Muzrabot pedagogika kolleji maxsus fanlar kafedrasi maktabgacha yoshdagi bolalar



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə84/104
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#39438
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   104
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi majmua

Shaxsning tuzilishi. Psixologiyada ikkita omil – biologik va

ijtimoiy omillar ta’sirida shakllangan ikki asosiy kichik struktura

borligi ta’kidlanadi. Inson shaxsining o‘zi «endopsixik va

ekzopsixik » tuzilishga bo‘linadi. Endopsixika ichki psixik holatdir.

Biologik jihat bilan bog‘liq bo‘lib, kishining nerv psixik

Tuzilishiga o‘xshash inson shaxsining ichki mexanizmlari kabi

psixik qismlar va funksiyalarning o‘zaro ichki bog‘liqligini

ifodalaydi. Endopsixika moyillik, xotira, tafakkur va xayol xususiyatlari,

irodaviy zo‘r berish, tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik

kabi boshqa xislatlarni o‘z ichiga oladi. Ekzopsixika tashqi psixik holat bo‘lib, ijtimoiy omil bilan belgilanadi, kishi munosabatlarining tashqi sistemasini va

uning tajribasini, ya’ni qiziqishlarini, moyilliklarini, ideallarini,

ustun darajadagi his-tuyg‘ularini, shakllangan bilimlari

va boshqa belgilarini o‘z ichiga oladi. Biologik xususiyat kishi

shaxsining tarkibiga singib, ijtimoiy omilga aylanib qoladi va

keyinchalik ijtimoiy shaklda mavjud bo‘ladi.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin