Muzrabot pedagogika kolleji maxsus fanlar kafedrasi maktabgacha yoshdagi bolalar



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə82/104
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#39438
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   104
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi majmua

Xarakterni tarbiyalash. O‘z xatolarini sezmaydigan yoki sezishni

istamaydigan kishi hech mahal o‘z ustida muvaffaqiyatli

ish olib bora olmaydi. Ko‘pincha kishining o‘zi o‘z sifatlariga

xolis baho berishi qiyin bo‘ladi. Shuning uchun ham boshqalarning

fikriga quloq solish, to‘g‘ri tanqiddan xafa bo‘lmaslik, ko‘p

narsaning chetdan yaxshiroq ko‘rinishini esda tutish lozim.

Boshqalarda mavjud salbiy sifatlarni sezgach, hamisha o‘zingga

ham qarashing, o‘zingda shunday kamchiliklar bor-yo‘qligini

bilishing kerak. Ba’zan bu sifatlar o‘zingga yomon bo‘lib tuyilmaydi,

bu sifatlarni boshqalarda ko‘rganingda esa, ular kamchiliklar

ekanligi, ulardan qutulish lozimligi aniq bo‘ladi.

O‘z ustida muvaffaqiyatli ish olib borishning asosiy shartlaridan

biri yaxshi tomonga o‘zgarishga ahd qilishdangina iborat

bo‘lmasdan, balki shu maqsadni amalga oshirishga qaratilgan

konkret ishlarni ham bajarishdir. O‘zida zarur xulq-atvorni tarbiyalash

uchun ko‘p marta mashq qilish zarur, toki shu takrorlashlar

natijasida miya po‘stlog‘idagi tegishli bog‘lanishlar

mustahkamlansin va kishi hamisha lozim harakatlarni qilish

ehtiyojiga ega bo‘lsin.

Xarakter ko‘p jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalash natijasidir. Xarakterda

kishining odatlari jamlanadi. Xarakter xususiyatlari

o‘zgaruvchan bo‘lishiga qaramay, har bir shaxs va millatning

o‘ziga xosligini ifodalovchi shunday barqaror sifatlar ham

bo‘ladiki, ular yillar, hatto asrlarga ham dosh beradi. Masalan,

bu milliy xarakterga taalluqlidir. O‘zbeklar xarakterida

asrlar davomida saqlanib kelayotgan samimiylik, mehmonnavozlik,

ibo, sharm-hayo, takalluf, mehnatsevarlik kabi sifatlar avloddan avlodga o‘tib, ma’naviy qadriyatlarga aylanib qolgan, o‘zbekning o‘zligini namoyon qiluvchi

barqaror xususiyatlardir. Xarakter odamlar faoliyatida namoyon

bo‘ladi, ammo shu faoliyatida shakllanadi. Shaxsning irodaviy sifatlarini tarbiyalashda

intizom, kun tartibiga rioya qilish katta ahamiyatga egadir.

O‘z-o‘zini tarbiyalash o‘spirinlik yoshida ayniqsa samarali

bo‘lishini ta’kidlab o‘tish zarur. Xuddi ana shu vaqtda kishida

o‘zini anglash rivojlanadi. Yigit va qiz hayotdan ko‘zlagan

maqsadlari to‘g‘risida bosh qotiradilar, o‘zlariga va boshqalarga

tanqidiy tomondan yondasha oladilar, ularda o‘z ustilarida

ishlash, jamiyat uchun foydali kishilar bo‘lib yetishish istagi

tug‘iladi. Lekin bu narsa kishi katta bo‘lgach, o‘zini yaxshi tomonga

qarab o‘zgartira olmaydi, degan gap emas. Kishi o‘zining odat

bo‘lib qolgan xatti-harakatlari, ishlari bilan o‘z xarakterini butun

hayoti davomida tarkib toptirib boradi.




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin