Muzrabot pedagogika kolleji maxsus fanlar kafedrasi maktabgacha yoshdagi bolalar



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə83/104
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#39438
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   104
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi majmua

Nazorat savollari:

1. Xarakter deb nimaga aytiladi?

2. Xarakterning fiziologik asoslari nimalardan iborat?

3. Kishi munosabatlari xarakterda qanday ifodalanadi?

4. Xarakter xususiyatlarini farqlab bering.

5. O‘z-o‘zini tarbiyalash to‘g‘risida so‘zlab bering


Uyga vazifa

O’tilgan mavzularni mustahkamlash.

31-Mavzu: Shaxsning hayoti va faoliyati

Reja:

1.Shaxsning hayoti va faoliyati haqida tushuncha

2. Shaxsning umumiy rivojlanish faoliyati

3.Xulosa

«Shaxs» tushunchasi psixologiyada eng ko‘p qo‘llaniladigan

tushunchalar sirasiga kiradi. Psixologiya o‘rganadigan barcha

tarmoqlar aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi. Inson

psixologiyasi bilan qiziqqan har qanday olim yoki tadqiqotchi

shaxsning jamiyat bilan aloqasini chetlab o‘tolmagan. Abu Nasr

Farobiy, A. Navoiy, Ibn Sino, Beruniy kabi yuzlab sharq allomalari

ham bu o‘zaro bog‘liqlikning falsafiy va ijtimoiy sirlarini

ochishga o‘zlarining eng durdona asarlarini bag‘ishlagan.

Har bir odam konkret shaxs sifatida odamlar qurshovida

yashaydi, ma’lum guruh yoki jamoa qurshovida bo‘ladi.

Guruh va jamoalar doim o‘zgarib turadi. Shaxs esa ana shu

o‘zgarishlarga moslashib shu guruhdagi murakkab munosabatlarga

kirishishi kerak. Shaxs ijtimoiy mavjudot bo‘lib odamlardan

alohida yashay olmaydi. Odam bolasi individ sifatida dunyoga keladi, o‘z hayotini

davom ettirish uchun tug‘ma, shartsiz reflekslarga, nerv sistemasining

tiplariga ega bo‘ladi. Keyinchalik shu reflekslar asosida

ma’lum munosabatlarga kirisha boshlaydi. Biz katta yoshdagi

odamni ham, chaqaloqni ham, tilni va oddiy malakani

egallay olmaydigan telbani ham individ deymiz. Individ qachonki

jamiyatga foydasi tegadigan bo‘lib, odamlar bilan ongli

munosabatda bo‘lgandagina shaxs bo‘la oladi.

Shaxs ijtimoiy munosabatlar yig‘indisidir. Odam bolasi

tug‘ilishidanoq ma’lum biologik belgilarga ega bo‘lib, u ijtimoiy

tajriba orttirish jarayonida shaxs bo‘lib shakllana boshlaydi.

Shaxs ma’lum jamiyatning a’zosi bo‘lib, shu jamiyat

a’zolari bilan ijtimoiy munosabatlarga kirishadigan konkret insondir.

Kelib chiqishi jihatidan ijtimoiy bo‘lgan, o‘z e’tiqodiga,

qarashlariga, munosabatlariga, baholariga ega bo‘lgan subyekt

shaxs deb ataladi. Odam ijtimoiy jamiyatda, konkret odamlar

bilan ijtimoiy munosabatlar jarayonida shaxs sifatida tarkib

topa boshlaydi. Har bir kishining shaxsi uning individualligini

vujudga keltiradigan xislatlar va fazilatlar birikuvidan tarkib

topadi. Individuallik kishining o‘ziga xosligini, uning boshqa

odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir.

Individuallik temperament va xarakter xususiyatlarida,

odatlarda, ustun darajadagi qiziqishlarda bilish jarayonlariga

oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur, tasavvurlar)da,

qobiliyatlarda, faoliyatning shaxsga xos uslubida va hokazolarda

namoyon bo‘ladi. Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning

bir xildagi birikmasini o‘zida mujassamlashtirgan inson shaxsi

o‘z individualligi jihatidan betakrordir.

«Individ» va «shaxs» tushunchalari bir-biriga o‘xshash

bo‘lmagani singari, o‘z navbatida, shaxs va individuallik

ham birlikni tashkil etadi, lekin ular bir-biriga o‘xshash

emasdir. Kishining katta sonlarni «ichida» juda tez qo‘sha

olish va ko‘paytirishi kabi qobiliyati, epchilligi va qat’iyatliligi,

o‘ychanligi va tirnoqlarini tishlash odati, bo‘lar-bo‘lmasga kulaverishi

va boshqa xislatlari uning individualligi belgisi sifatida

namoyon bo‘ladi. Masalan: epchillik va qat’iylik o‘spirinning

individualligi belgilari bo‘lib, jumladan, u sportda tuman

birinchiligiga da’vogar komandaga qo‘shilmagunga qadar, uzoq

joylarga turistik sayohat paytida u tez oqar va muzdek daryodan

kechib o‘tishini ta’minlash vazifasini o‘z zimmasiga olmagunga

qadar uning shaxsini ta’riflaydigan belgi sifatida yuzaga

chiqmasdan keladi. Kishining individual xususiyatlari ularga

shaxs sifatida mazkur kishi subyekt hisoblangan shaxslararo

munosabatlar sistemasida zarurat tug‘ilguncha ma’lum vaqtga

qadar «soqov»ligicha qolib ketadi. Shunday qilib individuallik

inson shaxsiga xos fazilatlarning faqat bitta jihati bo‘lib

hisoblanadi, xolos. Aynan shu sababli ham, pedagog uchun

ahamiyatli bo‘lgan bolalariga individual yondashishni amalga

oshirish vazifasini ajratib ko‘rsatish kerak. Bu esa bolalarning

psixologik xususiyatlarni hisobga olishni, yoki bolaning o‘z

tengdoshlaridan nimasi bilan farq qilishi va shu munosabat bilan

tarbiyaviy ishni qanday tashkil qilish kerakligini aniqlashini

taqozo etadi. Bolalarning haqiqiy munosabatlar sistemasiga

kiradigan shaxsi hamisha pedagogning diqqat markazida turishi,

o‘quvchilarning ma’naviy dunyosini boyitish pedagogning

doimiy vazifasi bo‘lib qolishi kerak.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin