Muzrabot pedagogika kolleji maxsus fanlar kafedrasi maktabgacha yoshdagi bolalar



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə68/104
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#39438
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   104
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi majmua

Sabot-matonat – bunga qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘li

qanchalik uzoq va qiyin bo‘lmasin, ularga erisha bilishdan iborat.

Sabot-matonat tashqi va ichki to‘siqlarni yengishda namoyon

bo‘ladi. Irodali kishi o‘z kuchlarini zo‘r berib sarflashga qobiliyatli

bo‘ladi. I.P. Pavlov aytib o‘tganidek, u o‘z ishini davom ettirish

istagini orttiradi, xolos. Sabot-matonat pedagoglik ishida

o‘zining arzimagan manmanlik tuyg‘usi tufayli xato qarordan

bosh tortishga qobiliyatli bo‘lmagan vaqtidagi o‘jarlik bilan aynan

bir narsa deb bo‘lmaydi. O‘jarlik shaxsning salbiy xususiyatidir.

Mustaqillik kishining boshqalar ta’siriga berilmasdan qaror

qabul qilish va belgilangan harakatni bajarish qobiliyatidir.

Ana shu irodaviy sifati bilan ajralib turmaydigan kishilar odatda

o‘z yo‘llarida uchragan qiyinchiliklar oldida o‘zlarini yo‘qotib

qo‘yadilar. Bunday zaiflikka ko‘pincha maktab yoshidagi tarbiyaning

xususiyatlari sabab bo‘ladiki, bolaga mustaqil ishlash malakasini o‘rgatishmagan va unda o‘z harakatlari, ishlari uchun mas’uliyatdan qochishga intilish avj olgan bo‘ladi. Irodali kishi ta’sirga beriluvchanlik kabi salbiy sifatga ega bo‘lmaydi. Bunday

sifat mavjud bo‘lganda kishilar o‘z fikrlaridan juda osonlik

bilan qaytadilar, boshqalarga bo‘ysunib qoladilar. Chinakam

mustaqillik bilan negativism (lot. negatiwus – salbiy), ya’ni qanday

qilib bo‘lsa ham tashqaridan bo‘ladigan ta’sirga qarshilik

ko‘rsatishga intilish o‘rtasida hech qanday umumiylik yo‘q. Agar

ta’sirga beriluvchanlik kishini o‘zining niyatlar va e’tiqodlariga

muvofiq kelmaydigan xatti-harakatlarga undasa uni boshqalarga

qarama-qarshi o‘laroq nomaqbul harakatlar qilishga undaydi.

Ta’sirga beriluvchanlik va iroda kuchining belgilari emas, balki

Uning zaifligiga oid belgilardir. Ko‘pgina yomon odatlar irodasi

zaif kishilarda aynan mustaqillikning yetishmasligi tufayli ta’sirga

berilishga va taqlid qilishga moyil kishilarda bo‘ladi. Harakatni

mustaqil bajarish o‘z kuchiga ishonch hosil qilishda yordam beradi,

bu ishonch kishining muhim irodaviy xususiyatidir.

2. Noma’qul psixik jarayonlar va harakatlarning tormozlanishi

bilan bog‘liq iroda sifatlariga chidam, bardoshlilik, sabr-toqat,

intizomlilik va uyushqoqlik kiradi. Chidam yoki o‘zini tuta

bilish bu kishining o‘z-o‘zini boshqara olishidir. U o‘zining

xulq-atvori ustidan to‘liq nazorat qilish xususiyatini saqlab qolar

ekan o‘zidagi yomon niyatlarni, ixtiyorsiz harakatlarni, affektlarni,

g‘azablanishni, qo‘rquvni yengadi. Chidamning mavjudligi

kishini o‘z-o‘ziga tanqidiy qarashga o‘rgatadi, oqiliona

bo‘lmagan xatti-harakatlardan o‘zini tiyishga yordam beradi.

Chidam, o‘zini tuta bilish o‘qituvchi uchun juda zarur. Bolalarning

xulq-atvori ularning o‘quv ma’lumotlarini tushunmasligi

ko‘pincha o‘qituvchining jahlini chiqaradi va vujudga kelgan vaziyat talab qiladigan darajada yo‘l tutish uchun zo‘r chidam zarur bo‘ladi. O‘zini tuta bilish o‘qituvchiga qattiq jahli chiqishdan o‘zini tiyishga, xijolatni, sarosimalikni bosishga yordam beradi.




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin