20-Mavzu: Shaxsning psixik jarayonlari
Reja:
Shaxsning psixik jarayonlari
Shaxs psixik faoliyatida bilish jarayonlari
Odamning tegishli sezgi organlariga moddiy olamdagi narsa
va hodisalar ta’sir ko‘rsatgan paytida ulardagi ayrim xossalar-
ning aks ettirilishidan iborat bo‘lgan eng sodda psixik jarayon
sezgi deb ataladi. Masalan, qarshimizda turgan stol bilan ish
ko‘rar ekanmiz ko‘rish yordamida biz uning rangini, shaklini,
katta-kichikligini aniqlaymiz; tuyish orqali uning qattiqligini,
silliqligini bilamiz; qo‘lda siljitib ko‘rish bilan uning og‘irligiga
ishonch hosil qilamiz va hokazo. Bularning barchasi moddiy
buyumning alo hida sifatlari bo‘lib ular haqidagi ma’lumotlarni
bizga sezgilar beradi.
Sezgi bilish jarayonlari jumlasiga kiradi, chunki sezgi tufayli
odam olamni biladi. Boshqa psixik jarayonlar: idrok, xotira, ta-
fakkur, xayol uchun kerakli ma’lumotlar sezgilar orqali olinadi.
Sezgilar hamisha bizning sezgi organlarimizga: ko‘zimizga, quloq-
larimizga, teri ustiga va boshqa organlarga tashqi qo‘zg‘atuvchilar
ta’sir ko‘rsatishi tufayli vujudga keladi. Yorug‘lik nuri ko‘zning
to‘r pardasiga tushishi bilan u yerni qo‘zg‘atadi, bu qo‘zg‘alish
nerv tolalari orqali miya katta yarimsharlari po‘stlog‘igacha yetib
kelgach, odamda ko‘rish sezgisi hosil bo‘ladi.
I.P. Pavlovning yozishicha, katta yarimsharlar qo‘zg‘a-
tuvchilarning analiz qilish organidir. Shu sababdan I.P. Pav-
lov sezgilarning paydo bo‘lishini ta’minlovchi barcha fiziologik
apparatlarni analizator deb atagan. Analizatorlar 3 qismdan:
1) tashqi ta’sirni qabul qiluvchi retseptor (ko‘zning retina
yoki retchatka deb ataluvchi nerv hujayralari yorug‘likni qabul
qiladi va ko‘rish retseptori hisoblanadi);
2) o‘tkazuvchi nerv yo‘llari (afferent, markazga intiluvchi)
retseptorlarda vujudga kelgan qo‘zg‘alish shu nerv yo‘llari orqa-
li miyaga yetkazib beriladi;
3) miya katta yarimsharlari po‘stlog‘idagi maxsus hujay-
ralar (masalan, miya po‘stlog‘ining ko‘rish markazi deb ata-
luvchi qismidagi hujayralar ko‘rish uchun maxsuslashgan nerv
hujayralar idir). Agar analizatorlarning bir qismi zararlansa,
sezgi vujudga kelmasligi mumkin. Masalan, ko‘z soqqasi tagi-
dagi retina yemi rilsa yoki miyaga boruvchi ko‘z nervi zararlan-
sa odam ko‘rish qobiliyatini yo‘qotadi.
Sezgi turlari
Odamda paydo bo‘luvchi sezgilarni uch guruhga ajratish
mumkin. Birinchi guruhga tanamizning tashqi tomoniga joy-
lashgan sezgi organlari, ya’ni eksterotseptorlar orqali vujudga
keluvchi sezgilar kiradi. Ko‘rish, eshitish, teri-tuyish, hid bi-
lish va ta’m-maza sezgilari ana shu analizatorlarning ishi bilan
bog‘liq. Ikkinchi guruh retseptorlariga ichki organlarda joy-
lashgan interotseptorlar va ichki qo‘zg‘atgichlar ta’siri uchun
qulay bo‘lgan sezgilar kiradi. Uchinchi guruhga harakat anali-
zatorlari va muvozanat sezgilari, propriotseptorlar kiradi.
Eksterotseptorlar. Ko‘rish sezgilari narsalarga urilishi tu-
fayli qaytarilgan yorug‘lik (elektromagnit) to‘lqinlarning ta‘siri
natij asida vujudga keladi. Yorug‘lik to‘lqinlari ko‘z qorachig‘i
orqali o‘tib, ko‘rish retseptori deb ataluvchi ko‘z to‘r pardasi-
ga (retinaga) ta‘sir etadi. Odam ko‘rish sezgilari orqali narsa-
larning rangi, shakli, fazoviy holati kabilar haqida xabar oladi.
Inson hayoti va faoliyatida eshitish sezgilari katta o‘rin tu-
tadi. Ba’zi jihatlarga ko‘ra u ko‘rish sezgilaridan ham muhim-
roqdir: eshitmaslik bola nutqi va fikrlash faoliyatining rivoj-
lanishida jiddiy g‘ov hisoblanadi. Bizning eshitish apparatimiz
tovushlarning sekundiga 16–20 ming martagacha tebranishda-
gi xillarini seza oladi. Biz eshitadigan tovushlarni ikki guruhga
ajratish mumkin: musiqa tovushlari va shovqinlar (qarsillash,
gumburlash, taqillash, shitirlash).
Teri sezgilari – narsalarning mexanik va issiqlik xossalari
teri ning sirt qismiga ta’sir qilishi natijasida paydo bo‘ladi. Teri
sezgisi og‘riq va harorat sezgilariga bo‘linadi. Og‘riq sezgisi juda
xilma-xil qo‘zg‘atgichlar tomonidan, ular organizmning tirik
to‘qimalarini buza boshlashi bilanoq paydo bo‘la boshlaydi.
Harorat sezgilari issiq va sovuqni sezishdan iborat. Qo‘l yoki
tananing boshqa qismi bilan predmetni paypaslab harakat qi-
lish orqali odamda tuyish sezgilari vujudga keladi. Taktil sezgi-
lar retseptorlari ham terining yuza qatlamida joylashgan nerv
uchlari dir. Ular qo‘l barmoqlarining uchida va tilda eng zich
joylashgan bo‘ladi. Taktil sezgilarga biron narsaning tekkanini,
bosimini va tebranishini sezish kiradi.
Hid bilish sezgilari bizga xushbo‘y hidlardan huzurlanish,
shuningdek salomatlik uchun zararli narsalardan saqlanish
imkonini beradi. Hidli moddalarning zarrachalari havo-
ga tarqal ib, burun kavagida, hid bilish hujayralari joylashgan
shilliq pardalarga kelib uriladi va hid bilish sezgisini hosil
qiladi. Og‘zimizga olingan moddalarning zarrachalari ta’m
bilish sezgilarining qo‘zg‘atuvchilari hisoblanadi va ular til,
tomoq, tanglay, kichik til yuzasida joylashgan nerv uchlariga
(ta’m bilish kurtaklariga) ta’sir ko‘rsatadi. Ta’m-maza sezgi-
lari 4 xil: shirin, nordon, sho‘r va achchiqni sezish natijasida
sodir bo‘ladi. Ta’m-maza sezgilar ining to‘liq sodir bo‘lishida
hid bilish sezgisining ahamiyati kattadir. Agar odamning
dimog‘i hidni sezmasa, yegan ovqatining mazasini bila ol-
maydi.
Interotseptorlar. Organik sezgilar qorin ochlik, chanqash,
ichki organlardagi og‘riqlar natijasida hosil bo‘ladi. Odatda ta-
namiz sog‘lom, qornimiz to‘q va hech narsa bizni bezovta qil-
magan paytlarda bizda og‘riq sezgilari deyarli paydo bo‘lmaydi.
Propriotseptorlar. Harakat yoki kinestetik sezgilar bizga
o‘zimiz qilgan harakatlar haqida xabar beradi. Har bir odam
hatto ko‘zlarini yumib olgan bo‘lsa ham o‘z qo‘li, oyog‘i, tana
qismlari qanday holatdaligini sezib turadi. Harakat sezgila-
rining retseptorlari paylarda, bo‘g‘inlarda va asosan muskul-
larda joylashgan. Shu sababdan ularni ba’zan muskul sezgi-
lari deb ham yuritiladi. Muvozanat sezgilari boshimizning,
gavdamizning harakati hamda fazodagi holati haqida darak be-
radi. Muvozanat sezgilarining retseptorlari ichki quloqqa joy-
lashgan. Bu organlarning normal holati izdan chiqqan payt da
odam o‘zini no xush sezadi (masalan, boshi aylanadi yoki «den-
giz kasalligi»ga uchraydi). Vibratsiya sezgilari boshqa sezgilar
orasida alohida o‘rin egallaydi, bu sezgilar narsalar ning tebra-
nishi haqida xabar beradi. Buyumlarning va havo ning tebra-
nishi vibratsiya sezgilarining qo‘zg‘atuvchilaridir. Tananing bu-
tun ustki yuzasi qo‘zg‘atuvchilarning ta’sirini qabul qilib oladi.
Sezgi chegaralari va sezgirlik
Sezgilarning kuchi turli darajada bo‘lishi mimkin. Sezgi-
larning kuchi avvalo qo‘zg‘atuvchining kuchiga bog‘liq.
Qo‘zg‘alish qanchalik kuchli bo‘lsa, hosil bo‘ladigan sezgi
ham shuncha kuchli bo‘ladi. Har qanday ta’sirdan ham sez-
gi hosil bo‘lavermaydi. Qo‘zg‘atuvchi hech qanday sezgi hosil
bo‘lmaydigan darajada sust ta’sir etishi mumkin. Masalan, bir
gramm qandni bir stakan suvda eritib ichilsa shirinlik sezil-
maydi. Dastlabki bilinar-bilinmas sezgining paydo bo‘lishi
uchun qo‘zg‘atuvchi muayyan kuchga ega bo‘lishi zarur.
Qo‘zg‘alishning salgina sezila boshlagan darajasi sezgi ning
pastki yoki absolut chegarasi deyiladi. Sezgilarni hosil qila-
digan qo‘zg‘alish kuchi ortishi va kamayishi mumkin. Agar
uyda bitta lampochka yonib turgan bo‘lsa muayyan dara-
jada yorug‘lik sezamiz. Agar yana bitta lampochka yoqib
qo‘yilsa yorug‘lik sezgisi kuchayadi. Agar bir stakan choy-
ga 6 gramm qand qo‘shsak shirin mazani sezamiz, unga ya-
na ikki gramm qand qo‘shsak farqni kimdir sezadi, kim-
dir sezmaydi. Qo‘zg‘atuvchilar o‘rtasidagi sezilar-sezilmas
farqni sezish farq qilish chegarasi deyiladi. Qo‘zg‘alish ku-
chining og‘riq tomon yoqimsiz darajada o‘zgarishi sezgi-
ning yuqori chegarasi deyil adi. Masalan, kuchli tovush qu-
loqni, boshni og‘ritadi. Kuchli yorug‘lik ko‘zni qamashtirib
ko‘rish o‘tkirligini pasaytiradi. Sezgi chegaralar ining dara-
jasi sezgirlikning darajasini belgil ab beradi. Bu sezgirlik sezgi
chegaralarining darajasiga teskari nisbatda bo‘ladi. Sezgi che-
garasining darajasi qancha yuqori bo‘lsa, sezgirlik shunchalik
past bo‘ladi va, aksincha, sezgi chegarasining darajasi qancha-
lik past bo‘lsa, sezgirlik shuncha kuchli bo‘ladi.
Sezgilarning umumiy xususiyatlari
Har bir odam o‘zining sezgi xususiyatlari, sezgirlik dara-
jasi bilan bir-biridan farq qiladi. Quyidagi sezgi xususiyatlari
farqlanadi: adaptatsiya, sensibilizatsiya, sinesteziya, kompen-
satsiya.
1. Adaptatsiya (lotincha adapto – moslashmoq) sezgi
a’zol arining muhit o‘zgarishlariga moslashuvidir. Adaptatsi-
ya 3 xil:
a) qo‘zg‘atuvchining davomli ta’siri jarayonida sezgilarning
to‘la yo‘qolishi. Masalan, teriga biron narsa doimiy tegib tur-
sa, bora-bora u narsa sezilmay qoladi;
b) kuchli qo‘zg‘atuvchining ta’sirida ham sezgilar zaiflashishi
mumkin. Masalan, qorong‘iroq xonadan juda yorug‘ joyga ki-
rib qolsak, kuchli yorug‘likdan «ko‘r» bo‘lib, atrofdagi narsalar-
ni ajrata olmaymiz. Birozdan so‘ng analizatorlar ning sezgirli-
gi kes kin pasayadi va biz ko‘ra boshlaymiz. Bu ikki adapt atsiya
turi psixologiyada negativ adaptatsiya deyiladi, chunki ularda
sezgirlik keskin pasayadi;
d) sezgirlikning kuchsiz qo‘zg‘atuvchi ta’siri ostida kamayib
borishi. Masalan, qorong‘ilik adaptatsiyasida ko‘rish sezgirli-
gi ortadi, sokinlikka nisbatan adaptatsiya eshitish adaptatsiya-
si zami rida yuzaga keladi.
2. Analizatorlarning o‘zaro munosabati va mashq qi-
lish nat ij asida sezuvchanlikning ortishi sensibilizatsiya
deb ataladi. Qo‘zg ‘alish jarayonining tarqalishi natijasi-
da boshqa analizatorlarning sezuvchanligi ortadi. Sen-
sibillashtirishga mashq qilish natij asida erishish mum-
kin. Masalan, musiqa bilan shug‘ullanadigan bolalarda
past-baland ohanglarni eshitish qobiliyati rivojlanadi.
To‘qimachilik sanoatining ayrim ishchilari qora rangning
60 ga yaqin turini ajratadilar. Tajribali lotsman (kuzatuvchi)
lar olis masofadagi narsalarni ham yaxshi ko‘ra oladilar.
Sinesteziya bir analizatorning qozg‘alishi ta’siri ostida
boshqa analizatorlarga xos sezgining paydo bo‘lishidir. Ay-
rim kompoz itorlar (N.A. Rimskiy-Korsakov, A.N. Skryabin)
da «rangli eshit ish» qobiliyati bo‘lgan. Kuchli, quloqni kar
qilgudek tovush ko‘rish sezgirligini kamaytiradi, ohangdor
tovushlar esa oshiradi. Badanning birdaniga sovutilishi va
qizdirilishi ko‘rishni xiralashtiradi.
Nazorat savollari:
1. Sezgi nima?
2. Analizatorning vazifasi nimadan iborat?
3. Sezgining qanday turlari bor?
4. Ko‘rish sezgisini vujudga keltiruvchi narsa nima?
5. Ketma-ket obrazlar qanday yuz beradi?
6. Harakat va organik sezgilarning farqi nimada?
7. Sezgirlik nima?
8. Adaptatsiya nima?
9. Sezgi xususiyatlarining o‘zaro farqi bormi?
Uyga vazifa: Bolalarda sezgi faoliyatlarining namoyon bo’lishi haqida tushuncha yozish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda sezgi faoliyatlarini rivojlanishini
tahlil qilish.
Dostları ilə paylaş: |