Nazorat savollari:
1. Maktabgacha yosh davri xususiyatlari nimada ko‘rinadi?
2. Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy jihatdan
rivojlanishi
xususiyatlarini aytib bering.
3. Maktabgacha yoshdagi bolalar nerv sistemalarining
o‘sishi.
4. Bog‘cha yoshidagi bolalarining psixik jihatdan rivojlanishlarida
ularda paydo bo‘ladigan ehtiyoj va qiziqishlarning
ahamiyati nimadan iborat?
Uyga vazifa
3-5 yoshdagi bolalar faoliyati haqida tushuncha yozing?
MTT 3-yoshli bolalar faoliyati haqida namunalar yozing?
13-Mavzu: Katta maktabgacha yoshda shaxsning shakllanishi
(5-7 yosh)
Reja:
1. Katta maktabgacha yoshda shaxsning shakllanishi
yosh)
2.5-7 yoshdagi bolalar faoliyati
3.MTTda bola shaxsining shakllanishi
Katta maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘yinlarida esa bunday obrazlar umumiylik xarakteriga ega bo‘la boshlaydi. O‘yin faoliyati bolalarni individual
ravishda o‘rganish imkonini beradi. Bolalarning individual
xususiyatlarini xususan ularning guruhiy o‘yinlari orqali kuzatish
qulaydir. Guruhiy o‘yinda bolalar bir guruh odamlarning murakkab
hayotiy faoliyatlarini aks ettiradilar. Masalan, «Sotuvchi
– xaridor» o‘yinida bolalar sotuvchi, kassir, ishchi, xaridorlar
rollariga bo‘linib o‘ynaydilar. Bolalarning mana shu kabi guruhiy
o‘yinlari artistlarning faoliyatiga o‘xshaydi. Chunki, guruhiy
o‘yinda har bir bola o‘z rolini yaxshi bajarishga intilishi
bilan birga o‘yinning umumiy mazmunidan ham chetga chiqib
ketmaslikka tirishadi. Bu esa, har bir boladan o‘zining butun
qobiliyatini ishga solishni talab etadi.
Dostları ilə paylaş: |