Uyga vazifa: Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatiga doir bo’lgan metodika va
o’yinlar yaratish.
25-Mavzu: Nutq. Bolalarda nutqning rivojlanishi
Reja:
1. Nutq faoliyati haqida tushuincha
2. Bolalarda nutqning rivojlanishi
3.Xulosa
Kishilarning til vositasida o‘zaro munosabatda bo‘lish jarayoni
nutq deb ataladi. Nutq va tilni aynan bir narsa deb hisoblash
yaramaydi. Nutq odam boshqa kishilar bilan munosabatda
bo‘lish maqsadida tildan foydalanish faoliyatidir. Har bir odam
muomalani o‘zicha amalga oshiradi. Kishilar nutq yordamida o‘z zamondoshlariga muayyan vaqtda nimalar yuz berayotganini xabar qilibgina qolmaydilar,
balki insoniyat to‘plagan bilimlarining hamma boyligini
avloddan avlodga o‘tkazib beradilar ham. Bola nutqni egallab
olgandan so‘ng o‘zi tugilgan jamiyat hayotida kishilar bilan
munosabatda bo‘ladi. Til milliy xarakterga ega ijtimoiy tarixiy
hodisadir. Turli kishilarda jumla tuzilishi ham bir-biridan farq
qiladi. Agar bola biror sabablarga ko‘ra nutqni egallab olmasa,
uning aqliy kamoloti juda past darajaga tushib qolgan bo‘lar
edi. Yuqorida aytib o‘tilganidek tafakkur va nutq bir-biri bilan
bog‘lanib ketgan. Odam o‘ylayotganda odatda fikrlar jumlalar
tarzida, ichki nutq deb ataluvchi nutq tarzida ifoda etiladi.
Darhaqiqat, bir-ikki so‘zni ichingizda aytmasdan turib, biror
narsa haqida so‘zlab ko‘ringchi, siz bunga erisha olmaysiz.
Dostları ilə paylaş: |