Muzrabot pedagogika kolleji maxsus fanlar kafedrasi maktabgacha yoshdagi bolalar



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə80/104
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#39438
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   104
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi majmua

Nazorat savollari:

1. Temperament nima?

2. Temperament tiplarining tavsifini qanday muhim sifatlar

yordamida aniqlash mumkun?

3. Temperamentning 4 tipiga tavsiya bering.

4. I.P. Pavlov oliy nerv faoliyatining qanday asosiy xususiyatlarini

belgilab chiqqan?

5. Bolaning temperament tipini qanday aniqlash mumkin?

6. Bolalar temperamentiga tavsifnoma bering.

Uyga vazifa temperamentlarni yod olib tahlil qilish.
30-Mavzu: Xarakter. Bolalar xarakter

xislatlarining o’ziga xosligi

Reja:

  1. Xarakter haqida tushuncha

  2. Bolalar xarakter xislatlarining o’ziga xosligi

  3. Xulosa

Kishi jamiyatda yashab, biror faoliyat bilan shug‘ullanar

ekan, o‘zini shaxs sifatida namoyon qiladi, o‘zining atrofmuhitga,

odamlarga, o‘z ishiga va o‘z-o‘ziga munosabatini

ifodalaydi. Ba’zan ana shu munosabatning ko‘rinishlari odatdan

tashqari, tasodifiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Masalan,

maktab o‘quvchisi o‘z o‘rtoqlari uchun kutilmaganda

arzimagan narsadan jahli chiqib ketadi. O‘rtoqlari uning bu

xulqidan taajjublanadilar, chunki odatda bu bola yuvosh,

xushmuomala edi. Uning uchun qo‘pollik tipik hodisa emas

edi. Boshqa bir o‘quvchi ko‘pincha atrofdagilar bilan keskin va

qo‘pol muomalada bo‘ladi. Bu narsa uning uchun tipik barqaror,

bir necha marta takrorlangan xususiyat bo‘lib, bu uni shaxs

sifatida xarakterlab beradi. Shuning uchun ham mazkur xususiyatni

uning xarakteriga xos xususiyatlardan biri deb hisoblash

mumkin. Jamiyat a’zosi, kishining voqelikka munosabatida vujudga

keladigan va uning xulq-atvori hamda harakatlarida ta’sir

qoldiradigan muhim, barqaror psixik xususiyatlarning majmui



xarakter (yunon. charaktir – belgi, nishon, xislat) deyiladi.

Ba’zan «xarakter» degan so‘z bilan iroda kuchini, qat’iylikni

yoki boshqa kishilar bilan muomala qilgandagi keskinlikni

ifodalaydilar, «xarakterli kishi» deydilar. Aksincha irodasi zaif

kishini «xaraktersiz kishi» deb ataydilar. Ilmiy nuqtayi nazardan

qaraganda, bu ta’riflar noto‘g‘ridir, chunki «xaraktersiz»

kishida ham xarakter bor.

Xarakter hamisha shaxsning o‘ziga xos sifatlarini (nisbatan

juda oz mustasnolar bilan) belgilab beradi. Shuning uchun

ham xarakter kishining biror hayotiy vaziyatda o‘zini qanday

tutishini oldindan ko‘rish imkonini beradi. Xarakterdagi

ko‘p narsa kishining

dunyoqarashiga, uning e’tiqodiga va ideallariga,

ijtimoiy ahvoliga, atrofdagi muhitning ta’siriga bog‘liq

bo‘ladi. Turli ijtimoiy guruhlarga mansub kishilarning xarakterlaridagi

farqlarning sababi

ana shundadir.

Xarakter shaxsning individual xususiyatidir. Xarakterlari mutlaqo

bir xil ikki kishini topib bo‘lmaydi, lekin ayrim kishilarning

xarakteridagi ko‘p narsalar bir guruh kishilar uchun yoki

hatto butun jamiyat uchun tipik bo‘lishi mumkin. Ma’lumki

xarakter to‘g‘risida faqat yetakchi, asosiy xususiyatlarga qarab

fikr yuritish

mumkinligi, bu xususiyatlar muayyan shaxsning

kim ekanligini hamma narsadan ko‘ra ko‘proq belgilab beradi.

Shuning uchun ham yozuvchilar o‘z qahramonlarini ta’riflar

ekanlar, ularning asosiy, tipik xususiyatlarini ko‘rsatishga intiladilar.

Kishi faoliyatida qanday psixik jarayonlar

ustun turishiga

qarab xarakter xususiyatlarini intellektual, emotsional va iroda

xususiyatlariga ajratish mumkin.

Xarakterning fiziologik asoslari

Ma’lumki nerv sistemasining tipi oliy nerv faoliyatining

tug‘ma xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Biroq kishining

fiziologik tabiati doimiy bo‘lib qolmaydi. I.P. Pavlov nerv sistemasining

tipi (temperament) va xarakterning bir-biriga munosabati

haqida gapirib bunday deb yozgan edi: «Tip hayvon nerv

faoliyatining, tug‘ma organizmning konstitutsiyaga bog‘liq turi

genotikdir, lekin hayvon tug‘ilgan kunidan boshlab atrofdagi

sharoitning xilma-xil ta’siriga uchrashi, shu ta’sirlarga faoliyat

bilan, ko‘pincha butun umr mustahkam bo‘lib qoladigan faoliyat

bilan, muqarrar suratda javob berishi lozimligi sababli hayvonning

mavjud nerv faoliyati tipining xususiyatlari va tashqi

muhit taqozo qilgan o‘zgarishlar qorishmasidan, fenotipdan,

xarakterdan iboratdir».

Garchi I.P. Pavlov hayvonlar to‘grisida gapirgan bo‘lsa

ham, muhitning bu xil ta’sirlarini odam ham his qiladi. Shuni

esda tutish kerak-ki kishi nerv faoliyatining shakllanishiga

faqat I signal sistemasigina emas, balki II signal sistemasi

ham katta ta’sir ko‘rsatadi.

Shunday qilib, garchi nerv sistemasining tug‘ma tipi temperament

xarakterning asosi bo‘lsa ham biroq uni muvaqqat

nerv aloqalariga va ularning murakkab sistemalariga xos xususiyatlar

belgilab beradiki, ularga inson o‘z hayoti va faoliyati

jarayonida ega bo‘ladi. Tuyg‘ularning paydo bo‘lishi, psixik

jarayonlar hamda harakatlarning o‘tish tezligi asosan temperamentga

bog‘liq bo‘lib bu albatta kishining xarakterida aks etadi.

Oqibat natijada tug‘ma sifatlar emas, balki ijtimoiy sharoit,

ya’ni muhitning ta’siri, kishining u yoki bu xarakteriga ega

bo‘lishining asosiy sababi hisoblanadi.

Xarakterda munosabatning ifodalanishi

Kishining atrofdagi voqelikka munosabati nuqtayi nazaridan

xarakter xususiyatlarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:

1. Shaxsning jamoadagi boshqa kishilarga munosabatini

ifodalovchi xususiyatlar: mehribonlik, saxiylik, samimiylik,

hurmat-ehtirom, talabchanlik kabilar. Pismiqlik, takabburlik,

beparvolik, toshbag‘irlik, ichidan pishganlik, dag‘allik kishilarga

nafrat bilan qarash kabi qarama-qarshi xususiyatlar bo‘ladi.

2. Shaxsning mehnatga, o‘z ishiga munosabatini ifodalovchi

xususiyatlar: mehnatsevarlik, dangasalik, vijdonlilik,

mas’uliyatlik va aksi.

3. Kishining narsalarga munosabatini xarakterlovchi xususiyatlar:

ozodalik, tejamkorlik, sarishtalik va aksi.

4. Shaxsning o‘z-o‘ziga munosabatini aks ettiruvchi

xususiyatlar:

o‘z qadr-qimmatini bilish tuyg‘usi, kamtarlik,

mag‘rurlik, uyatchanlik, jizzakilik, xudbinlik, egotsentrizm

(o‘z-o‘zini hamisha

o‘z diqqat markazida tutish) va h.k.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin