Muzrabot pedagogika kolleji maxsus fanlar kafedrasi maktabgacha yoshdagi bolalar



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə71/104
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#39438
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   104
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi majmua

Qat’iylik ortiqcha ikkilanmasdan o‘z vaqtida qat’iy qarorlar

qabul qila bilishdir. Bu o‘ylab ko‘rilmagan, shoshilinch

qabul qilingan harakatlarda emas, yetarli darajada chamalab

ko‘rilgan asoslangan xatti-harakatlarda namoyon bo‘ladi.

Qat’iy kishi boshqacha emas, ayni shunday ish qilishi kerakligiga

chuqur ishonadi. Qat’iylik ko‘rsata bilish, dadil, ikkilanmay

talab qilish o‘qituvchining muhim fazilatidir.

Dadillik – kishining dovdirab qolish tuyg‘usini yengish qobiliyatidir.

U faqat kishi hayoti uchun xavfli paytlardagi harakatlardagina

namoyon bo‘lib qolmaydi, dadil kishi murakkab ishdan,

katta mas’uliyatdan cho‘chimaydi. Dadillik ahvolga oqilona

sog‘lom munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Ba’zan kishining

xayoli unga haqiqatda yo‘q holatdan darak berishi mumkin.

Iroda kuchi bilan qo‘rquvni yengadi va zarur deb hisoblagan

narsasini bajaradi. Dadillikni kishining mardlik ko‘rsatmoqchi

bo‘lib xavf-xatarli ishga qadam qo‘yishi bilan aralashtirmaslik

kerak. Bunday kishilarni irodali kishilar deb bo‘lmaydi.



Sabot-matonat – bunga qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘li

qanchalik uzoq va qiyin bo‘lmasin, ularga erisha bilishdan iborat.

Sabot-matonat tashqi va ichki to‘siqlarni yengishda namoyon

bo‘ladi. Irodali kishi o‘z kuchlarini zo‘r berib sarflashga qobiliyatli

bo‘ladi. I.P. Pavlov aytib o‘tganidek, u o‘z ishini davom ettirish

istagini orttiradi, xolos. Sabot-matonat pedagoglik ishida

o‘zining arzimagan manmanlik tuyg‘usi tufayli xato qarordan

bosh tortishga qobiliyatli bo‘lmagan vaqtidagi o‘jarlik bilan aynan

bir narsa deb bo‘lmaydi. O‘jarlik shaxsning salbiy xususiyatidir.

Mustaqillik kishining boshqalar ta’siriga berilmasdan qaror

qabul qilish va belgilangan harakatni bajarish qobiliyatidir.

Ana shu irodaviy sifati bilan ajralib turmaydigan kishilar odatda

o‘z yo‘llarida uchragan qiyinchiliklar oldida o‘zlarini yo‘qotib

qo‘yadilar. Bunday zaiflikka ko‘pincha maktab yoshidagi tarbiyaning

xususiyatlari sabab bo‘ladiki, bolaga mustaqil ishlash malakasini o‘rgatishmagan va unda o‘z harakatlari, ishlari uchun mas’uliyatdan qochishga intilish avj olgan bo‘ladi. Irodali kishi ta’sirga beriluvchanlik kabi salbiy sifatga ega bo‘lmaydi. Bunday

sifat mavjud bo‘lganda kishilar o‘z fikrlaridan juda osonlik

bilan qaytadilar, boshqalarga bo‘ysunib qoladilar. Chinakam

mustaqillik bilan negativism (lot. negatiwus – salbiy), ya’ni qanday

qilib bo‘lsa ham tashqaridan bo‘ladigan ta’sirga qarshilik

ko‘rsatishga intilish o‘rtasida hech qanday umumiylik yo‘q. Agar

ta’sirga beriluvchanlik kishini o‘zining niyatlar va e’tiqodlariga

muvofiq kelmaydigan xatti-harakatlarga undasa uni boshqalarga

qarama-qarshi o‘laroq nomaqbul harakatlar qilishga undaydi.

Ta’sirga beriluvchanlik va iroda kuchining belgilari emas, balki

Uning zaifligiga oid belgilardir. Ko‘pgina yomon odatlar irodasi

zaif kishilarda aynan mustaqillikning yetishmasligi tufayli ta’sirga

berilishga va taqlid qilishga moyil kishilarda bo‘ladi. Harakatni

mustaqil bajarish o‘z kuchiga ishonch hosil qilishda yordam beradi,

bu ishonch kishining muhim irodaviy xususiyatidir.




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin