniy ehtiyojlar bilan o‘zaro

uyg‘unlashgan bo‘lib, birinchisi ikkinchisini taqozo etadi,

chunki ular biri-birining negizidan kelib chiqadi. Shu bois

madaniy ehtiyojlar obyektiga tabiiy ehtiyojlarni qondiruvchi

uy-ro‘zg‘or buyumlari, mehnat faoliyati orqali boshqa kishilar

bilan bog‘lanish vositalari, madaniy aloqalar o‘rnatish usullari,

shaxslararo muomalaga kirishish uslublari, ijtimoiy turmush

zaruriyatiga aylangan narsalar, o‘qish va tajriba orttirish

yo‘llari kiradi. Psixologiya fanida ehtiyojlar o‘z xususiyatiga ko‘ra moddiy

va ma’naviy turlarga ajraladi va ularni keltirib chiqaruvchi

mexanizmlar manbai ham turlicha ekanligi e’tirof etiladi.

Insonning ovqatlanish, kiyinish, uy-joyga ega bo‘lish,

maishiy turmush ashyolariga intilish, komfort hissini qondirish

bilan bog‘liq madaniy-maishiy buyumlarga ehtiyoj sezishi

moddiy ehtiyojlar majmuasini yuzaga keltiradi. Ma’naviyatni

yaratish va o‘zlashtirish, shaxsning o‘z fikr-mulohazalari va

his-tuyg‘ulariga binoan boshqa odamlar bilan muomalaga

kirishishi hamda axborot almashtirish, badiiy va ilmiy adabiyotlar

bilan tanishish, mahalliy matbuotni o‘qish, kino va

teatrga borish, musiqa tinglash kabilarga ehtiyoj sezish, ya’ni

ijtimoiy ong mahsuliga tobelik ma’naviy ehtiyojlar tizimini yuzaga

keltiradi. Ma’naviy ehtiyojlar moddiy ehtiyojlar bilan uzviy bog‘liq

bo‘lib, vujudga kelgan ma’naviy ehtiyojlarni qondirish jarayonini

moddiy ehtiyojlarning tarkibiga kiruvchi moddiy narsalar

yordamida amalga oshiriladi, chunonchi, kitob, yozuv qog‘ozi

va boshqalar. Insonda madaniy va ma’naviy ehtiyojlar turmush

tajribasining ortishi, bilim saviyasining kengayishi, maxsus mashqlar egallanishi, ijtimoiy hayot qoidalariga uzluksiz ravishda rioya qilishi, narsa va hodisalarga munosabatining o‘zgarishi tufayli rivojlana boradi. Odam tobora kamolga yetgan sayin uning oldida yangicha talablar ko‘ndalang qo‘yiladi, ularni bajarish esa ehtiyojning yangi, nisbatan murakkab, mohiyat jihatidan teran xususiyat kasb etuvchi

shakllarini vujudga keltiradi, ularning qondirilishi esa tuzilishga ega vositalarni

taqozo etadi. Motiv va motivatsiya Ehtiyoj asosida odamda faoliyatning motivlari, ya’ni muayyan ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq ichki turtki kuchlar

paydo bo‘ladi. Shunday qilib, motiv odamni faoliyatga undovchi

sababdir, maqsad esa odamning nimagadir intilishi, muayyan

ishni bajarishidir. Maqsad hamisha ham motiv bilan mos

kelavermaydi. Ammo odamning maqsadi faoliyatning motiviga

aylangan taqdirdagina muhim omil bo‘la oladi. Bunda odamda

o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani mumkin qadar yaxshiroq bajarishga

intilish paydo bo‘ladi. Bu esa uning ehtiyoji bo‘lib qoladi.

Bu sistemada maqsadlardan biri eng yaqin, boshqalari olisroq

maqsadlar hisoblanadi. Faoliyat motivlari xuddi shu singari

eng yaqin yoki qisqa muddatli va olis motivlar bo‘ladi. Agar

odam faqat qisqa vaqtga mo‘ljallangan motivlar bilan ish ko‘rsa,

uning faoliyati istiqbolga ega bo‘lmasligi mumkin. Bu esa odamning

qiziqishlari cheklanganligidan yoki unda zarur

prinsipiallikning yo‘qligidan dalolat beradi. Eng yaqin motivlargagina

amal qilgan holda ish tutuvchi kishilarning odatda

o‘z oldilariga qo‘yadigan maqsadlari ham yengil bo‘ladi. Bu

toifa odamlar katta qiyinchiliklarni yengishga odatlanmagan

bo‘ladi. Olisni ko‘zlab ish ko‘ruvchi odam yaqin maqsadlarga

o‘z faoliyatining bosh maqsadiga erishish yo‘lidagi zarur bosqich,

pog‘ona sifatida qaraydi. Qiyinchiliklar bunday odamlarni

ishdan voz kechishga unday olmaydi, ayrim muvaffaqiyatsizliklar

bunday kishilarning o‘z oldilariga qo‘ygan vazifalarini amalga oshirishlarini susaytirmaydi, balki kuchaytiradi, xolos.

Faoliyatning amalga oshirish va shaxs xulq-atvorini tushuntirish

uchun psixologiyada motiv va motivatsiya tushun68

chalari ishlatiladi.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin