Uyga vazifa : Tanlangan metodikalar bo’yicha amaliy ish bajarish.
16-Mavzu:Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatining
asosiy xususiyatlari
Reja:
Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyati
2.Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatining
asosiy xususiyatlari
3. Xulosa
Qo’llaniladigan ta’lim texnalogiytalari: Klasster, Venn diagrammasi,
FSMU
O‘yinning bolalar psixik taraqqiyotidagi g‘oyat katta
ahamiyatini nazarda tutib, mashhur pedagoglar va mutafakkir
yozuv chilar o‘zlarining bu masalaga doir qimmatbaho fikr-
larini yo zib qoldirganlar. A.S. Makarenkoning fik richa, bola-
larning o‘yin faoliyatlari ularni jismoniy va psixik jihatdan
garmonik ravishda rivojlanishlari uchun birdan-bir vositadir.
Katta odamlar uchun mehnat faoli yati qanchalik ahamiyatli
bo‘lsa, bolalar uchun o‘yin shunchalik ahamiyatga ega. «Yax-
shi o‘yin faoliyat i, – deydi A.S. M akarenko, – yaxshi ba-
jarilayotgan mehnatga o‘xshaydi. Mana shuning uchun bola-
lar o‘yin faoliyatida o‘zlarini qanday namoyon etsalar, katta
bo‘lganlaridan so‘ng mehnat faoliyatlarida ham ko‘p jihatdan
o‘zlarini shunday namoyon etadilar». A.S. Makarenkoning bu
fikri bolalarning o‘yin faoliyatlari orqali ularda yuksak in-
soniy sifatlarni tarbiyalash imkoniyati naqadar katta ekanligi-
ga ahamiyat bil an qarashni taqozo etadi. O‘yin faoliyati bola-
larni insoniyatning ijtimoiy tajribasini egallash ning shakliga,
ya’ni ta’lim faoliyatiga tayyorlaydi. Odam birdaniga ijtimoiy
tajribani o‘zlashtirishga kirisha olmaydi. Ijtimoiy tajri balarni
egallash uchun odam avvalo yetarli darajada nutqni egalla-
gan, ma’lum malaka, ko‘nikma hamda elementar tushuncha-
larga ega bo‘lishi kerak. Bularga esa bola faqat o‘yin faoliya-
ti tufayligina erishadi. O‘yin bolalar hayotida shunday ko‘p qirrali faoliyatki, un-
da bolalarga mansub bo‘lgan mehnat ham, narsalar haqida
fikr yuritish ham, san’at, xayol qilish, dam olish va xush-
chaqchaqlik manbalari ham mujassamlangandir. Mana shu
jarayonlarn ing barchasi o‘yin faoliyatida namoyon bo‘ladi
hamda bolalar talab qilayotgan darajadagi to‘laqonli hayotni
ta’min eta oladi. O‘yinning bolalarni maftun etuvchi tomoni
ana shunda. O‘yin faqat tashqi muhit dagi, narsa va hodisa-
larni bilish vositasi bo‘libgina qolmay, balki qudratli tarbiya
vositasi hamdir. Ijodiy va mazmunli o‘yinlarda bolalarning
barcha psixik jaray onlari bilan birlikda ularning individual
fazilatlari ham shakll anadi. Mana shu nuqtayi nazardan o‘yin
maktabgacha ta’lim-tarbiya ishlari orasida eng asosiysi hisob-
lanib, markaziy o‘rinda turadi. Demak, maktabgacha yosh-
dagi ta’lim-tarbiya ishlarin ing muvaffaqiyati ko‘p jihatdan
bolal arning o‘yin faoliyatlarini maqsadga muvofiq rav ishda
tashkil qila bilishga bog‘liqdir. Bolaning haddan tashqari o‘yinga berilib ketishini (xayoliy tarzda cho‘pdan yasalgan otni, stulchalardan qilingan paro-
xodni berilib haydashni) real voqelikdan chetga chiqib ketish
deb qa ramaslik kerak. Bola voqelikni, ya’ni o‘zi yashab turgan
muhitni va undagi turli-tuman narsa hamda hodisalarni juda
sevadi. Bola o‘zining voqelikka bo‘lgan cheksiz muhabbatini
va undagi narsa hamda hodisalarni bilishga bo‘lgan intilishi-
ni o‘zining xilma-xil o‘yin faoliyatlarida ifoda etadi. Shuning
uchun bola o‘zining turli variantdagi o‘yinlarida xayoliy muhit
yaratib, voqelikni mumkin qadar to‘la va to‘g‘ri aks ettirish-
ga intiladi. Chet el psixologlaridan J. Piaje va Koffkaning fikricha, bola-
lar go‘yoki bir-biridan ajratilgan ikki xil dunyoda, ya’ni xayollar,
afsonalar dunyosida va (real) voqeiy dunyoda yashaydilar. Bolalar
o‘zlarining faoliyatla rida qanchalik xayolga berilib ketmasinlar,
har doim voqeiy dunyoga, undagi real narsalarga nazar tashlab
turadilar. Buning haqiqatdan ham shunday ekanligini ularning
o‘yin jarayonida o‘z xatti-harakatlariga «bunday bo‘ladi», «bun-
day bo‘lmaydi» deb baho berib turishlaridan ko‘rish mumkin.
Ular qanchalik o‘yinga berilmasinlar, voqeiy dunyoni hech qa-
chon unut maydilar va unga go‘yoki andaza tariqasida zimdan
qarab tura dilar. Psixolog A.N. Leontevning fikricha, bolalarning o‘yin faoli-
yatlarida real voqelikdan chetga chiqib ketish darajasidagi af-
sonaviylik yo‘q. Bolalar o‘yinlaridagi turli-tuman harakatlar va
narsalar voqelikda haqiqatdan bor bo‘lgan real harakat ham-
da real narsalarning real obrazlaridir. Bola o‘zi yashab tur-
gan real voqelik bilan bog‘liq bo‘lmagan xayoliy, afsonaviy
o‘yinlar yaratishning hali uddasidan chiqa olmaydi. Chunki
bola hali o‘zi bilmagan, ko‘rmagan, eshitmagan narsalarini o‘z
o‘yin faoliyat ida aks ettira olmaydi. U yoki bu o‘yinni o‘ynash
uchun bolalar albatta elementar ravishda bo‘lsa ham hayotiy
hodisalar hamda mehnatning bir qancha turlari bilan tanish
bo‘lishlari ke rak. Demak, bolaning hayoti qanchalik mazmun-
dor va yashash doirasi qanchalik keng bo‘lsa, uning o‘yinlari
ham shunchalik xilma-xil bo‘ladi. Natijada bola zerikib, toli-
qib qolmaydi. Bolalar hayotini mazmundor qilish ko‘p jihatdan
tarbiyachilar hamda ota-onalarga bog‘liq. Ota-onalar va tar-
biyachilar bolalarni vaqti-vaqti bilan sayohatga olib chiqib tu-
rishlari maqsadga muvofiqdir. Shunday qilib, o‘yin bolalar xayoli tomonidan yaratilgan narsa emas, aksincha bolalar xayolining o‘zi o‘yin jarayonida yu-
zaga kelib, rivojlanadi. Bolalar o‘yin faoliyatlarida turli xayoliy
va afsonaviy obrazlarni yaratadilar. Odamning tashqi muhit-
dagi narsa va hodisalarni aks ettirish jarayonlari passiv jara yon
emas, balki aktiv hamda ijodiy yaratuvchan, o‘zgartiruvchan
jarayondir. Bolalar o‘yin faoliyatining yana bir xususiyati, o‘yinning
umumiyl ik xarakteriga ega bo‘lishidir. Bola o‘zining turli-tu-
man o‘yinlarida faqat o‘ziga tanish bo‘lgan yolg‘iz bir kasb
egasin ing emas umuman haydovchilarning, militsionerlar-
ning, tarbiyachilarn ing, uchuvchilarning xatti-harakatlar ini
aks ettiradi. Albatta, turmush tajribasi va faoliyat doirasi ju-
da cheklangan kichik yoshdagi bolalar (ba’zan kichik gu-
ruh bolalari ham) o‘zlarining o‘yinlarida konkret odamlarni
(onasini, otasini va boshqalarni) va ularning xatti-harakatlari-
ni aks ettiradilar. O‘rta va katta maktabgacha yoshdagi bola-
larning o‘yinlarida esa bunday obrazlar umumiylik xarakte-
riga ega bo‘la boshlaydi. O‘yin faoliyati bolalarni individual
ravishda o‘rganish imkonini beradi. Bolalarning individual
xususiyatlarini xususan ularning guruhiy o‘yinlari orqali ku-
zatish qulaydir. Guruhiy o‘yinda bolalar bir guruh odamlarning murak-
kab hayotiy faoliyatlarini aks ettiradilar. Masalan, «Sotuvchi
– xaridor» o‘yinida bolalar sotuvchi, kassir, ishchi, xaridorlar
rollariga bo‘linib o‘ynaydilar. Bolalarning mana shu kabi gu-
ruhiy o‘yinlari artistlarning faoliyatiga o‘xshaydi. Chunki, gu-
ruhiy o‘yinda har bir bola o‘z rolini yaxshi bajarishga intilishi
bilan birga o‘yinning umumiy mazmunidan ham chetga chiqib
ketmaslikka tirishadi. Bu esa, har bir boladan o‘zining butun
qobiliyatini ishga solishni talab etadi.
Mazmunli-rolli o‘yinlar va ularning ahamiyati. Bolalar bog‘-
chada asosan mazmunli va rollarga bo‘linib o‘ynaladigan
o‘yinlarni o‘ynaydilar. Ular o‘zlarining turli o‘yinlarida kat-
talarning oilaviy hayot sharoitlariga doir hodisalarni, mehnat
faoliyatlarini, bayramlarni, muhim sanalar kabi hodisalarni
qayta tiklaydilar. Ko‘pincha bolalar aks ettirayotgan tashqi muhit hodisa-
lari ular o‘yin faoliyatining mazmunini tashkil etadi. Bola-
lar aks ettirayotgan muhit qanchalik keng va xilma-xil bo‘lsa,
bolalar o‘yinining mazmuni ham shunchalik keng va xilma-
xil bo‘ladi. Ana shuning uchun kichik bog‘cha yoshidagi bola-
lar o‘yinlarining mazmuni nihoyatda tor bo‘ladi. Bolalar o‘sib
ulg‘aygan sari ular o‘yinining sujeti tobora boyib, xilma-xil-
lashib boradi. O‘yin turining ko‘payishi bil an birga o‘yinga
sarf qilinadigan vaqt ham ortib boradi. Masalan, uch yosh-
li bolalar 10–15 daqiqa mobaynida o‘ynaydigan bo‘lsalar, 4–5
yoshli bolalar esa 40–50 daqiqa davomida o‘yin faoliyati bilan
shug‘ullanadilar. Katta yoshdagi bog‘cha bolalarida o‘yin faoli-
yati bir necha soat va hatto bir kundan ortiq vaqt mobaynida
davom etishi mumkin.
Bir xil mazmundagi o‘yinlar kichik yoshdagi bog‘cha
bolala rida ham, katta yoshdagi bog‘cha bolalarida ham uchray-
di (masalan, «Ona-bola» o‘yini «Bog‘cha» o‘yini kabi). Tur-
li yoshdagi bog‘cha bolalari o‘yinlarining nomi bir xil bo‘lsa
ham, mazmuni har xil bo‘ladi. Chunki, kichik yoshdagi bola-
lar voqelikning ayrim tomonlarini aks ettirsalar, katta yosh dagi
bolalar o‘z o‘yinlarida voqelikning boshqa tomonlarini aks et-
tiradilar. Katta yoshdagi bog‘cha bolalari mazmunli o‘yinlardan
tashqari rollarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlarni ham ju-
da mohirlik bilan o‘ynaydilar. Rollarga bo‘linib o‘ynaladigan
o‘yinlarda bolalar tevarak-atrofdagi narsalarni aks ettiradilar.
Bunday o‘yinlar amalga oshirilishi jihatidan birmuncha mu-
rakkabdir. Bunday o‘yinlarda oldin rollar taqsimlab olinadi.
O‘yinda ishtirok etuvchi har bir bola rolini ustalik bilan baja-
rishi kerak bo‘ladi. Hamma bolalar ham bunday vazifaning ud-
dasidan chiqavermaydilar. Kichik yoshdagi ayrim bolalar tasav-
vur doiralari keng bo‘lmaganligi sababli o‘z rollarini hali yaxshi
bajara olmaydilar. Shuning uchun rollarga bo‘linib o‘ynaladigan
o‘yinlar asosan katta yosh dagi bog‘cha bolalariga taalluqlidir.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning mazmunli va rollarga bo‘linib
o‘ynaladigan o‘yinlari deyarli hamma vaqt jamoa holida amalga
oshiriladi. Mazmunli va roll arga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlar
bolalarning ko‘pgina psixik jarayonlari va shaxsiy psixol ogik
sifatlarini rivojlantirishga yordam beradi. O‘yin sharoitining
o‘ziyoq bolalar diqqatini atrofdagi narsa va hodisalarga faol
yo‘naltirishni talab qiladi. Bu esa, o‘yin faoliyati davomida
bolalarni nihoyatda faollashtiradi, ya’ni ular kuzatuvchan, tez
esda olib qoladigan, har bir narsani atroflicha va chuqur ana-
liz qiladigan bo‘ladilar. O‘yinlar jarayonida bolalarning bir-birlari bilan faol muno-
sabatda bo‘lishlariga imkon yaratiladi. Bu esa, bolalar nutqi-
ning tez rivojlanishiga olib keladi. Ma’lumki, mazmunli va rol-
larga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlarning o‘z qonun-qoidalari
mavjud.
Nazorat savollari:
1. Kichik va o‘rta bog‘cha yoshi davridagi o‘yin faoliyatin-
ing xususiyatlari.
2. O‘yin faoliyati davomida bolalarda qanday psixik jara-
yonlar rivojlanadi?
3. Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixik taraqqi-
yotida turli o‘yin faoliyatlari, mazmunli va rollarga bo‘linib
o‘ynaladigan o‘yinlarning ahamiyatini aytib bering.
4. Bolaning psixik rivojlanishida o‘yinchoqlar qanday ta’sir
ko‘rsatadi?
Dostları ilə paylaş: |