Xarakter xususiyatlari. Shaxsning ijobiy va salbiy xususiyatlari
farqlanadi. Xarakter xususiyatlariga baho berganda ulardan
har birining axloqiy mazmunini hisobga olish kerak. Masalan,
mehnatsevarlik xarakterning ijobiy xususiyatidir, lekin agar u
xudbinlik maqsadlarila, chunonchi, shaxsning boshqalar hisobiga
boyishiga xizmat qilsa, bu shaxsning salbiy xususiyati bo‘ladi.
O‘z vatani uchun faxrlanish yaxshi xususiyatdir, lekin kishi o‘zo‘
zidan haddan tashqari mag‘rurlansa, manmanligi bilan ajralib
tursa bunday faxrlanish xarakterning salbiy xususiyatidir.
Xarakterning ijobiy xususiyatlari orasida axloqiy xususiyatlar
muhim o‘rin egallaydi. Axloqiy xususiyatlar axloqiy tuyg‘ularga
asoslangan bo‘lib, kishining jamiyat talablariga javob beradigan
ma’naviy xulq-atvorini belgilab beradi. Odamdagi xarakter xususiyatlari
uning o‘zi uchun ham, atrofdagi kishilar uchun ham
juda katta ahamiyatga ega. Biror kishi haqida: «Uning yaramas
xarakteri bor» deganlarida, odatda bunday kishidan o‘zlarini
olib qochadilar, uning do‘stlari bo‘lmaydi, oilada ko‘pincha u
bilan birgalikda hayot kechirish mumkin bo‘lmay qoladi. Ijobiy xarakter xususiyatlariga
ega kishi esa odatda atrofdagi kishilarning,
do‘stlarining mehri va izzatiga sazovor bo‘ladi. Ayrim
kishilar xarakterni yaxshi tomonga o‘zgartirib bo‘lmaydi deb
hisoblaydilar. Salbiy xususiyatlarga ega kishi ba’zan o‘zi haqida;
«Xarakterim shunday bo‘lgandan keyin nima qilishim kerak?
O‘z xarakterimdan o‘zim ham rozi emasman, lekin hech narsa
qilolmayman», – deydi. Bu noto‘g‘ri. Darhaqiqat, o‘z xarakterini
o‘zgartirish, salbiy xususiyatlardan
xalos bo‘lish va o‘zida ijobiy xususiyatlarni tarbiyalash murakkab vazifa bo‘lsa ham,
lekin amalga oshirib bo‘ladigan vazifadir. Buning uchun avvalo
o‘z ustida ishlashni, xarakterni tarbiyalash va qayta tarbiyalash
ustida ishlashni qat’iy va keskin maqsad qilib qo‘yish kerak, ortiqcha
manmanlikdan qutulish, o‘z kamchiliklarini aniq ko‘rish
uchun o‘ziga tanqidiy jihatdan qarashga,
xulqiga jiddiy munosabatda bo‘lishga harakat qilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |