Muzrabot pedagogika kolleji maxsus fanlar kafedrasi maktabgacha yoshdagi bolalar


Shaxsning faolligi va yo‘naltirilganligi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə85/104
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#39438
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   104
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi majmua

Shaxsning faolligi va yo‘naltirilganligi. Odam shaxs sifatida

doim qandaydir faoliyatda bo‘ladi va ana shu turli-tuman

faoliyatlarda shaxsning faolligi namoyon bo‘ladi. Shaxsning

faolligi deganda biz odamning tevarak-atrofidagi tashqi

muhitga ko‘rsatadigan ta’sirini tushunamiz. Tashqi muhit bilan

faqat odamlargina emas, balki hayvonlar ham o‘zaro munosabatda

bo‘ladilar. Lekin bu munosabatlar o‘rtasida keskin

farq mavjud. Hayvonlar tevarak-atrofdagi tashqi muhitga passiv

ravishda moslashib yashaydilar. Ular o‘z hayot faoliyatlarida

tabiatdagi, ya’ni tashqi muhitdagi tayyor narsalardan foydalanadilar.

Odam esa, tevarak-atrofidagi tashqi muhitga faol

ta’sir qilib, uni o‘z irodasiga bo‘ysundiradi hamda o‘zgartirib,

o‘z ehtiyojlarini qondirishga xizmat qildiradi.

Odam shaxsining faolligi uning turli-tuman ehtiyojlarida,

qiziqishlarida, yo‘nalishida, dunyoqarash va ishonche’tiqodlarida

namoyon bo‘ladi. Inson ehtiyojlarining qondirilishi

Jonli mavjudot hayot kechirishning yaqqol shart-sharoitlariga

qaramligini ifoda etuvchi va mazkur sharoitlarga nisbatan

faolligini namoyon qiluvchi holat ehtiyoj deb ataladi. Odamning

ehtiyoji unga ta’lim va tarbiya berish jarayonida shakllanadi,

ya’ni insoniyat tomonidan yaratilgan ijtimoiy tajriba,

ko‘nikma, malaka, odat, ma’naviyat, qadriyatlar bilan yaqindan

tanishish, ularni o‘zlashtirish orqali amalga oshiriladi. Odam

boshqa mavjudotlardan farqli o‘laroq, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot

davrining xususiy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi muayyan

buyumni zarurat talabiga binoan qayta o‘zgartirishga, takomillashtirishga

qodir ongli zotdir. Shu bois odamning o‘z ehtiyojlarini

qondirish jarayoni ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot darajasi bilan

o‘lchanadigan faoliyat shakli va turini egallashning faol,

muayyan maqsadga yo‘naltirilganligi, ma’lum rejaga asoslangan

ijodiy ko‘rinishi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.

Ehtiyojlar ijtimoiy va shaxsiy xarakterga ega:

1. Shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ijtimoiy mehnat mahsulidan

foydalaniladi (mas. non yeyish uchun mehnat qilish

kerak).

2. Shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ijtimoiy muhitda tarkib

topgan vosita va usullardan foydalaniladi (mas. ovqat pishirish

uchun qozon, gaz va hokazolar kerak).

3. Shaxsiy ehtiyojlar o‘ziga mansub guruhning ehtiyojlaridan

kelib chiqadi (mas. ma’ruzachi guruhga kerak ma’ruzani

tayyorlab keladi).

Har qanday shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni 2 guruhga bo‘lish

mumkin:


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin