Bolalar temperamentiga tavsifnoma
Flegmatik mijozli bolalar
Harakatlari sust, kamgap, muayyan bir narsani kuzatib,
uzoq vaqt tinch o‘tira oladi. O‘z diqqatini bir narsaga qaratib,
tevarak-atrofdagilarga e’tiborsiz bo‘la oladi. Uning har bir ishi
va faoliyatida qandaydir erinchoqlik holatlarini kuzatish mumkin.
O‘ziga berilgan topshiriq va vazifalarni sira shoshilmay bajaradi.
Bunday bola ovqat tanlamaydi, bori bilan qanoatlanadi.
U biror vazifani bajarishda tengqurlaridan orqada qolib ketishi
mumkin. Lekin siz amin bo‘lavering, ishi boshqalarnikiga nisbatan
puxtaroq va sifatliroq bo‘ladi. Bolaning xatti-harakatiga
ko‘proq e’tibor bersangiz, uning sustligi, savolingizga turib-turib
javob berishi, hozirjavob emasligi ma’qul tushmaydi. Bola
o‘ylab ish ko‘radi, o‘z faoliyatini rejalab, puxta bajaradi, u
zehnli, xotirasi yaxshi. Uy-ro‘zg‘or ishlariga pishiq. Yangi g‘oya
va kashfiyotlardan yiroqdir.
Murg‘aklik chog‘laridanoq uning
tartibga, doimiy bir tizimga intilishini sezasiz. O‘z narsalarini
taxlab, belgilangan joyga qo‘yishini, o‘yinchoqlariga ham hech
kim tegmasligini, ular saqlanadigan joyni o‘zgartirmasligini
xohlaydi. Choy ichganda o‘z piyolasini talab qilib, janjallashishi
mumkin. Yangi joy, sharoitlarga ko‘nikib ketishi qiyinroq
bo‘lib, atrofdagilarni qiyin ahvolga solib, qiynab qo‘yishi kuzatiladi.
Tengdoshlari bilan tez kirishib keta olmaydi. Hamma
uni zerikarli bola deb biladi, chunki u chopmaydi, to‘polon qilmaydi.
«Zarur», «shuni qilish kerak» degan so‘zlar uning uchun
katta mohiyatga ega. Bu uning turmush tarzi, burch va javobgarlik
hissi unda yaxshi rivojlangan. Kelgusida bunday bolalar
ota-onaning ishongan suyanchig‘i bo‘lib qoladilar. Bunday
bolalar ichida tasviriy san’atga qiziqadiganlari ko‘p bo‘ladi.
Xolerik mijozli bolalar
Bunday bola o‘z istagi va maqsadini amalga oshirishi uchun
hech narsadan tap tortmaydi, erkalik qiladi, janjal ko‘taradi,
qaysarlik qiladi, lekin o‘z aytganini bajartiradi. Hamma narsa
uning irodasi va kayfiyatiga bog‘liq, uning yuz ifodasi jonli. U
goho qaysar, intiluvchan va tavakkalchi bo‘lsa, goho e’tiborsiz,
beixtiyor «bajaruvchi» va indamas bo‘lib qoladi. U «buyuk
xayolparast », O‘zi ta’sirlangan narsalarni oqizmay-tomizmay
san’atkorona va mahorat bilan so‘zlab bera oladi. Xolerik mijozli
bolani olov bilan qiyoslashingiz mumkin. Hattoki rasm
solganda qizil, to‘q ranglardan ko‘proq foydalanadi va voqeahodisalarni
ifodali qilib aks ettiradi. O‘zi yaxshi ko‘rgan odamlarga nisbatan oqibatli bo‘lib, ularga
qo‘lidan kelgancha yordam beradi. Ta’lim jarayoni uni biroz
qiynasa ham o‘qish zarurligini sezgan holda, bor kuchini ayamaydi.
U kam uxlasada tetik yuradi, ishtaha bilan ovqatlanadi.
Uning fikr-mulohazalari o‘rinli ekani sizni hayratga soladi,
bu tabiiy hol. Uning fikrlash jarayonini ta’riflash va
sharhlash qiyin bo‘ladi. U kuch ta’siri ostida o‘z tuyg‘ularini,
kechinmalarini va jahlini tizginlay bilmaydi. Lekin biroz
vaqt o‘tgach so‘ngan vulqondek osoyishta bo‘lib qoladi.
Uni to‘g‘ri tushunish va sabr-toqatli bo‘lish kerak. Kuch-g‘ayratini namoyon qilishiga imkoniyat yaratish va ma’lum natijaga erishish yo‘lini izlash lozim. Arzimagan
narsaga «pov» etib yonadigan bolaga uy ham ko‘cha
ham torlik qiladi unga miriqib o‘ynash, yugurish, o‘mbaloq
oshish uchun sharoit yaratish kerak. Kesatiqqa, masxaraomuz
gaplarga o‘ta sezgir bo‘lib, salbiy javob qaytaradi, o‘chakishadi.
Sangvinik mijozli bolalar
Bola harakatchan, epchil. Diqqati o‘zgaruvchan, bir narsaga
bir daqidadan ko‘p e’tiborini ushlab tura olmaydi. Uni
kichkina chumchuqqa o‘xshatish mumkin: u hamma joyga
bo‘lishga ulguradi, hamma narsani bilishga intiladi. Kattalarga
uning xatti-harakati yoqavermaydi. Barcha uni birdek
jiddiy emas, e’tiborsiz, o‘z-o‘zini boshqara olmaydi deydilaru,
baribir yaxshi ko‘radilar, ko‘rmasalar sog‘inadilar. Chuchuktomoq,
tez-tez va oz-ozdan tamaddi qiladi. Mevalarga
o‘ch, tuzlamalarni jon-jon deb yeydi. Tez uxlab, erta
uyg‘onadi. Uningichki dunyosi tuyg‘ularga boy, ammo bu munosabatlarda yaqqol namoyon bo‘lmaydi. Bunday bolaga ta’sir ko‘rsatish uchun uning hurmatini, ijobiy munosabatini qozonish lozim. Kayfiyatining o‘zgaruvchanligini
hisobga olib, kun tartibini qiziqarli tashkil qilish kerak.
Bunday bola yangi ishga berilib kirishib ketadi, lekin ishdan
tez sovushi mumkin. Darsda parishonxotirligi
bilan ajralib turadi. Tevarak-atrofda ro‘y berayotgan hamma
narsa uning diqqatini o‘ziga tortadi. U qobiliyatli, kitob
o‘qishni yaxshi ko‘radigan, hamma narsaga qiziqadigan
bola bo‘lsada, unda yetarlicha matonat yo‘q. Shoshqaloqligidan
yozma ishda ko‘p xato qiladi. Yomon baho olgandan
keyin yig‘lab yuborishi mumkin, lekin 5 daqiqadan keyin
uning quvnoqligi tutib, kulib turganini ko‘rasiz. Bu bolalar
hech narsani o‘zlariga qattiq olmaydilar, bergan va’dalarini
tez unutib qo‘yadilar. Biror narsaga qiziqib ketsa, dunyodagi
hamma narsani unutadi va bu qiziqish barqaror xarakter
kasb etadi. Bunday bola o‘zining harakatchanligi, quvnoqligi,
gapga kirishi, yuz ifodasining jonliligi bilan yoqimlidir. Lekin unga ko‘proq tanbeh berishga to‘g‘ri keladi.
Melanxolik mijozli bolalar
Bu tipdagi bolaning ichki dunyosini sirli olam deyish
mumkin. Ko‘proq yolg‘izlikni qo‘msab, o‘zini chetga tortadi,
tinch o‘yinlarni izlaydi. Kayfiyatiga moslashish juda qiyin.
Qachon qarasangiz g‘amgin bo‘lib yuradi, uni kuldirish
amri mahol. O‘z yoshiga nisbatan aqlli ko‘rinadi, uning
mantiqan fikr yuritishlari kishini hayratda qoldiradi. Lekin
unda «kichkintoy» odatlarini ham ko‘rish mumkin, barmoqlarini
og‘ziga solishi, tirnoqlarini tishlashi va boshqalar
g‘ashingizga tegadi-ki, uni ko‘p koyiysiz. Rasm solish, kitob
o‘qish jonu dili, bema’ni hikoyalar, qo‘rqinchli voqealar, turli
ertaklarni yoqtiradi. Ma’qul ko‘rgan odamlari bilan emin-erkin
gaplashadi, aksincha uning diliga kalit topish juda qiyin,
u «indamaslar» qatoridan o‘rin olgan. Kam harakat ekani,
uyquga kech yotishi, kun bo‘yi yolg‘iz bo‘lib aqliy faoliyat bilan
shug‘ullanishi sababli boshi og‘rishi mumkin. Uyqusida
bezovta bo‘lishi, ishtahasi bo‘g‘ilishi mumkin. Ohista yuradi, qaddi bukchayadi, tez-tez charchoqni sezadi va yanada odamovi bo‘lib, o‘zini chetga tortadi. Tabiatan nozik bo‘lib, kasalmand odamga o‘xshaydi. U katta-yu kichikka, tengdoshlariga
doimo yordamga tayyor. Temperament ustida ishlash odamga o‘z temperamentining
quliga aylanib qolmaslik, balki uni idora qila bilish imkoniyatlarini
beradigan iroda va mustahkam xarakterni tarbiyalash bilan
uzviy ravishda bog‘lanib ketadi.
Dostları ilə paylaş: |