Nazorat savollari:
1. Bog‘cha yoshidagi bolalarda tafakkurning qaysi turlari
rivojlana
boshlaydi?
2. Mantiqiy tafakkur necha yoshdan boshlab rivojlana boshlaydi?
Nima uchun?
3. Bolalarning beradigan savollari juda qiziq bo‘lishiga
sabab nima?
4. Tafakkurni umumlashtirish, taqqoslash, tasniflash
xususiyatlariga
misollar keltiring.
5. Xulosa chiqarish turlari nimada ko‘rinadi?
6. Qanday ta’limiy mashg‘ulotlarda bolaning fiklash jarayoni
rivojlanadi?
Uyga vazifa
O’tilgan mavzuni mustahkamlash
T- jadvali asosida amaliy ish bajarish
14-Mavzu: Oilaning bola shaxsining shakllanishdagi o’rni
Reja:
1. Oilaning bola shaxsining shakllanishdagi o’rni
2.Oila ijtimoiy muhitning asosi
3.Xulosa
Inson shaxsining rivojlanishi to‘rt manbaga: irsiyat, ijtimoiy
muhit, ta’lim-tarbiya, shaxsiy faollikka bog‘liqdir. Har
bir odam o‘ziga xos ijtimoiy muhitda, ma’lum oilada, odamlar
orasida yashaydi. Tug‘ilgan kunidanoq atrofidagi odamlar
bilan ma’lum ijtimoiy munosabatlarda bo‘ladi. Uzoq davom
etadigan bu munosabatlarning hammasi shaxsning xulqatvoriga
ta’sir etadi. Yoshlik chog‘idanoq atrofidagi odamlarning
fazilatlarini (mehnatsevarlik, halollik, rostgo‘ylik va aksi)
o‘zlariga singdirib boradilar. Bu xususiyatlar keyinchalik
shaxsiy sifatlarga aylanib qoladi. Inson shaxsining tarkib topishiga tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri haqida gap borar ekan, shuni ko‘rsatib o‘tish kerakki,
ayrim g‘ayritabiiy hodisalar inson shaxsining tarkib topishiga
tashqi muhit ta’sirining hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini
to‘la tasdiqlaydi. Bunda, ayrim tasodifiy hollarda odam
bolalarining yovvoyi hayvonlar muhitiga tushib qolishi hodisasi
nazarda tutiladi. Masalan, 1920-yilda Hindistonda, Kalkutta
shahrining g‘arbiy-janubiga joylashgan Midnapura shaharchasi
yaqinidagi o‘rmonzorda doktor Sing ona bo‘ri va uning
bolalari bilan birga chopib yurgan ikkita odam bolasini ko‘rib
qoladi. Odam bolalari xuddi bo‘ri bolalari kabi to‘rt oyoqlab
yugurib yurar edi. Doktor Sing bo‘ri uyasini topib, bolalarni
olib keladi. Ularning ikkisi ham qiz bolalar bo‘lib, bittasi yetti-
sakkiz yoshlar, ikkinchisi ikki-uch yoshlar chamasida edi.
U bolalarning biriga Amala, ikkinchisiga Kamala deb nom
beradi. Bu nodir hodisada shu narsa juda xarakterliki, bolalar
yoshlikdan boshlab bo‘rilar muhitida yashaganliklari tufayli
tashqi ko‘rinishlari odam qiyofasida bo‘lsa ham, butun fe’l76
atvorlari va xatti-harakatlari bo‘rilarga o‘xshab qolgan edi. Bu
hodisa odamning shaxs sifatida tarkib topishi uchun eng avvalo
insoniy muhit, ya’ni ijtimoiy muhit bo‘lishi shartligini to‘la
tasdiqlaydi. Oila va maktab tomonidan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya
jarayoni shaxsning shakllanishida muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi vaqtda oiladagi tarbiya ishlari ta’lim-tarbiya muassasalari
ishlari bilan birga davlat tomonidan belgilangan dastur
asosida berilmoqda. Uzoq muddat davomida bolaga beriladigan
ijtimoiy ta’lim-tarbiya bolaning butun psixik taraqqiyotiga,
unda shaxsiy psixologik xislatlarning tarkib topishiga ta’sir qilmay
qolmaydi. Ta’lim muassasalarida fanlararo uzviy ravishda
uzluksiz beriladigan ta’lim-tarbiya ishlari bolalarda ma’lum
bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil qiladi. Ota-onalar va o‘qituvchilarning vazifasi bolalarni faollik ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Bu faollik avvalo ularning jamiyat
manfaatlari yo‘lida qiladigan ongli mehnatida ko‘rinishi
lozim. Ta’lim-tarbiya natijasida bolalarning bilim, malakasi,
qiziqish va e’tiqodlari, dunyoqarashlari o‘rtasida ma’lum
umumiylik yuzaga keladi. Odamga tug‘ma ravishda beriladigan
Dostları ilə paylaş: |