Nazorat savollari:
1. Iroda deb nimaga aytiladi?
2. Irodaviy harakat vaqtida qanday to‘siqlarni yengishga
to‘g‘ri keladi? Ularning farqi nimada?
3. Irodaning fiziologik asoslari tog‘risida nimalarni bilasiz?
4. Kishi hayotida iroda qanday ahamiyatga ega?
Uyga vazifa
O’tilgan mavzudan kelib chiqqan holda
T-jadvali asosida amaliy ish bajarish
27-Mavzu: Iroda.Maktabgacha yoshdagi bolalarning xissiy irodaviy
xususiyatlari
Reja:
1. Iroda to‘g‘risida tushuncha
2.Bolalarda irodaviy sifatlar
3.Xulosa
Faoliyatni ma’lum yo‘nalishda tashkil qilish, muammolarni
yechish uchun bir qarorga kelish, uni amalga oshirish jarayonidagi
qiyinchiliklarni yengish harakatlar yordamida amalga oshiriladi.
Odatda, ixtiyorsiz harakatlar anglangan yoki anglanmagan
istak, xohish, mayl, ustanovka va shu kabilarning ichki turtkisi
ta’sirida ro‘yobga chiqadi. Ular impulsiv (lot. impulses – ixtiyorsiz
qo‘zg‘alish) xususiyatga ega bo‘lib, anglanilmagan, rejalashtirilmagan
bo‘ladi. Masalan, bolalar bir-birini turtib biri yiqilib tushdi, tarbiyachi ularga beixtiyor baqirib yubordi-yu keyin o‘zi afsuslandi. Bunday harakatlar kutilmaganda bexosdan
bo‘lgan refleksiv harakatlar deyiladi. Kishining hamma ta’sirlanishilari reflektor xarakterga ega bo‘ladi. Lekin yuqorida tasvirlangan harakatlarlar ongning nazoratisiz yoki uning yetarli ishtirokisiz maxsus niyatni ko‘zlamay amalga oshirilgan bo‘ladi va shu sababli ixtiyorsiz harakatlar yoki ataylab qilinmagan harakatlar deyiladi. Lekin har bir kishi juda ko‘p oddiy harakatlarni amalga oshiradiki ular batamom ongli ravishda
maqsadni ko‘zlab bajariladi. Bunday harakatlar ixtiyoriy yoki
ataylab qilingan harakatlar deyiladi. Ularning atalishining o‘zi bu harakatlarda irodaning
ishtirok etishini ko‘rsatadi. Ongli ravishda amalga oshiriladigan va maqsadni ko‘zda
tutgan barcha ixtiyoriy harakatlar irodaviy harakatlar deb ataladi.
Kishi suv ichgisi kelib stakanga qo‘l uzatdi va unga suv
quyib ichdi. Bu garchi bajarish qiyin bo‘lsa ham aniq maqsadga
qaratiladi shu sababali irodaviy harakatdir. Har bir kishining
qandaydir qiyinchiliklarni, qo‘yilgan maqsad yo‘lida g‘ov
bo‘lib turgan to‘siqlarni yengishi, lozim bo‘ladigan harakatlarni
amalga oshirishiga to‘g‘ri keladi. Bu harakat chinakam
irodaviy harakatlar deyiladi. Ularda ongning
ishlashi bilan bog‘liq shaxsiy faollik namoyon bo‘ladi. Kishining
o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadiga erishish uchun ichki va tashqi to‘siqlarni
yengish vaqtida vujudga keladigan psixik jarayon iroda deb ataladi.
Kishi yengadigan tashqi to‘siqlar deganda ishning o‘ziga
xos qiyinchiliklari, uning murakkabligi, har xil xalal berishlar,
boshqa kishilarning qarshilik ko‘rsatishi, ishning og‘ir sharoitlari
va shu kabilar tushuniladi. Ichki to‘siqlar kishi o‘zini ishlashga, charchoqni, bajarilishi
kerak vazifasiga aloqasi bo‘lmagan boshqa biror narsa bilan
shug‘ullanish istagini yengishga majbur qilish, qiyin vaqtda
belgilangan narsani bajarishga xalal beradigan shaxsiy mayllardir.
Ichki to‘siqlarga zararli odatlar, mayllar, istaklar kiradi.
«Iroda» termini deganda shaxsning qiyinchiliklarni yengib
aniq maqsadni ko‘zlab harakat qilish qobiliyati tushuniladi.
Zo‘r iroda bu biror narsani qilishga intilish va unga erisha
olishgina emas balki zarur bo‘lib qolganda o‘zini biror narsadan
voz kechishga majbur qila olish hamdir. Iroda shunchaki istak va
uning qondirilishi emas, balki bu ham istak, ham uni
to‘xtatilishi, ayni vaqtda undan voz kechish hamdir.
Kishi hayotida irodaning ahamiyati nihoyatda kattadir. Iroda
oddiy kundalik hayotda, ayniqsa, katta qiyinchiliklarni yengishga
to‘g‘ri keladigan qiyin paytlarda zarur bo‘ladi. Irodaning
o‘ziga xos ko‘rinishlari shaxsning tavakkalchilik vaziyatidagi
xatti-harakatida ko‘rinadi. O‘ziga mahliyo qiluvchi
maqsadga erishish yo‘lida xavf-xatar, yo‘qotish dahshati, muvaffaqiyatsizlik
bilan hamohang, ogoh, dadil harakat tavakkalchilik deyiladi.
Tavakkalchilikda yutuq bilan yo‘qotish uyg‘unlashib keladi,
yutuq quvonch nashidasini uyg‘otsa, omadsizlik jazo, moddiy
va ma’naviy yo‘qotishni keltirib chiqaradi. Shunga qaramay,
insonlar tavakkal qilish harakatidan voz kechmaydilar. Tavakkalchilik harakatining ikki sababi farqlanadi:
1) yutuqqa umidvorlik hissi, ya’ni ehtimol tutilgan mag‘lubiyat
oqibati ko‘rsatkichidan yuksakroq bo‘lishiga ishonch;
2) xatti-harakatning xavfli yo‘lini afzal bilish yoki «tavakkalchining
tavakkalchiligidir». Shaxsdagi tavakkalchilikni
riskometr degan asbobda o‘lchash mumkin.
Irodasi zaif kishilar ulkan ishlarni bajarish u yoqda tursin
kundalik hayotda uchraydigan vazifalarning ham uddasidan
chiqa olmaydilar, yetarli darajada ishchan bo‘lmaydilar,
boshqalarning yordamiga muhtoj bo‘ladilar. Ularda ana shu xususiyatlarni
yengish uchun iroda kuchi yetishmaydi. Iroda kuchsizligining
patalogiyasi mavjud bo‘lib u abuliya (yunon. abuliya
– qat’iyatsizlik) miya patalogiyasi negizida vujudga keladigan
faoliyatda intilishning mavjud emasligi, harakat qilish, amalga
oshirish uchun qaror qabul qilish zarurligini anglagan holda
shunday qila olmaslikdan iborat inson ojizligidir. Apraksiya
– (yunon. apraxiya – harakatsizlik) miya tuzilishining shikastlanishi tufayli yuzaga keladigan harakatlar maqsadga muvofiqligining murakkab buzilishidir. Abuliya va apraksiya psixikasi xasta insonlarga xos noyob fenomenal psixopatologik hodisadir. Irodaning nerv-fiziologik asoslari
I.M. Sechenovning so‘zlari bilan aytganda har qanday xattiharakatning
dastlabki sababi tashqi hissiy qo‘zg‘alishdir. Keyinchalik
hayot tajribasi asosida ko‘pgina xatti-harakatlar bevosita
hissiy qo‘zgalmasdan unga qarama-qarshi tarzda
amalga oshiriladi. Tashqi qo‘zgatuvchi masalan, televizor kishini qiziqarli
ko‘rsatuvlarni tomosha qilishga undaydi, u bo‘lsa burch haqidagi
yoki ish bajarilmay qoladigan bo‘lsa ro‘y beradigan noqulay
oqibatlar haqidagi fikrga amal qilib, ishlash uchun o‘tiradi.
Irodaviy harakatning fiziologik asosi miya po‘stlog‘ida avvalgi
tajriba natijsida ilgari hosil bo‘lgan nerv aloqalarining ikkinchi
signal sistemasidir. Bu sistemalar irodaviy harakat paytiga
kelib qo‘zg‘algan bo‘ladi. Bu esa ayrim harakatlarni amalga
oshirishga imkon beradi, natijada kishi o‘zini, garchi televi191
zordagi ko‘rsatuv qiziqarli bo‘lsa ham uni ko‘rishga emas, balki
ishlashga majbur qiladi. Qo‘zgatuvchi vosita – so‘z irodaviy harakatda alohida
o‘rin egallaydi. So‘z kishiga tashqaridan ta’sir qiladigan signal
bo‘lishi mumkin. Lekin u ko‘pincha kishining o‘z-o‘ziga ichki
talabi, mustaqil buyrug‘i ham hisoblanadi. Hamma hollarda
ularjavob tariqasida ixtiyoriy harakat uchun real qo‘zgatuvchi
bo‘ladilar. Qo‘zg‘alishning barqaror manbai mavjud bo‘lgan kishi
o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadiga erishadi. Bizning harakatlarimizni
boshqarib turadigan miya hujayralari katta yarimsharlar
po‘stlog‘idagi boshqa hujayralar bilan hamisha bog‘langan
bo‘ladi. Har qanday boshqarishni nazoratsiz yoki tuzatish kiritmasdan
amalga oshirib bo‘lmaydi. Kishi o‘z harakatlarini
va ishlarini boshqarishga qodir bo‘ladi va haqiqatdan ham boshqara
oladi. Bunga sabab: miya hujayralari bir tomondan gavda muskullariga
impulslar yuborib turadi, ikkinchi tomondan harakat
a’zolaridan amalga oshirilgan ish to‘grisida qaytish signallarini
olib turadi. Miya po‘stlog‘ida shu axborotlar qayta ishlanadi va
u yerdan harakatga kiritilishi lozim tuzatishlar haqida yana signallar
keladi. Katta yarimsharlar po‘stlog‘idagi tormozlanish jarayonlari
ortiqcha ixtiyorsiz harakatlarni to‘xtatib qoladi. Bu
jarayonlar haddan tashqari qo‘zg‘alishni (mas. affektiv holatdagi)
bostirib turadi va vazminlik, o‘zini tuta bilish, chidam,
harakatlar izchilligi va hokazolarning paydo bo‘lishiga yordam beradi. Iroda katta yarimsharlar po‘stlog‘ining miya po‘stlog‘i
osti ishini boshqarib turish qobiliyatiga to‘gridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Miya po‘stlog‘ining osti kishi organizmidagi ko‘pgina
qo‘zgatuvchi jarayonlarning (instinktlar, mayllar va h.k.) manbai hisoblanadi.
Irodaviy sifatlar, tuzilishi va talqini Kishi faoliyati jarayonida irodaviy xatti-harakatlarni amalga oshirar ekan, o‘zida o‘z shaxsini xarakterlab beradigan va
hayoti hamda mehnati uchun juda katta ahamiyatga ega sifatlarni
hosil qiladi. Ayrim xususiyatlar kishini yanada faol qiladi,
bu hol yarimsharlar po‘stlog‘ida qo‘zg‘alish jarayonlarining
ustunlik qilishi bilan bog‘langan bo‘ladi. Boshqa sifatlar yoqim192
siz psixik jarayonlarga va harakatlarga xalaqit berishda ularni
to‘xtatib qolishda, yo‘q qilishda namoyon bo‘ladi.
1. Faollik bilan bog‘liq bo‘lgan sifatlarga qat’iylik, dadillik,
sabot-matonat, mustaqillik kiradi:
Dostları ilə paylaş: |