Bardoshlilik va sabr-toqat singari irodaviy sifatlar ham
o‘zini tuta bilishga yaqin turadi. Bunda kishi azob va qiyinchilik
chekishni yenga olishga qodir bo‘ladi. Irodali kishi qiyinchiliklarga
qaramay o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishishga
intiladi. Shaxsning barcha irodaviy sifatlarini, qo‘zg‘alish
yoki tormozlanish jarayonining ustunligiga qarab,
guruhlarga bo‘lish mumkin. Ba’zan kishi bir xil harakatlarni cheklab
boshqalar borasida faollik ko‘rsatadi. Intizomlilik va uyushqoqlik
singari iroda sifatlari ana shu tomonlari bilan farq qiladi.
Intizom avvalo jamoa talablariga bo‘ysunishdan iborat bo‘ladi.
Uyushqoqlik kishi o‘zini, kerak
bo‘lsa boshqalardan ham samarali
ishlashga majbur qila oladi. Tartibsizlik, o‘z vazifalariga
befarq bo‘lish kabilar intizomsizlik va uyushmaganlikning
ko‘rinishlari bo‘lib, ular iroda kuchining yetishmasligini
bildiradi. Intizomsiz kishi boshqalarning ishiga ham muvaffaqiyatli
rahbarlik qila olmaydi. Batartiblik, aniqlik, puxtalik har sohada namoyon bo‘ladi, ular kundalik xulq-atvorda va hatto mayda-chuyda bo‘lib ko‘ringan narsalarda ham seziladi.
Irodani tarbiyalashda mashq va treninglar Har bir kishi irodani tarbiyalash ustida ishlashi zarur. Barcha atoqli kishilar buni tushungan holda, yoshlik yillaridanoq
irodani mustahkamlash ustida ko‘p ishlaganlar. Kunlar va soatlar bo‘yicha mashg‘ulotlar, o‘qimoqchi bo‘lgan kitoblar ro‘yxatini tuzib chiqish, xulq-atvor qoidalarini belgilab
olish va ularning bajarilishini nazorat qilish kabilar irodani
mustahkamlashga yordam beradi. 19 yoshli L.N. Tolstoy ham
o‘ziga «irodani rivojlantirish uchun qoidalar» tuzib olgan ekan,
u bu qoidalarga butun hayoti davomida amal qiladigan kun
tartibini va ovqatlar ratsionini ham kiritgan edi. Irodani tarbiyalashda
atrofdagilarning fikri, ularning kishi xulq-atvoriga ijobiy
ta’siri yordam beradi. Kundalik mehnat shu jumladan o‘qish
faoliyati ham irodani mustahkamlash uchun yaxshi maktab
bo‘lishi mumkin. Agar ishda yoki o‘qishda ko‘p qiyinchiliklar
mavjud bo‘lsa, ularni yengish irodaviy sifatlarni tarbiyalashning
vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Irodani tarbiyalash uchun o‘z ustida muntazam ish olib borish kerak, bu ishni iloji boricha erta boshlash zarur. Shaxsning
irodaviy sifatlari irodaviy faoliyatda tarkib topishini unutmaslik
kerak. Shuning uchun ham mehnat hamisha irodani
mustahkamlashning vositasi bo‘lib kelgan. Har bir ishni oxiriga
yetkazish o‘z harakatlarini puxna o‘ylab bajarishga erishish
juda muhimdir. Irodani tarbiyalash kishi o‘z oldiga qo‘yadigan maqsadga ham
bog‘liqdir, bu maqsadni anglash irodani chiniqtirishga yordam beradi. Kishi o‘zini qat’iy nazorat qilishi, o‘z ishini va xulqatvorini nazorat qilish odatini o‘zi tarbiyalamog‘i kerak.
O‘z irodasini o‘z kamchiliklarini yengish bilan chiniqtirishi kerak. Bu sohadagi har bir muvaffaqiyat kishining o‘ziga ishonchini oshiradi, uni yanada irodaliroq qiladi. Bunda to‘g‘ri hayot kechirish, kun tartibi, nerv sistemasini umumiy mustahkamlash,
o‘zining iroda kuchini doimiy mashq qildirib borishdan iborat jismoniy va psixik chiniqish yordam beradi. Irodani mustahkamlash va chiniqtirishda treninglarning muhim o‘rni bor. Mumkin emas. Guruh ikkiga bo‘linadi. 1-guruh o‘z istak-xohishlarini
bayon qiladi, 2-guruh bunga rad javobini berishi kerak. 10 daqiqadan so‘ng guruhlar o‘rin almashadi. Masalan, «Men bugun diskotekaga bormoqchi edim». Javob: «Yo‘q, mumkin
emas, kech bo‘lib qoldi». O‘yindan so‘ng xohishlarni rad qilish
uchun qo‘llanilgan dalillar, sabablar va mazmunlar tahlil qilinadi. Boshlovchi quyidagi xulosaga keladi: «Asosli va asossiz rad etishlar bor. Ko‘pincha sizga ba’zi ta’qiqlar asossizdek tuyilishi mumkin, biroq ularda ham maqsad, mazmun borligini
inkor eta olmaymiz. Agar biz istagimiz nega rad etilayotganligini
anglasak, bunga ko‘nishimiz oson bo‘ladi. Ba’zan qilayotgan
xatti-harakatlarimiz, istagimiz noo‘rin ekanligini ham anglab
turamiz. Bunday holda tushunishimiz qiyin kechinmalarni his
qilamiz». «Men kimman?» Yo‘riqnoma: hozir har biringiz bir varaq oq
qog‘ozga quyidagilarni yozishingiz kerak. O‘zingizga 20 marta
«Men kimman?» deb savol berasiz va har bir savolga javob yozasiz.
Mashqlar natijasiga ko‘ra inson ichki dunyosi naqadar boyligi
va qarama-qarshiliklarga egaligi haqida xulosa chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: |