Muzrabot pedagogika kolleji maxsus fanlar kafedrasi maktabgacha yoshdagi bolalar


Nutqning anatomik-fiziologik mexanizmlari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə65/104
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#39438
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   104
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi majmua

Nutqning anatomik-fiziologik mexanizmlari. Nutq jarayoni

periferik organlarning ishi bilan ham, bosh miya po‘sti faoliyati

bilan ham bog‘liq ravishda sodir bo‘ladi. Nutq apparatning

periferik qismiga nutq organlari, eshitish va ko‘rish organlari

kiradi. Nafas olish organlari (o‘pka, bronxlar, nafas olinadigan

bo‘g‘iz), ovoz vibratori (bo‘g‘izning ovoz muskullari)

va ovoz muskullarining tebranishi natijasida hosil bo‘ladigan

ovozni kuchaytiruvchi rezonator (og‘iz, burun bo‘shliqlari,

halqum) nutq organlari hisoblanadi. Eshitish organi nutq158

ni, ko‘rish organi yozma nutqni, shuningdek, og‘zaki nutqni

to‘ldiruvchi imo-ishoralarni idrok etishni ta’minlaydi. Yozishda

(ko‘zi ko‘rmaydigan kishilarni o‘qitishda) nutq apparatiga

qo‘lning muskul-harakat sezgilari ham qo‘shiladi. Bola dastlab

nutqni egallayotgan davrida uning nutq tovushlariga bo‘lgan

rеaksiyasi juda umumlashgan xaraktеrga ega bo‘ladi. Masalan,

agar soatni bolaga «chiq-chiq» dеb tushuntirilgan bo‘lsa u «tiktik

» dеgan so‘zga ham baribir soatni ko‘rsatavеradi. Bolalarda

hali nutq tovushlari yaxshi diffеrеnsirovka qilinmagan bo‘ladi.

Bosh miya po‘stlog‘ining nutq-eshitish, nutq-ko‘rish va

nutq-harakat markazlari deb ataluvchi qismlari nutq apparatining

markaziy qismi hisoblanadi. Nutqning eshitish markazi

bosh miya po‘stlog‘ining chap chakka tomonidagi nutqning

orqaroq qismida joylashgan. Nutqning harakat markazi chap

yarimsharning manglay qismida joylashgan. Bu markazning

ishi buzilsa, harakat affaziyasi paydo bo‘ladi, ya’ni kishi gapira

olmaydigan bo‘lib qoladi. Bola qo‘lida qo‘ng‘iroq ushlab

turibdi deb faraz qilaylik. Bu holda bolada muskul harakat

sezgilari paydo bo‘lishi bilan bir vaqtning o‘zida, qo‘ngiroqni

ushlash paytida u chiqargan ovoz, bolaning eshitish nervini

ham qo‘zg‘atadi, shundan so‘ng harakat vujudga keladi va nihoyat

harakat bolaning ongida ancha kengroq aks ettiriladi: yuqoridagi uch refleksga to‘rtinchisi qo‘shiladi. I.P. Pavlov ta’limotiga ko‘ra, odamda muaffaqiyatli nerv bog‘lanishlari qo‘zg‘atuvchilarning faqat bevosita ta’sir ko‘rsatishi natijasiga emas, balki ana shu bevosita qo‘zg‘atuvchilar o‘rniga keluvchi so‘z ta’sirida ham paydo bo‘ladi. Bunda so‘z bevosita qo‘zg‘ovchilar bilan, voqelikning birinchi signallari bilan uzviy

bog‘lanishi tufayli, ya’ni o‘zining ma’nosiga ko‘ra qimmati tufayligina

voqelikning signali bo‘lib xizmat qiladi. Odam so‘zni voqelik

bilan bog‘lay olgan taqdirdagina uning ma’nosiga tushunadi.

Nutq faoliyati odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani

o‘zlashtirish, avlodlarga uzatish yoki kommunikatsiya o‘rnatish, o‘z shaxsiy harakatlarini rеjalashtirish va amalga oshirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir.




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin